Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi


-$ mavzu: To'qimalar,organlar va organizm


Download 1.23 Mb.
bet4/54
Sana18.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1030799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha

4-$ mavzu: To'qimalar,organlar va organizm.

1.Epiteliy to'qimasi terining __________qavatini hosil qiladi?


A)sirtqi B)ichki C)o'rta D)pastki
2.Tiriklikning tuzilish darajalarini eng kichigidan boshlab tartib bilan berilgan javobni aniqlang:
a-organ,b-funksional sistema,d-to'qima,e-hujayra,f-organlar sistemasi, g-organizm.
A)e,d,a,f,b,g B) e,d,a,f,g,b C) a,d,e,f,b,g D) g,d,a,f,b,e
3.Organizmda mavjud bo'shliqlar va ularda joylashgan organlarni juftlab yozing: a-miya qutisi,b-umurtqa pog'onasi nayi,d-ko'krak qafasi,e-qorin,f-chanoq,g-og'iz, h-burun,j-ko'z kosasi; 1-til,tish; 2-bosh miya; 3-kekirdak,o'pka,yurak,halqum; 4-oshqozon,jigar,o't pufagi,ingichka ichak,yo'g'on ichak; 5-ko'z; 6-hid bilish,7-yo'g'on ichak,ayirish va jinsiy organlar,8-orqa miya.
A)a-1,b-8,d-3,e-4,f-7,g-2,h-6,j-5 B) a-2,b-8,d-3,e-4,f-7,g-1,h-6,j-5
C) a-2,b-8,d-3,e-4,f-7,g-1,h-5,j-6 D)t.j.yo'q
4.Ko'krak qafasini qorin bo'shlig'idan nima ajratib turadi?
A)to'sh suyagi B)qorin devori C)muskulli diafragma D)tashqi qovurg'alararo muskul
5.Odam organizmi nechta qismdan tashkil topgan? A)2 B)3 C)5 D)4
6.Muvaqqat funksional sistemani nima hosil qiladi?
A)organizmda muayyan vazifani bajarishga moslashgan organlar birgalikda
B)funksional organlar sistemasi C)barcha organlar sistemasi D)A va B javoblar to'g'ri
7. Noto'g'ri fikrni aniqlang?
A)nerv to'qimasi organlarni bog'lab,ular funksiyasini boshqarib turadi B)neyrogliya-oraliq hujayra hisoblanadi
C)muskul to'qimasi shakli o'zgargan hujayralar-muskul tolalaridan iborat D)quloq tashqi organ emas
8.Odam organizmi to'qimalar,hujayralar,organlardan iborat. Nima sababdan muskullar,suyaklar va boshqa to'qimalarni organ deyish mumkin emas?
A)organ bo'lishi uchun ma'lum funksiyaga ega bo'lishi lozim B)organ yaxlit ular yaxlit emas
C)organlar bir necha xil to'qimalardan tashkil topganligi uchun D)A va B javoblar
9. -----yulduzsimon ko'p o'simtali mayda hujayralardan iborat?
A)neyron B)muskul to'qimasi C)biriktiruvchi to'qima D)neyrogliya
10.Hujayralar oralig'i moddasining holatiga ko'ra to'g'ri juftlashtiring: a-g'ovak tolali, b-tig'iz tolali, s-qattiq, d-suyuq; 1-suyak, 2-qon, 3-qon tomirlari devori, 4-paylar, 5-teriosti yog' kletchatkasi, 6-yurak xaltasi,7-limfa,8-chin teri,9-tog'ay.
A)a-1,2; b-3,4; s-5,6; d-7,8 B)a-5,6; b-8,3,4; s-1,9; d-2,7
C) a-7,2; b-3,4; s-5,6; d-1,8 D) a-6,5; b-3,4; s-1,2; d-7,8,9
11.Hazm suyuqligini qaysi to'qima ishlab chiqaradi?
A)biriktiruvchi B)tez yemirilishi tufayli yangilanib turuvchi to'qima
C)muskul to'qimasi D)organlarni bog'lab, ular funksiyasini boshqarib turuvchi to'qima
12.Nerv hujayralari va oraliq hujayralardan tashkil topgan to'qima?
A)biriktiruvchi B)tez yemirilishi tufayli yangilanib turuvchi to'qima
C)muskul to'qimasi D)organlarni bog'lab, ular funksiyasini boshqarib turuvchi to'qima
13.To'g'ri fikrni aniqlang?
A)umurtqa pog'onasi nayida bosh miya joylashgan B)qorin bo'shlig'ida o'pkalar joylashgan
C)muskulli diafragma ko'krak qafasini qorin bo'shlig'iga birlashtirib turadi
D)organlar bir necha xil to'qimalardan tashkil topgan
14.Odamning yugurishida qaysi to'qima juda muhim ishni bajaradi?
A)biriktiruvchi B)tez yemirilishi tufayli yangilanib turuvchi to'qima
C)muskul to'qimasi D)organlarni bog'lab, ular funksiyasini boshqarib turuvchi to'qima
15.Quyidagilardan qaysi hujayralarni shakli o'zgargan?
A)neyrogliya B)paylar C)muskul tolalari D)t.j.yo'q



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling