“biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish”
Download 61.39 Kb. Pdf ko'rish
|
spT5OHySMYTeeaK1mLGDGUVsi8A5a7s4rMKgHDGR
2-savol. Issiq, suvbo‘lmagan vaqtda tuyalar suvni o‘rkachlardagi yog‘lardan
oladi, 100 gr yog‘ning oksidlanishidan 107 gr suv hosil bo‘ladi. Yog‘ning oksidlanishi uchun katta miqdorda O2kerak bo‘ladi, buning uchun esa jonivor tez- tez nafas olishni bilishi kerak. Har bir olish chog‘ida tuyaning o‘pkasiga cho‘lning quruq havosikiradi, nafas chiqarayotganda esanamlik bilan to‘yinib chiqadi. Buni tajriba orqali isbotlash mumkinmi? Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini tizim- lashtirish, mustahkamligini ta’minlash maqsadida Klasterdan foydalanish muhim o‘rin tutadi. Klaster – cluster –ingliz tilida shajara degan ma’noni anglatadi. Ushbu lokal texnologiya o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan va o‘z- lashtiradigan g‘oya, nazariya, qonuniyat hamda tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishini anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib tahliliy- tanqidiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Klasterni tuzish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: • biologiya kursi mazmunidagi muayyan g‘oya doska yoki qog‘oz o‘rtasiga yoziladi; • ushbu g‘oya bilan bog‘liq qonuniyatlar, tushunchalar bir-biriga bog‘liq holati ko‘rsatkich bilan belgilanadi, so‘ngra mazkur qonuniyat va tushunchalarning faktik ma’lumotlari grafik tarzda yoziladi va tarmoq hosil qilinadi; • avval o‘rganilgan mavzu va o‘rganiladigan mavzu o‘rtasidagi bog‘lanishlar haqida xulosa chiqariladi. Klasterdan foydalaniladigan darslarda o‘quvchilar teng sonli kichik guruhlarga ajratilib, ularga o‘quv topshirig‘ining didaktik maqsadi va bajarilish tartibi tushuntirilgandan so‘ng, ular belgilangan vaqt ichida fikrlarini jamlab, o‘zlari tuzgan Klasterni himoya qilib, fikrlarini dalil-lashga imkon yaratilib, eng yaxshi va asosli tuzilgan Waster aniqlanadi, g‘oliblar rag‘batlantiriladi. Klasterni bitta mavzu yoki bob bo‘yicha yaxlit holda tuzish o‘quvchilarning tizimli fikr yuritishiga zamin yaratadi. Klasterning asosidan asosiy g‘oya yoki tushuncha o‘rin oladi, masalan, hujayraning tuzilishi bo‘yicha quyidagicha tuziladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida lokal darajada qo‘llaniladigan texnologiyalardan biri – Venn diagrammasi bo‘lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Jon Venn nomi bilan yuritiladi. Venn diagrammasi o‘rganilayotgan mavzudan o‘rin olgan fakt, tushuncha va jarayonlarni tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashni talab etadi. Ushbu diagrammadan tabiiy tanlanish va sun’iy tanlash, tabiiy tanlanish, yashash uchun kurash shakllarini tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashda foydalanish mumkin. Masalan, gulli o‘simliklarning oilalarini taqqoslashda foydalaniladigan Venn diagrammasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi tavsiya etiladi. Biologiya darslarida rolli oʻyinlarni qoʻllash. Oʻyin texnologiyalari ta’lim samaradorlishni ta’minlash, oʻquvchilarda faollikni yuzaga keltirish, bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantirish, vaqtni qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi. Vitaminlar mavzusini soʻrash jarayonida rolli oʻyin texnologiyasidan foydalanish mumkin. Oʻqituvchi sinfni 2 ta guruhga ajratadi. 1-guruh: “Bemorlar”, 2-guruh: “Shifokorlar”. Shundan soʻng oʻqituvchi “Bemorlar” guruhidan bir oʻquvchiga sekingina unda qaysi vitamin yetishmasligini aytadi. Bemor oʻquvchi unda yetishmaydigan vitaminni eshitgach: shu vitamin yetishmagan taqdirda insonda qanday kasallik belgilari paydo boʻlishini esga olishi va shu belgilarni oʻzida paydo boʻlganligini 2-guruhdagi oʻqituvchi tanlagan oʻquvchiga aytishi kerak. SHifokor uni diqqat bilan tinglab, bemorga tashxis qoʻyishi ya’ni unda qaysi vitamin yetishmasligini aniq aytib, uni davolash uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi kerakligini aytadi. Koʻrinib turibdiki, bemor rolidagi oʻquvchi ham shifokor rolidagi oʻquvchi ham mavzuni chuqur bilmasdan turib oʻz rolini bajara olmaydi. Rolli oʻyin davomida shunday hol boʻlgan taqdirda bu oʻquvchi shu guruhdagi boshqa oʻquvchi bilan almashtiriladi. Albatta, bu guruh oʻrnini belgilashda salbiy ta’sir koʻrsatadi. Oʻyin mavzu doirasida rejalashtirilgan savollar tugaguniga qadar davom etadi. O‘qituvchi qanday o‘qitishni bilsagina o‘quvchilar muvaffaqiyatli o‘rganishlari mumkin. O‘quvchi to‘ldiriladigan idish emas, balki yoqiladigan mash’aladir. Download 61.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling