Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi


-$ .Odam organizmining hujayraviy tuzilishi


Download 1.23 Mb.
bet2/54
Sana18.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1030799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha

2-$ .Odam organizmining hujayraviy tuzilishi.
1.Hujayra qismlari va ularga xos xususiyatlarni juftlab yozing: a-hujayra membranasi,b-yadro,d-endoplazmatik to'r,e-golji majmuasi,f-lizosomalar,g-sitoplazma,h-ribosomalar,j-mitoxondriya,i-xromosomalar; 1-endoplazmatik to'r membranasida joylashgan,2-naychalar va kanalchalardan iborat,3-sitoplazmada joylashgan xaltachalar,4-hujayra markazida joylashgan,5-hujayra bo'linishida shakllanadi,6-sitoplazmani o'rab turadigan ikki qavatli yupqa parda, 7

hujayrani energiya bilan ta'minlaydi,8-moddalarni to'playdi va tashiydi,9-quyuq modda.


A) a-6,b-2,d-8,e-4,f-3,g-9,h-1,j-7,i-5
B) a-4,b-6,d-8,e-2,f-3,g-9,h-1,j-7,i-5
C) a-6,b-4,d-8,e-2,f-9,g-3,h-1,j-7,i-5
D)a-6,b-4,d-8,e-2,f-3,g-9,h-1,j-7,i-5
2.Hujayra qismlari va ular funksiyasini juftlab yozing: a-hujayra membranasi, b-lizosomalar,d-endoplazmatik to'r,e-xromosomalar,f-ribosomalar,g-sitoplazma,h-yadro; 1-oziqni parchalab hazm qiladi,2-moddalarni tashiydi,3-oqsil sintezlash,4-moddalarni hujayraga va hujayradan tashqariga o'tkazish,5-hujayra faoliyatini boshqarish,6-irsiy axborot saqlaydi,7-unda organoidlar joylashadi.
3.Yadro atrofida qaysi biri joylashadi?
A)ribosomalar B)lizosomalar C)mitoxondriyalar D)golji majmuasi
4.Quyidagilardan nechta ma'lumot xato emas: 1-hujayrada sintezlanadigan moddalarni to'plash va tarqatishni golji majmuasi bajaradi; 2-tuzlar hujayra faoliyatida, uning ichki muhitning doimiy saqlanishida katta ahamiyatga ega; 3-hujayrada organik moddalardan oqsillar,yog'lar,karbonsuvlar va nuklein kislotalar uchraydi; 4-kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan fermentlar ham oqsillardan iborat; 5-odam jinsiy hujayralarda 23 juft xromosoma bo'ladi; 6-hujayra oqsillari lizosomlarda sintezlanadi. A)3 B)4 C)2 D)5
5.Tirik organizm massasining necha % i suvdan iborat?
A)65-85% B)60-70% C)80-95% D)70-75%
6. Odamning qaysi sistemasida epiteliy to`qimasining hujayralari xususiy organoidga ega?
A.hazm qilish B.ayrish C.qon aylanish D.nafas olish
7.Organizmdagi hujayralar bir-biridan nimasiga qarab farq qiladi?
A)o'lchami B)funksiyasiga C)shakli D)B va C javoblar
8.Hujayraning hayot faoliyatida sarflanadigan energiya manbalarini ko'rsating?
A)oqsil va uglevod B)yog' va karbonsuv C)karbonsuv va minerall tuzlar D)yog' va oqsil
9.Hujayrada sintezlanadigan moddalarni to'plash va tarqatish vazifasini qaysi organoid bajaradi?
A)Ribosomalar B)Endoplazmatik to'r C)yadro atrofida joylashgan organoid D)t.j.yo'q
10.Hujayrasiz hayot yo'q degan olim kim ?
A)R.Guk B)R.Broun C)Virxov D)Galen
11.Qaysi organoid oziq moddalarni parchalaydi?
A) ribosoma B)yadro C)lizosoma D)mitoxondriya
12.Qaysi organoid hujayraning umumiy ichki aylanma tizimi hisoblanadi?
A)endoplazmatik to'r B)golji majmuasi C)mitoxondriya D)sitoplazma
13.Qaysi organoid oqsil sintezlash funksiyasini amalga oshiradi?
A) ribosoma B)yadro C)lizosoma D)mitoxondriya
14.Hujayrada qanday jarayonlar bo'ladi?__________________________________________________
15.Tirik organizm massasining necha % i suvdan iborat emas?_________________________________



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling