“biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish”


Download 61.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi61.39 Kb.
#1550176
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
spT5OHySMYTeeaK1mLGDGUVsi8A5a7s4rMKgHDGR

Zamonaviy ta’lim yondashuvlari – bu oʻqituvchining pedagogik 
texnologiyalarni oʻrinli va maqsadli qoʻllagan holda noan’anaviy ta’lim va tarbiya 
berish usullaridir.
Dastlab “texnologiya“ tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu soʻz texnikaviy 
taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha soʻzdan  
“texnos“ (techne)  san’at, mahorat, hunar va “logos“ (logos) – fan soʻzlaridan 
tashkil topib “hunar fani“ ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy 
texnologik jarayonni toʻliq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim 


zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) 
muayyan ketma-ketlikda bajarishni koʻzda tutadi. 
Pedagogik texnologiya – oʻquv jarayonini texnologiyalashtirishni 
butunligicha 
aniqlovchi 
tizimli 
kategoriya. 
Texnologiyalarning 
barcha 
tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida ta’lim texnologiyasi, oʻqitish 
texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin. Bu termin birinchi bor pedagogika 
boʻyicha ishlarda XXasrning 20-yillarida tilga olingan. 
Akademik V.P. Bespalko oʻzining yirik asarida: “Pedagogik texnologiya - bu 
oʻqituvchi mahoratiga bogʻliq boʻlmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni 
kafolatlay oladigan oʻquvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir“ 
deb ta’rifladi.
1) 
Umumpedagogik 
(umumdidaktik) 
daraja
umumpedagogik 
(umumdidaktik, 
umumtarbiyaviy) texnologiya ma’lum mintaqada, oʻquv yurtida, ma’lum oʻqitish 
bosqichida yaxlit ta’lim jarayonini tavsiflaydi.
2) Xususiy metodik (predmetli ) daraja: xusuiy predmetli pedagogik 
texnologiya. 
“xususiy metodika” ma’nosida qoʻllaniladi, ya’ni ta’lim va tarbiyaning aniq 
mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig‘indisi sifatida bir predmet. sinf, 
oʻqituvchi doirasida qoʻllaniladi (fanlarni oʻqitish metodikasi, oʻqituvchi, 
tarbiyachining ishlash metodikasi).
3) Lokal ( modulli) daraja. 
Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallarni o‘rganish nazarda tutilgan 
mavzularda Insertdan foydalanish tavsiya etiladi. 
Insert – lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan 
o‘quv materialidagi asosiy g‘oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish 
maqsadida qo‘llaniladi. O‘quvchilami Insert yordamida ishlash ko‘nikmalarini 
rivojlantirish uchun ularga o‘rganiladigan o‘quv materiallari va maxsus jadval tarqa-
tiladi. O‘quvchilar har bir jumlani o‘rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan 
simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi. Agar jumlada berilgan ma’lumot shu 
kungacha o‘zlashtirgan bilim-lariga mos kelsa, “Bilaman” – V, agar ma’lumotlar 
tushunarli va yangi bo‘lsa, u holda “Ma’qullayman” +, agar ma’lumotlar o‘quvchilar 
o‘zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda “o‘rganish lozim” –, o‘quvchilar 
o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda “Tushunmadim” ? 
belgisini qo‘yadi. 

Download 61.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling