Biologiya online maktab deb qidiring muqaddima-1


Ochiq urug’li o’simliklar


Download 0.57 Mb.
bet14/37
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1799602
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
2020 yil botanika kitobcha

Ochiq urug’li o’simliklar
1. Yer yuzida ochiq urug’li o’simliklarning . . . ga yaqin turi borligi aniqlangan.
A) 700 B) 650 C) 560 D) 660

2. Ochiq urug’li o’simliklar bo’limi uchun qaysi hayotiy shakl mos keladi?


A) Daraxtlar B) O’tlar C) Butalar D) A va C

3. Archaning barglari qanday tuzilishga ega bo’ladi?


A) Juda mayda, yashil rangli, tangachasimon shaklda
B) Yirik, yashil rangli, novdada ikkitadan bo’lib joylashadi
C) Mayda, qo’ng’ir rangli, kolbachasimon shaklda
D) Uzun-uzun, yashil rangli, tangachasimon shaklda

4. Archa . . . o’sadi va u . . . o’simlik.


A) Juda sekin/bir uyli B) Juda sekin/ikki uyli
C) Juda tez/ikki uyli D) Juda tez/bir uyli

5. Archani urug’chili qubbalarining uzunligi qancha va qanday shaklda bo’ladi?


A) 0,5-1mm/sharsimon B) 0,5-1sm/kolbachasimon
C) 0,5-1mm/kolbachasimon D) 0,5-1sm/sharsimon

6. Urug’kurtakdagi . . . ichida esa tuhum hujayra yetishadi.


A) Urug’chi qubba B) Changchili qubba
C) Arxegoniy D) Sporangiy

7. Archaning urug’chi qubbalari urug’langandan keyin necha yilda pishadi?


A) Ikki yilda B) Ikki yo uch C) Bir yil D) Uch yilda
8.O’rta Osiyoda archaning nechta yovvoyi turi o’sadi?
A) 7 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 10 ta

9. Virgin archasining vatanin qayer?


A) Shimoliy Afrika B) Janubiy Amerika
C) Janubiy Afrika D) Shimoliy Amerika

10. Quyida berilgan o’simliklardan qaysi biri tana va bargining tuzilishi bilan archaga o’xshasada, lekin yosh novdalarining o’ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan archalardan farq qiladi?


A) Qarag’ay B) Virgin archasi
C) Sharq sauri D) Turkiston archasi

11. Yer yuzida qarag’ay turkumining qancha turi o’sadi?


A) 100 ga yaqin B) 10 dan ortiq
C) 200 ga yaqin D) 20 dan ortiq

12.Oddiy qarag’ay . . . yorug’sevar, doimo yashil daraxt. O’zbekiston sharoitida uning balandligi . . . orlig’ida bo’ladi.


A) Ikki uyli/15-25 m B) Bir uyli/10-20 m
C) Ikki uyli/10-20 m D) Bir uyli/15-25 m

13.Qarag’ayning barglari novdalarda . . . bo’lib o’rnashgan, uznligi . . . , och yashil rangli bo’ladi.


A) Qarama-qarshi/3-4 sm B) Uchtadan/8-9 sm
C) Ketma-ket/8-9 sm D) Ikkitadan/5-7 sm

14. Qarag’ayning changchili qubbalari bahor oylarida yillik novdalarning pastki qismida qanday shaklda zich to’pgul hosil qilib o’rnashadi?


A) Kallakcha shaklidagi B) Savatcha shaklidagi
C) Boshoqsimon D) Qalqonsimon

15. Urug’chi qubbaning o’rtasidan o’tadigan o’qqa urug’chi tangachalar birlashadi. Bu tangachalarda nechta urug’kurtak joylashadi?


A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
16. Urug’langan tuxum hujayradan . . . , undan esa . . . hosil bo’ladi.
A) Murtak/urug’ B) Zigota/murtak
C) Zigota/urug’ D) Murtak/zigota

17. Oddiy qarag’ayning qubbalari necha yilda yetiladi va shamol ta’sirida to’kila boshlaydi?


A) Bir yilda B) Uch yilda C) Ikki yilda D) To’rt yilda

18. Qarag’ay o’rta hisobda necha yil yashaydi?


A) Ming yil B) Ikki yuz-to’rt yuz yil
C) Ikki ming yil D) Ikki yuz-uch yuz yil

19. Qarag’aydan qanday maqsadlarda foydalanamiz?


A) Tez o’sadigan yog’ochbop o’simlik sifatida ekiladi
B) Oliy nav qog’ozlar tayyorlashda foydalaniladi
C) Texnik spirtlar olishda ishlatiladi
D) Berilgan javoblarning barchasi to’g’ri

20. Magnoliyatoifa bo’limining bir urug’pallalilar (I) va ikki urug’pallalilar (II) sinflari uchun hos bo’lgan belgilarni belgilang.


1) Murtak ildizchasidan hosil bo’lgan asosiy ildiz tezda nobud bo’ladi, uning o’rnini esa murtak poyasidan o’sib chiqqan bir to’p qo’shimcha ildizlar egallaydi. 2) Barg yaprog’i tomirlangan ( patsimon yoki panjasimon ). 3) Ko’pincha gulqo’rg’oni murakkab gulkosachabarg va gultojibarglari halqada 4-5 tadan o’rnashgan.
4) Murtagi faqat bitta urug’pallali. Unayotgan o’simlikda bitta urug’pallabarg bo’lib, u yer ostida qoladi. 5) Poyasi kambiysiz, yo’g’onlasha olmaydi. 6) Murtak ildizchasidan hosil bo’lgan asosiy ildiz uzoq muddat yoki o’simlik hayotining oxirigacha saqlanib qoladi. 7) Gulqo’rg’oni oddiy, gultojbarglar halqada 3 tadan o’rnashgan. 8) Barg yaprog’i yoysimon yoki parallel tomirlangan. 9) Murtagi ikki urug’pallali. Unayotgan o’simlik yuproqdan ikkita urug’pallabarg bilan chiqadi. 10) Poyasi kambiyli, yo’g’onlasha oladi.
A) I-1,3,5,7,9, II-2,4,6,8,10; B) I-1,2,3,4,5, II-6,7,8,9,10;
C) I-2,3,6,9,10, II-1,4,5,7,8; D) I-1,4,5,7,8, II-2,3,6,9,10;

21.O’zbekiston hududida . . . ga yaqin yopiq urug’li o’simliklar o’sadi. Shulardan . . . ga yaqini ikki urug’pallalilar sinfiga, . . . ga yaqini esa bir urug’pallalilar sinfiga kiradi.


A) 4500/3700/800 B) 4500/3800/700
C) 4500/800/3700 D) 4500/700/3800



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling