Elektromagnit tebranishlar Reja
Download 185.05 Kb.
|
Elektromagnit tebranishlar
Elektromagnit tebranishlar Reja: 1.Kirish. 2.Tebranish konturi. 3.Garmonik elektromagnit tebranishlar. 5.So'nuvchi elektromagnit tebranishlar 4.Tebranish zanjiridagi jarayonlar 5.Xulosa. Kirish. Elektrik tebranishlar degan terminda asosan o‘zgaruvchan toklar tushiniladi, qaysiki maxsus elektr zanjirlarida hosil bo‘ladi. bu zanjir asosan o‘zinduktsiya va sig‘imlardan iborat bo‘ladi. bunday zanjirlarni biz tebranish konturi deb ataymiz. Tebranish konturi yordamida juda katta chastotali tok olish mumkin xatto 108-109 Gerts. Bunday chastotali toklar texnikada juda katta a hamiyatga egadir. Biroz oldinga ketish bo‘lsa ham shuni aytish kerakki, hozirgi zamon radiotelefon, radiolakatsiya stantsiyalari ana shu toklarda ishlaydi. Bugungi lektsiyada biz avvalo oddiy mexaniq tebranishlardan, uchqunli tebranish konturlari bilan tanishib, keyinchalik esa hozirgi zamon tebranish konturlari bilan ham tanishamiz. Keyinchalik yana potentsial energiyaga va x.k. mayatnik ma’lum bir vaqtga qadar tebranib turadi, ammo uning amplitudasi sekin kamaya boradi. Bu misolda biz so‘nuvchi tebranishni ko‘rishimiz mumkin. Endi biz elektrik tebranishlarni ko‘rib o‘taylik L- induktivlik va C- sig‘imdan tashqil topgan zanjirda elektr tebranish vujudga kelishi mumkin. Shuni uchun ham shunday zanjirni tebranish konturi deymiz. Oddiy tebranish konturi rasmda o‘sha mayatnik bilan yonma-yon berilgan. Faraz qilaylik bu konturning aktiv qarshiligi nolga teng ya’ni bizning zanjirimiz ideal zanjir. Bu ideal zanjirda biz tebranish protsessini ketma-ket bosqichlarini qo‘rib o‘tamiz 1-bosqich. Kondensatorni tok manbayiga ulaymiz natijada kondensator qoplamalarida qarama-qarshi ishorali zaryad to‘planadi. Bunda qoplamalar orasida energiya ga teng bo‘lgan elektr maydoni hosil bo‘ladi. ya’ni zaryadlangan kondentsator energiyasi. 2-bosqich. Kondensatorni tok manbaidan o‘zib qo‘yamiz va induktivlikka ulaymiz. Bunda kondensator zaryadsizlana boshlaydi va konturda tok hosil bo‘ladi. bunday holda elektr maydon energiyasi kamayadi, induktivlikdan o‘tayotgan energiya ortadi va magnit maydoni vujudga keladi. bunda energiya ga teng. Biz shartlashib oldikki, R=0 ga teng deb shuning uchun ham elektr maydon energiyasi va magnit maydon energiyasini yig‘indisi isitishga sarf bo‘lmaydi va saqlanadi. Demak mexaniq va elektr tebranishlarni taqqoslasak shunday xulosaga kelar eqanmiz. Elektr maydon energiyasi potentsial energiyaga o‘xshar eqan. Magnit maydon energiyasi kinetik energiyaga o‘xshar eqan. Bu tebranish konturida L- induktivlik m- massa rolini, (1/S)- kattalik bikirlik k- rolini o‘ynar eqan. q- zaryadimizga esa mexaniqada X- siljish to‘g‘ri kelar eqan. Download 185.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling