Biologiya online maktab deb qidiring muqaddima-1
Download 0.57 Mb.
|
2020 yil botanika kitobcha
39-41 SUVO’TLARI
1.Ko’p hujayrali tuban o’simliklar tanasi qanday nomlanadi? A) Poya B) Rizoid C) Tallom D) Tana 2. Yer yuzida suvo’tlarning qancha turi fanga ma’lum? A) 30000 ga yaqin B) 26000 dan ortiq C) 100000 ga yaqin D) 10000 dan ortiq 3.Botanikaning suvo’tlarni o’rganuvchi bo’limi nima deb ataladi? A) Gelmintalogiya B) Ekologiya C) Introduksiya D) Algalogiya 4.Oddiy xlorella hujayrasida joylashgan xromatofor yuksak o’simliklar bargida . . . vazifasini bajaradi. A) Barg og’izchalari B) Xlorofill donachalari C) Ko’zcha D) Oziq modda 5. Xlorella asosan qanday yo’l bilan ko’payadi? A) Vegetativ B) Jinsiy C) Jinssiz D) Fragmentlar orqali 6. Sovuq tushib, noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelganda xlorella qay holatda qishlaydi? A) Spora shaklida B) Sista shaklida C) Zigota shaklida D) Nobud bo’ladi 7. Rizoidli suvotlar guruhini korsating. 1. ulotriks 2.spirogira 3.kladofora 4.xara 5.laminariya 6.xlorella 7.xlamidomonada a) 1.2.6 b) 2.4.6 c) 1.3.4 d) 2.7.6 8. Uning hujayrasida, hujayra qobig’i, vakuol, mag’iz va xromatofordan tashqari yana ikkita xifchini ham bo’ladi. U ko’pincha iflos va azotli birikmalarga boy suv havzalarida uchraydi, ba’zan akvarium devorlarida ham o’sadi. Yuqorida ta’rifi keltirilgan bir hujayrali suvo’ti qaysi oilaga mansub? A) Ulotriksdoshlar B) Xlomidomonadadoshlar C) Xaradoshlar D) Xlorelladoshlar 9.Chuchuk suvlarda uchraydigan ko’p hujayrali suvo’tlar berilgan qatorni belgilang. A) Ulotriks, kladofora, ulva B) Spirogira, xara, xlorella C) Xara, ulva, xlomidomanada D) Kladofora, spirogira, ulotriks 10. Quyidagi berilgan fikrlar ichidan ulotriks uchun xos bo’lgan hususiyatlarni aniqlang. 1-daryo va soylarda uchraydi, 2-suv tubidagi toshlarga yopishib o’sadi, 3-ulotriks ipchasi zanjirsimon shoxlangan bo’ladi, 4-xromatoforasi belbog’ shaklida bo’ladi, 5-suv betidagi toshlarga yopishib o’sadi, 6-hovuzlarda, zovurlarda va sekin oqadigan suvlarda ko’p uchraydi, 7-ulotriks ipchasi zanjirsimon tuzilgan bo’lib, shoxlamaydi, 8-xromatoforasi spiral shaklda bo’ladi, 9-hujayralari yashil, qisqa silindr shaklida bo’ladi, 10-hujayralari yashil, uzun-uzun, silindr shaklida bo’ladi, 11-ildiz vazifasini bitta hujayradan iborat rizoid bajaradi, 12-ildiz vazifasini bir nechta hujayralardan iborat rizoidlar bajaradi. A) 1,3,5,7,9,11; B) 2,3,4,6,10,11; C) 1,4,5,7,9,11; D) 2,4,6,8,10,12; 11. Ulotriks jinssiz yo’l bilan ko’payganda hosil bo’lgan to’rt xifchinli yosh hujayrachalar nima deb ataladi? A) Izogametalar B) Zoosporalar C) Avtosporalar D) Sporafitlar 12. Ulotriksning jinsiy ko’payishida . . . A) Teng kattalikdagi ikki xifchinli gametalar hosil bo’ladi B) To’rt xifchinli mayda zoosporalar hosil bo’ladi C) Har xil kattalikdagi ikki xivchinli avtosporalar hosil D) Har xil kattalikdagi ikki xifchinli zoosporalar hosil 13. Dengiz suvotlari berilgan qatorni aniqlang. 1. laminariya 2.xara 3.nemalion 4. kladofora 5.spirogira 6.ulva a) 1.2.3 b) 2.3.4 c) 1.3.6 d) 2.4.5 14. Quyida berilgan fikrlar ichidan spirogira uchun mos keladiganlarini belgilang. 1-asosan daryo va soylarda ko’p uchraydi, 2-hovuzlarda, zovurlarda va sekin oqadigan suv havzalarida uchraydi, 3-spirogira iplari shoxlamaydi, 4-spirogira iplari shoxlangan bo’ladi, 5-hujayralari yirik silindrsimon, 6-hujayralari kichik tayoqchasimon, 7-suv betiga yaqin joylashga toshlarga, yog’ochlar va boshqa narsalarga yopishib o’sadi, 8-hech narsaga yopishmay suvda erkin holda qalqib turadi, 9-xromatoforasi belbog’ shaklda bo’ladi, 10- xromatoforasi spiral shaklda bo’ladi A) 1,3,5,7,9; B) 2,4,6,8,10; C) 1,4,6,7,9; D) 2,3,5,8,10; 15. Qaysi suvotlar tallomi yirik slindrsimon hujayralardan tuzilgan? a) spirogira b) xlomidomonada c) ulotriks d) kladofora 16. Kladofora va xara suvo’tlarining uzunligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating. A) 1 m/30-60 sm B) 1,5 m/20-40 sm C) 30-60 sm/1 m D) 20-40 sm/1,5 m 17.O’zbekistondagi suvo’tlarni o’rganishga qaysi olim katta xissa qo’shgan? A) O’.Pratov B) A.L.Taxtadjyan C) A.M.Muzaffarov D) I.I.Granitov 18. Dengiz suvo’tlari chuchuk suvo’tlaridan xromatoforida xlorofilldan tashqari yana karotin ( . . . ), ksantofil ( . . . ) hamda qo’g’ir va qizil rang beruvchi pigmentlar bo’lishi bilan farq qiladi A) Qishg’ish/sariq B) Yashil/ko’k C) Zarg’aldoq/yashil D) Sariq/zarg’aldoq 19. Yapon laminariyasini bo’yi va enining uzunligi qanchaga teng? A) 2-4-6m/25-50sm B) 2-6-12m/10-75sm C) 2-4-8m/10-75sm D) 2-6-10m/20-35sm 20. Laminariya suvo’tining pastki qismi qanday shaklda bo’ladi? A) Kalta silindrsimon yoki novsimon B) Uzun tayoqchasimon C) Uzun novsimon yoki rombsimon D) Lentasimon 21. Ulotriks gametalarining zoosporadan farqini ko`rsating? a) xarakatsiz b) bir yadroli c) ikki xivchinli d) to`rt xivchinli 22. Qaysi o’simlik dengiz karami nomini olgan? A) Nemalion B) Ulva C) Xara D) Laminariya 23.Qaysi mamlakatlarda laminariyadan tashqari nemalion va ulva dengiz suvo’tlari ham ovqatga ishlatiladi? A) Angliya, Irlandiya, Xitoy B) Yaponiya, Shotlandiya, Islandiya C) Xitoy, Quriya, Yaponiya D) Quriya, Xitoy, Norvegiya 24. Qaysi davlatlarda dengiz suvo’tlaridan uy hayvonlarini boqishda yem xashak sifatida foydalaniladi? A) Norvegiya, Yaponiya, Finlandiya, Shotlandiya, Gollandiya B) Angliya, Irlandiya, Islandiya, Norvegiya, Shotlandiya C) Finlandiya, Islandiya, Irlandiya, Yaponiya, Angliya D) Gollandiya, Shotlandiya, Irlandiya, Angliya, Norvegiya 26. Agar-agar laboratoriyalarda nima maqsadda ishlatiladi? A) Marmelad va muzqaymoq tayyorlashda B) Pivo va vino tayyorlashda C) Yuqori sifatli sirka kislotalar olishda D) Bakteriya va zamburug’larni o’stirish uchun oziq-ovqat sifatida. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling