Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi


-$. Hujayra va organizmlarning hayotiy xossalari


Download 1.23 Mb.
bet3/54
Sana18.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1030799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha

3-$. Hujayra va organizmlarning hayotiy xossalari.
1.Quyidagi tushunchalarni ularning ma'nosi bilan birga juftlab yozing: a-assimilyatsiya,b-dissimilyatsiya,d-moddalar almashinuvi, e-qo'zg'aluvchanlik; 1-assimilyatsiya va dissimilyatsiya reaksiyalari majmui,2-biosintez reaksiyalari majmui, 3-organizmlarning atrof-muhit o'zgarishlaridan ta'sirlanishi,4-energiya almashinuvi reaksiyalari yig'indisi.
A) a-3,b-4,d-1,e-2 B) a-2,b-1,d-4,e-3 C)a-2,b-4,d-1,e-3 D) a-4,b-2,d-1,e-3
2.Tirik organizmlarga xos xususiyatlar va ularning mazmunini juftlab ko'rsating: a-ko'payish,b-rivojlanish,d-o'sish,e-nafas olish,f-ayirish,g-oziqlanish,h-harakatlanish; 1-organizm o'lchamining ortishi, 2-organizm yoki uning tarkibiy qismlari faoliyati, 3-organizmning yangi belgilar hosil qilishi, 4-organizmga kislorod kirib va karbonat angidrid chiqarilishi, 5-yangi nasl hosil qilish, 6-almashinuv mahsulotlarining organizmdan chiqarilishi, 7-organizmga kirgan moddalarning parchalanib,sarf bo'lishi.
A) a-3,b-5,d-1,e-4,f-7,g-1,h-6,j-5 B) a-5,b-3,d-4,e-1,f-7,g-1,h-6,j-5
C) a-5,b-3,d-1,e-4,f-5,g-1,h-6,j-7 D)a-5,b-3,d-1,e-4,f-7,g-1,h-6,j-5
3.Nima uchun bolalar organizmida keksalarga nisbatan suv ko'p bo'lishini aniqlang?
A)chunki keksalarda moddalar almashinuvi tez
B) chunki keksalarda dissimilyatsiya assimilyatsiyaga nisbatan yuqori
C)chunki bolalarda assimilyatsiya dissimilyatsiyaga nisbatan yuqori
D) chunki bolalarda suvga bo'lgan ehtiyoj kam
4.Bolalar tanasi massaining necha % dan ko'prog'ini suv tashkil etadi?
A)60% B)70% C)75% D)80%
5.Organizm va uning tarkibiy qismlari o'lchamining ortishi hujayraning qanday xossasi hisoblanadi?
A)harakatlanish B)rivojlanish C)o'sish D)ayirish
6.Quyidagi javoblardan ayirish hayotiy xossasining ta'rifini aniqlang?
A)organizmga kirgan moddalarning parchalanib, turli jarayonlar uchun sarf bo'lishidan iborat
B)organizmga kislorodning kirishi va karbonat angidrid gazining chiqarilishi jarayonlarini o'z ichiga oladi
C)hujayralarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladigan mahsulotlarning organizmga kiritilishidan iborat
D) hujayralarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladigan mahsulotlarning organizmdan chiqarib tashlanishidan iborat
7. Quyidagi javoblardan nafas olish hayotiy xossasining ta'rifini aniqlang?
A)organizmga kirgan moddalarning parchalanib, turli jarayonlar uchun sarf bo'lishidan iborat
B)organizmga kislorodning kirishi va karbonat angidrid gazining chiqarilishi jarayonlarini o'z ichiga oladi
C)hujayralarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladigan mahsulotlarning organizmga kiritilishidan iborat
D) hujayralarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladigan mahsulotlarning organizmdan chiqarib tashlanishidan iborat
8.Quyidagi javoblardan oziqlanish hayotiy xossasining ta'rifini aniqlang?
A)organizmga kirgan moddalarning parchalanib, turli jarayonlar uchun sarf bo'lishidan iborat
B)organizmga kislorodning kirishi va karbonat angidrid gazining chiqarilishi jarayonlarini o'z ichiga oladi
C)hujayralarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladigan mahsulotlarning organizmga kiritilishidan iborat
D) hujayralarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladigan mahsulotlarning organizmdan chiqarib tashlanishidan iborat
9.Quyidagi javoblar orasidan rivojlanish hayotiy xossasining ta'rifini aniqlang?
A)organizm yoki uning tarkibiy qismlarining biron ishni bajarishi bilan bog'liq faoliyatidan iborat
B)organizm va uning tarkibiy qismlarining o'zgarishi hamda yangi belgilarni hosil qilishidan iborat
C)organizm va uning tarkibiy qismlari o'lchamining ortishidan iborat
D)organizmga kirgan moddalarning parchalanib, turli jarayonlar uchun sarf bo'lishidan iborat
10.Tirik organizmlar atrof-muhitdagi o'zgarishlardan ta'sirlanadi.Bunda hujayralar tinim holatdan faol holatga o'tadi.Hujayraning bu holati................................................deyiladi?
A)refleks B)ko'payish C)harakatlanish impulsi D)qo'zg'aluvchanlik
11.Muskul hujayralari (a) va nerv hujayralari(b) qo'zg'aluvchanlik holatida nima hosil qiladi?
1-bo'shashadi, 2-qisqaradi,3-nerv impulsalari,4-refleks
A)a-1,2; b-3,4 B)a-2, b-3,4 C)a-2, b-3 D)a-2; b-4
12.Oqsillar,karbonsuvlar,yog'lar quyidagi hayotiy xossalarning qaysi biri tufayli organizmga o'tadi?
A)ayirish B)nafas olish C)harakatlanish D)t.j.yo'q
13.Organizm uchun energiya va qurilish manbai nima?
A)oziq moddalar B)suv C)minerall tuzlar D)t.j.yo'q
14.Quyidagi fikrlardan qaysilari noto'g'ri ifodalangan:
1-harakatlanish faqat organizm uchun xos; 2-jarohatlangan to'qimalar qayta tiklanmaydi; 3-bir xil hujayralar qo'zg'aluvchanlik holatida o'ziga xos funksiyani bajaradi,4-hujayradagi biosintez reaksiyalari yig'indisi dissimilyatsiya deyiladi, 5-organizm va uning tarkibiy qismlari o'lchamining ortishi bu -rivojlanish, 6-kislorod ovqat hazm qilish organlari orqali organizmga o'tadi.
A)1,2,3 B)2,3,4,5 C)1,6 D)1,2,3,4,5,6
15.Qonning osmotik bosimi nechaga teng? A)6,7-8,1 B)7,6-8,1 C)6,7-9,8 D)8,1-7,4



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling