Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi


-$.Hid bilish va ta'm bilish organlari


Download 1.23 Mb.
bet50/54
Sana18.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1030799
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha

57-$.Hid bilish va ta'm bilish organlari.
1.Ta'm va uni sezuvchi retseptorlar o'rnini juftlab ko'rsating: a-sho'r,b-nordon,d-achchiq, e-shirin; 1-tilning oldingi uchi,2-tilning orqa ildizi, 3-tilning oldingi uchi va yon tomoni,4-tilning ikki yoni.
A) a-3, b-4,d-1,e-2 B) a-2, b-4,d-3,e-1 C) a-3, b-1,d-2,e-4 D)a-3, b-4,d-2,e-1
2.Ta'm bilishda nerv impulslari o'tadigan yo'lni tartib bilan ko'rsating: a-talamus,b-adashgan nervlar,d-retseptor,e-markaziy nerv sistemasi,f-til nervlari,g-uzunchoq miya.
A)d,e,a,b,f,g B)d,f,b,g,a,e C) d,f,e,g,a,b D)d,f,a,g,b,e
3.Hidning ta'siri qaysi mavsumda kuchayadi?
A)kuz B)yoz C)bahor D)B va C javoblar to'g'ri
4.Hid bilish qobiliyati eng kuchli bo'lgan insonni belgilang?
A)oshpazlar B)shifokorlar C)ko'r va kar bo'lib qolgan odam D)atir-upa sanoati bn shug'ullanuvchilar
5.Qanday ovqatning ta'mi mazali bo'ladi?
A)juda issiq B)biroz sovutilgan C)juda sovuq D)A va C javoblar.
6. Qaysi organlarda joylashgan retseptorlar vitseroretseptorlar hisoblanadi?
A) yurak, o'pka B) taloq, jigar C) yurak, jigar, buyrak D) berilganlarning hammasini
7.Quyidagi qaysi retseptorlar bola tug`ulgandan so`ng o`sish va rivojlanish natijasida takomillashib boradi?
1.chig`anoq ichidagi retsetorlar 2.kolbachasimon retseptorlar 3.silliq muskullardagi retseptorlar 4.xaltasimon ichidagi retseptorlar 5.hid bilish retseptorlari 6.propiroretseptorlar 7.tayoqchasimon retseptorlar 8.to`r pardagi visseroretseptorlar 9.jigar retseptorlari
A.5,1,6,2,4 B.2,7,8,6 C.3,5,4,6,7 D.4,6,2,9,7
8.Quyidagi ma'lumotlardan qaysilari noto'g'ri: 1-ovqatning harorati 15-30 0 C bo'lganida ta'mi yaxshi seziladi, 2-tilning oldingi qismi asosida joylashgan so'rg'ichlar nordon ta'mni sezadi, 3-hidli modda retseptorlarni doimo qo'zg'atib turganida hidga moslanish sodir bo'lib, odam hidni sezmaydigan bo'lib qoladi, 4-hid bilish retseptorlari burun bo'shlig'ining pastki bo'limida joylashgan, 5-nerv impulslari faoliyatini kuchaytiradi yoki sekinlashtiradi.
A)2,4 B)1,3 C)1,5 D)5,4
9.Quyidagilardan qaysilarini retseptorlari odamga seziladi(a) yoki sezilmaydi(b):
1-ichakdagi najas ajratish retseptorlari; 2-qon tomirlari devoridagi chanqash, 3-qon tomirlari retseptorlari,4-buyrak, 5-jigar,6-yurak,7-oshqozondagi och qolish,8-qovuqdagi siydik ajratish;
A)a-1,2,3; b-4,5,6,7,8 B)a-1,2,7,8; b-3,4,5,6 C) a-1,2,3,4; b-5,6,7,8 D) a-8,2,3; b-4,5,6,7,1
10. Iskovich itlar nima uchun minglab odamlar orasidan qidirilayotgan odamni topib beradi?
A)har bir odamning o'ziga xos hidi bo'ladi B)ta'm sezish organi kuchli rivojlangan
C)itlar maxsus tayyorgarlikka ega bo'ladi D)t.j.berilmagan
11.Qayerda hidning o'ziga xosligi, sifati to'g'risida tasavvur shakllanadi?
A)hid bilish nervida B)bosh miyadagi hid bilish analizatori markazida
C) orqa miyadagi hid bilish analizatori markazida D) uzunchoq miyadagi hid bilish analizatori markazida
12. Hid bilish analizatorini nerv markaziga bog’lang?
A) retseptor-hid bilish nervi-bosh miya yarimsharlar po’stlog’ining tashqi yuzasidagi hid bilish markaz
B) retseptor-hid bilish nervi-bosh miya yarimsharlar po’stlog’ining ichki yuzasidagi hid bilish markaz
C) retseptor-hid bilish nervi-bosh miya yarimsharlar po’stlog’ining tepaning oldingi qismidagi hid bilish markaz
D) retseptor-hid bilish nervi-bosh miya yarimsharlar po’stlog’ining tepaning orqa qismidagi hid bilish markaz
13. Odam shirin ta’mni sezganda ta’m bilish analizatori
tarkibiy qismlarining qo’zg’alish ketma-ketligini aniqlang.1.til uchidagi retseptorlar 2.til orqasidagi retseptorlar 3.til-halqum nerv tolalari 4.halqum nerv tolalari 5.til nerv tolalar 6.uzunchoq miya 7.miyacha 8.talamus 9.gipotalamus 10.bosh miya po’stlog’i chakka qismining oldingi yuqori sohasi 11.bosh miya po’stlog’i chakka qismining pastki sohasi 12. bosh miya po’stlog’i chakka qismining yuqori sohasi
A. 1.3.7.8.11 B. 1.4.6.9.10 C. 1.5.7.9.12 D. 1.3.6.9.12
14. Ko`r odamda ovqatlanishni shartli refleks orqali namoyon bo`lishida qaysi retseptorlar ishtirok etadi? 1.tayoqchasimon 2.tukchalarga ega bo`lgan retseptorlar 3.haltasimon tuzilmadagi retseptorlar 4.chig`anoq ichidagi retseptorlar 5.visseroretseptorlar
A.1,2 B.3,2,4 C.4,2 D.5,2,4
15. Soni 30-40 mln ga yetadigan retseptorlarni aniqlang?
A)hid bilish B)ta'm bilish C)ichki organlardagi D)vestibular



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling