Biologiya haqida umumiy tushunchasi va vazifalari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1764112
1   2   3
Bog'liq
24-26

www.pedagoglar.uz
43-son 1–to’plam aprel 2023
Sahifa: 25 
nazaridan maʼlum tizimlarga keltiriladi va ularning yigʻindisi organik olamning 
asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi. Ana shu qonuniyatlar asosida 
tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga 
oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot 
usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va 
eksperimental usullar kiradi. 
Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan biri boʻlib, uning yordanida har 
qanday biologik hodisani tasvirlash, taʼriflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan 
turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K.Linney juda katta 
muvaffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini 
yoʻqotmagan.

Biologiya fanlari sistemasi. Biologiya bir necha fanlardan tarkib topgan. 
Tadqiqot obyektiga binoan biologiya botanika (oʻsimliklarni oʻrganadigan fan), 
zoologiya (hayvonlarni oʻrganadigan fan), odam anatomiyasi va fiziologiyasi 
(odam organizmining tuzilishi va funksiyasini oʻrganadigan fan), mikrobiologiya 
(mikroorganizmlarni oʻrganadigan fan) va gidrobiologiya (suvda yashovchi 
organizmlar haqidagi fan)larga boʻlinadi. Bu fanlar oʻz navbatida birmuncha 
kichikroq tarmoqlarga ajratiladi. Shu bilan birga biologiya fanlarining bir-biri bilan 
va boshqa fanlar bilan qoʻshilib ketishi tufayli bir qancha kompleks fanlar 
shakllangan (masalan, sitogenetika, sitoembriologiya, ekologik genetika, ekologik 
fiziologiya). Biologiya fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga 
ajratish mumkin. Masalan, organizmlarning tarqalishini -biogeografiya, toʻqima va 
xujayralar tarkibini -biokimyo, fizik jarayonlar va metodlarni -biofizika oʻrganadi. 
Oʻz navbatida bu fanlarni ham tekshirish obyektlariga binoan alohida fanlarga 
ajratish mumkin (mas, oʻsimliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi). 
Biokimyoviy va biofizik metodlar koʻpincha oʻzaro qoʻshilib yoki boshqa fanlar 
bilan birgalikda yangi fanlarni hosil qiladi (mas, radiatsiyey biokimyo, 
radiobiologiya). Biologik tadqiqotlardan olingan natijalarni taxlil qilish va 
umumlashtirishda biometriya, yaʼni biologik materiya katta ahamiyatga ega. Tirik 
organizmlar tuzilishini oʻrganish darajasiga binoan ham bir qancha fanlar 



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling