Biologiya o‘qitishda muammoli texnologiyadan foydalanish reja
Download 47.52 Kb.
|
Biologiya o‘qitishda muammoli texnologiyadan foydalanish reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
BIOLOGIYA O‘QITISHDA MUAMMOLI TEXNOLOGIYADAN FOYDALANISH REJA: 1. Muammoli ta'lim texnologiyasi haqida umumiy tushuncha. Muammoli ta’limning tarixi va didaktik ahamyati. 2. Muammoli ta'lim texnalogiyasidan maktab biologiya darslarida foydalanish. Muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalanib darslarni loyihalash. 3. Dars jarayonida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish. Muammoli ta'lim texnologiyasiga asoslangan darslarni loyihalash. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da yangi chuqur bilimlar talab etuvchi texnologiyalarning rivojlanishi sharoitlarida mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash, kasbiy mahorat chо‘qqilarini egallashga qodir va kasbiy moslashuvchanlik xislatlariga ega bо‘lgan chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa о‘z navbatida о‘quv jarayonini ilm-fanning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda tashkil etish, fan, madaniyat, iqtisodiyot, texnika va texnologiyalardagi yangiliklarni о‘zida aks ettiradigan ta’limni har tomonlama uzluksiz ravishda yangilab borish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarining integratsiyasini, ta’lim dasturlarining variativligini ta’minlashni talab etadi. Qо‘yilgan vazifalar oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish davrining barcha bosqichlarida hal etib borilishi kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishga faqatgina mustahkam nazariy tayyorgarlikka, keng dunyoqarashga, chuqur bilimlarga, amaliy kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislargina qodir bо‘ladilar. Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish uchun ma`naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiytexnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o’zgartirish, ularning bilim va ma`naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko’tarish zarur. Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo’ydi. Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta`lim texnologiyasi etakchi o’rinni egallaydi. Agar inson muntazam tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga o‘rgatilgan bo‘lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so‘ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. O‘quvchi noma’lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi O’qituvchi muamoli vaziyatni o’quvchilar oldiga qo’yish bilan bir qatorda , uni echish uchun izlanish zarurligini, izlanish uslublarini o’quvchilarga o’rgatadi. Muammo echimini topish. Izlashga o’tish uchun, eng avvalo zaruriy muxit yaratilishi kerak. Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar uning echimini izlash jarayonida oldingi mavzularda,fanlarda olgan ma`lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar olidga qo’yilgan muammo o’zining dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega. O’quvchi izlanishni ma`lum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata oladi va echish uchun kirishadi. Muammoli o‘qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o‘quv masalalarni nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi. Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi.Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno 7 qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi. Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi. Muammoli ta’lim sohasida chuqur izlanishlar 60-yillarda boshlangan. Tafakkur psixologiyasini o‘rganishga mos ravishda muammoli ta’lim g‘oyasi va tamoyillari sovet psixologlari S.L.Rubinshteyn, D.N.Bogoyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, A.M.Danilov, M.N.Skatkinlar tomonidan ishlab chiqilgan. T. V. Kudryavtsev, D. V. Vilkeev, Yu. K. Babanskiy, M. I. Maxmutov va I. Ya. Hozirda bu boradagi tadqiqotlar pedagogika fanining boshqa vakillari tomonidan olib borilmoqda. Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi. A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuqur o'rgandilar Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni echishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.Didaktikada muammoli dasrlarni muammoli vaziyatlarning tipiga qarab xarakterlashga oid tadqiqotlar mavjud. Shu o'rinda G.V.Artyomova o'z izlanishlari asosida muammoli darslarni tashkil etishning bir necha variantlarini taklif etadi. Bular: 1.Versiya xarakteridagi dars. 2. Qiyosiy -umumlashtiruvchi xarakteridagi dars. 3.Ma'naviy - axloqiy muammoli dars. Darsning didaktika va mantiqiy-psixologik strukturasi o’qituvchiga nazariya sifatida, darsni tashkil qilishning umumiy qoidalarini tushuntirish sifatida beriladi. Metodik strukturani o’qituvchi o’zi o’quv materialining mazmuni, didaktik maqsadi va o’quvchilarning o’qishga bo’lgan tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib tuzadi. Uning ijodi, san`ati, uning takrorlanmas individualligi ana shunda. Ta`lim-tarbiya jarayonini to’g'ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir. Har bir pedagog shuni doim esda tutishi kerakki, dars o’quv tarbiya jarayonining asosiy formasidir. Hozirgi zamon tarbiyasining barcha jarayonlari o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va mustaqil ijod qilishga o’rgatishdan iboratdir. Biz o’qituvchilar dars jarayonida birinchi navbatda o’quvchilardan fanlardan chuqur va mustahkam bilim berish bilan birga, ularda bilimga qiziqishni, mehnat qilishga extiyojni tarbiyalab borishni kuzda tutamiz. O’qituvchining didaktik jixatdan tayyorgarligi juda muhimdir. Chunki, muammoli ta’limning nazariy va amaliy jixatlarini atroflicha o’rganish o’quv jarayonini san’at darajasiga olib chiqish demakdir. U o’z navbatida o’quvchining ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirib olishga kafolatdir. Muammoli ta'limni muvaffaqiyatli kechish shartlari. 1. O’quv materialini muammolashtirish. 2. O’quvchining faol ishtirok etishini ta’minlash. 3. O’qitishning bola hayoti, yashash, turmush tarzi bilan, mehnati, o’yin bilan o’zaro aloqasini bog’lash. Muammoli vaziyatlarni yaratish usullari. 1. O’qituvchi bolalarni ziddiyatni tug’dirish holatiga keltiradi va o’zlariga yechimni topishni taklif etadi. 2. Amaliy faoliyatdagi ziddiyatlar to’qnashuvini vujudga keltiradi. 3. Bir xil savolning o’ziga javobni berishda har xil fikrlarni bildiradi. 4. Hodisani har xil pozitsiyadan turib, ko’rib chiqishni taklif qiladi. 5. Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga undaydi. 6. Aniq savollarga aniq yechimlarni topishni so’raydi. 7. Muammoli topshiriqlarni qo’yib, yechimini topishga har bir o’quvchini o’z shaxsiy fikr va qarashlarini so’raydi. O’quvchini faollashtirishda samarali ta’lim metodini amalga oshirishda yangicha didaktik yondashuv asosida olib borilishi tushuniladi. O’quvchilarning aqliy fikrlashlarini tayyor, avvaldan tayyor, mavjud bo’lgan yo’llar bilan o’stirish maqsadga erishishning oddiy usuli bo’lib, u ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib kelmaydi. Muammoli ta’lim jarayonida o’quvchi tahlillar asosida qo’llash, sintez qilish, umumlashtirish, faktik materialni aniqlashtirish, o’zi mustaqil, yangi axborot oladi. Boshqacha aytganda, ilgari olgan bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, o’zlashtiradi va amalda qo’llay bilishga harakat qiladi. Olgan bilimlarini hayotda qo’llashda o’qituvchi qo’llanma, darsliklardan tayyor bilim olishni bermaydi, u o’quvchi tomonidan izlab topiladi. Mana shu holatda izlanuvchanlik, sinchkovlik, ishlash metodikasi va ko’nikmalari shakllanib boradi. Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar o’ni echimini izlash jarayonida oldingi mavzularda,fanlarda olgan ma`lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar oldiga qo’yilgan muammo o’zining dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega. O’quvchi izlanishni ma`lum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata oladi va echish uchun kirishadi. Ta`lim jarayonini loyihalash bevosita muammoli ta`limni qo’llashga va aksincha, muammoli ta`lim ta`limini loyixalashga olib keladi. Muammoni o’qitish texnologik loyixalashtirilgan o’quv jarayonini amalga oshirishning didktik konstruktsiyasi sifatida qo’llaniladi. Muammoli vaziyatni bunday usulda echishga o’rgatish orqali o’quvchilarni sinektik, abstraktsiyalash, fantaziya qilish, o’zgalarni eshitish, oddiydan g’ayri oddiyni, g’ayrioddiydan oddiyni topish, o’xshatishlardan mohirona foydalanish ko’nikmalari shakllantiriladi Muammoli ta'lim texnalogiyasidan biologiya darslarida foydalanish Muammoli ta’lim texnologiyalari o'quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarining shakllanishiga imkon yaratadi.Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularda ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyasi asosiy o'rinni egallaydi. Muammoli ta’lim texnologiyasi o'qitishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishga asoslanib, uni maqsadga muvofiq holda, darsning turli bosqichlari, jumladan, uy vazifasini so'rash, yangi mavzuni o'rganish, o'rganilgan mavzuni umumlashtirish va yakunlashda foydalanish tavsiya etiladi. Biologiya o'qituvchisi muammoli vaziyatlarni darsning qaysi bosqichida vujudga keltirishni, muammoli savollarni berish yo'llarini avvaldan belgilab olgan bo'lishi lozim. Biologiya o'qituvchisi muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish maqsadida o'rganiladigan mavzu matnini tahlil etishi, o'quvchilarning yosh, psixologik va ergonomik xususiyatlami e’tiborga olgan muammoli savollar zanjirini tuzishi zarur. Shuni qayd etish kerakki, o'qituvchi biologiyani o'qitishda muammoli vaziyatlami vujudga keltirishning quyidagi bosqichlarini nazarda tutishi lozim: -o'quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularning faoliyatini o'quv topshiriqlarini hal etishga yo'llash orqali yangi bilimlarni egallashga zamin tayyorlash; -ijodiy o'quv topshiriqlarini egallash orqali bilimlarni kengaytirish, aniqlashtirish va chuqurlashtirish; -ijodiy o'quv topshiriqlarini hal ettirish orqali o'quvchilarning aqliy faoliyat usullarini egallashga imkon yaratish; O'quv materialining o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olingan holda muammoli vaziyatIarni vujudga keltirishning turli usullari mavjud: I. Analogiya usuli. Ushbu usulda o'qituvchi muammoli savollarni aval o'rgangan o'quv materialiga oid bilimlarni faollashtirish yoki o'quvchilarning hayotiy tajribalariga asoslanib vujudga keltirishi mumkin. Jumladan, 7-sinfda «Bir hujayralilar tipi.), «Xivchinlilar sinfi.) mavzularini o'rganishdan aval o'quvchilarning «Soxta oyoqli\ar sinfi.) yuzasidan o'zlashtirilgan bilimlarini faollashtirish maqsadida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish tavsiya etiladi. Ushbu usuldan har bir mavzuning avalgi mavzuga bog'liq masa-lalarini hal etishda foydalanish mumkin. 2 Tahlil va sintez usuli. Ushbu usulda o'quvchilar biologik obyektlarni olimlar tomonidan o'tkazilgan tajriba asosida o'rganadi va xulosa yasaydilar. Jumladan, «Lishayniklar» mavzusi o'rganilayotgan jarayonda o'qituvchi olimlar tomonidan o'tkazilgan tajribani bayon etishi so'ngra shu asosda muam-moli vaziyatlarni vujudga keltirishi talab etiladi. Lishayniklarni dastlab olimlar bitta organizm deb qabul qilishgan va yo'sinlar bo'limiga mansub deb hisoblashgan. 1867- yili rus biolog-olimlar AS. Faminsin va O.Y. Baroneskiylar lishayniklar tanasida yashil suvo't - ksanoriya bo'lib, u oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payishi, sporalari orqali tarqalishini aniqlagan. Demak, ksanoriya mustaqil hayot kechiruvchi suvo't ekan, lishayniklar qanday organizmlar, ularni qaysi bo'limga kiritish mumkin? O'quvchilar ushbu muammoli savol yuzasidan o'z fikr-mulohazalarni bildiradi. Biologiyani oʻqitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga oʻqitishning muammoli-izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari, oʻquvchilar faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari, nazorat va oʻz-oʻzini nazorat qilish metodlari kiradi. Faol metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, oʻquvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish koʻnikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Shu sababli, biologiyani oʻqitishda reproduktiv metodlar boʻlgan ogʻzaki bayon, koʻrgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun oʻqituvchi mazkur metodlarning oʻziga xos xususiyatlari, ular tarkibiga kiradigan metodik uslublarni toʻgʻri anglashi va oʻz oʻrnida samarali foydalanish koʻnikmalarini egallagan boʻlishi lozim. Muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalanib darslarni loyihalash Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish . Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farqi qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga amal va ayni vaqtda muhim bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi. Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: - talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi; - vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi. Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya'ni nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan bo'ladi. Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, u avvalombor talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda izchillik yorqin ko'rinadi: avalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o’quv muammosi shakllanadi. O’qitish amaliyotida boshqa variant — o'sha muammo tashqi ko'rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo'ladigan variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar ko'rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo'ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi. Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o’quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki echilish yo'lini izlashga tushadi. Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilinish usuli o’quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning echilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o’quv muammosi bo'la olmaydi.O’quv muammosini echish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning echilish usulini o'ylab topish yoki gipoteza qo’yish hamda gipotezani asoslashdir. Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat — o’quv muammosi — o’quv muammosini echish uchun izlanish — muammoning echilishi. Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalami ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo'ladi. Psixologlar tomonidan muammoli vaziyatlardan chiqishda sermahsul ishlay olish, chiqa olish ketma ketligi aniqlangan. Muammoli vaziyatlardan aqliy harakat orqali chiqish ketma ketligi bir qancha bosqichlardan iborat: • muammoning vujudga kelishi; • qiyinchilik nimadan iborat ekanligini tushunib olish; • uning yechimi yo’llarini qidirib topish, bunda yechim bo’yicha fikr, takliflarni keltirish, isbotlash; • taxminlarni isbotlash; • muammoning yechimi to’g’riligini tekshirish. Muammoli ta’limning bosqichlari: 1. Muammoli vaziyatni keltirib chiqarish; 2. Muammoli vaziyatni asoslash, tushuntirish; 3. Muammoli vaziyatni o’quvchilar bilan tahlil qilish; Мuammoli vaziyat Мuammo yechimini izlab topish natija (yеchim) 4. Muammoli vaziyat yechimining bir necha usullarini aniqlash; 5. Muammoli vaziyatning samarali yechimini dalillar bilan asoslash; 6. Muammoning natijaviy yechimini tanlab, har tomonlama baholash. Muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan usullari qayd qilinadi: * hodisalar, o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo’yish; * olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo’yish; * talabalarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash; * ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiharadigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash; * talabalarni fakt, hodisa, hatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, qiyos qilishga undash; * talabalarni go'yo tushunib bo'lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo'yilishiga sabab bo'lgan faktlar bilan tanishtirish. Loyiha(lotincha projectus — ilgʻor) — muayyan amaliy mahsulot uchun kontseptsiya, gʻoya, batafsil rejani ishlab chiqish. Bunda nafaqat g‘oya, balki uni amalga oshirish shartlari ham ishlab chiqiladi. Bu natijani ko'rish, tushunish, real amaliyotda qo'llash mumkin. Ushbu natijaga erishish uchun bolalarni o'rgatish kerak mustaqil fikrlash, muammolarni topish va hal qilish, buning uchun turli sohalardan bilimlarni jalb qilish, natijalarni bashorat qilish qobiliyati va mumkin bo'lgan oqibatlar turli yechimlar, sabab-oqibat munosabatlarini o'rnatish qobiliyati. Loyiha asosida tashkil etilgan darslarda õquvchilar fikr almashadilar, ijodiy izlanadilar, hamkorlik, ham ijodkorlikda yechim qidiradilar va yechimni topadilar. Loyiha asosidagi darslarning boshqa usullardan farqi shundaki, õquvchilar axborotlarni izlab topib, qayta ishlab, umumlashtirib, õzlari himoya qiladilar. Loyiha asosida mashg'ulotlar quyidagi turlarda olib boradilar: -juft bõlib ishlash; -kichik guruhlarda ishlash; -katta guruhlarda ishlash; -yakka tartibdagi ishlash. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o’qituvchidan darsni tashkiliy jixatdan puxta o’ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida o’quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O’quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda õqituvchi faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor, pedagog rolini õtashi talab etiladi. O’qituvchi loyiha rahbari sifatida yuqori madanyatli, ijodkor, izlanuvchan, tashkilotchi bõlmog'i kerak. Loyihalar shunday tuzilishi kerakki, u õquvchi shaxsiga qaratilib, uning shaxsiy rivojlanishiga xizmat qilishi shart. Loyihalar asosida õquv jarayonini tashkil etishda õqituvchi fidoyilik kõrsatishi, õquvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirish orqali, biror bir maqsadga erishish talab etiladi. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va tõg'ri yõlga soluvchi savollar oldindan rejalshtirilishi kerak. Undan tashqari, dars jarayonida sodir bõlishi mumkin bõlgan kamchilik, xatolar, ularni oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak. Loyihali darslarni tashkil etish juda murakkab jarayon, bunda har bir õquvchining mustaqil ishlashini tashkil etish muammosi yotadi. Ya’ni qaysi vazifalarni õqituvchi bajarishi kerak va qaysilarini õzaro hamkorlikda amalga oshirilishi oldindan kõra bilish kerak. Loyiha – muammoli ta’limning samarali metodi sifatida. O’quv loyihasi – o’rganilgan mavzu yoki bo’limni chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan, ta’lim 17 jarayoniga tajriba, faoliyat asosida yondashuvga imkon beruvchi, tadqiqot chilik va izlanishga doir metodlardan foydalanishni talib etuvchi ta’limni tashkil etish shakli. Ta’limiy tavsifdagi loyihalashtirish o’qituvchi tomonidan o’quvchining muammoni izlash, uni hal etish bo’yicha faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishdan to (intellektual yoki moddiy mahsulotni) ommaviy baholash uchun uni hal etish usulini taqdim etishgacha mustaqil harakat qilishini ta’minlovchi maxsus tashkil etilgan maqsadli o’quv faoliyatidir. "O’quv loyihasi” tushunchasi keng qamrovga ega bo’lib, quyidagi mazmunga ega: muayyan iste’molchiga mo’ljallangan, muammolarni izlash, tadqiqot qilish va yechish, natijani noyob (moddiy yoki intellektual) mahsulot ko’rinishida rasmiylashtirishga qaratilgan talabalarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilish usuli; nazariy bilimlar orqali amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan o’quv vositalari va qurollari; rivojlantiruvchi, ta’lim va tarbiya hamda bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va malakalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik vosita. O’quv loyihasining didaktik imkoniyatlari quyiagilarda namoyon bo’ladi: loyihaviy ta’lim jarayonida o’z-o’ziga ishonchni qaror toptirish, egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga erishish; tadqiqotchilik ko’nikmalarini rivojlantirish; qo’lga kiritiladigan natija uchun o’quvchilarda jamoa bo’lib ishlash. Muammoli ta'lim texnalogiyasiga asoslangan darslarni loyihalash. O’qitish jarayoniga muammoli o’qitish texnologiyasini qo’llashi uchun o’qituvchi quyidagi masalalarni hal qilish: * O’quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini; * Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilish; * Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash zarur. Muammoli ta'lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malkalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish bo'lib, muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq: * O’quv materialini muammolashtirish; * Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish; * Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish; * O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida va samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish; * Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish. Muammoli ta’lim darajalari. Birinchi bosqich. O’qituvchi muammoni to’liq yoritadi va uni yechimini topib beradi. Qarshi savollar yordamida o’quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etadi. Ikkinchi bosqich. O’qituvchi muammoni qo’yib, uning mazmun mohiyatini ifodalaydi. Keyin o’quvchilarni muammo yechimini mustaqil izlashga yo’naltiradi. Uchinchi bosqich. O’qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli vaziyat yaratadi. O’quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish yo’llarini izlab topadilar. To’rtinchi bosqich. Bunda o’qituvchi izlanish sohasini belgilaydi xolos, muammoga yaqinlashib boradi, lekin uning mazmuni yoki yechimini ko’rsatmaydi. O’quvchini mustaqil faoliyatga yo’naltiradi. Muammoli ta’limda o’qituvchi o’quvchini murakkab tushunchalar mazmuni bilan tanishtirish jarayonida unga sistemali ravishda muammolar qo’yib boradi, o’quvchiga axborot beradi, o’quvchi mustaqil xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi va o’qituvchi yordamida ma’lum tushuncha, qoidalar, xulosalar chiqaradi. XULOSA Xulosa qilib aytganda loyiha asosidagi darslar: - Loyiha asosidagi darslarning maqsadi, mavzu mazmuni dars jarayonidayoq ta’la o’zlashtirib olinishi kafolatlanadi. - Darslarda ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma, malaka va tayanch tushunchalarning o’zlashtirib olinishiga erishiladi. - Iloji boricha o’quvchini o’zlashtirishi DTS talablari asosida bilim, ko’ nikma, malakalarini montirongi, baholab borish nazarda tutiladi. Loyihali o’qitishning faoliyat mazmuni. Loyihali o’qitish faoliyati o’quvchining o’quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi. 1. O’qituvchi tomonidan taklif etilgan o’quv loyihalari, kichik loyihalarning maktab o’quvchilari tomonidan to’la bajarilishi ko’zda tutiladi. 2. O’quv loyihalari oldindan ishlab chiqarilgan mezon ko’rsatkichlari asosida baholanadi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko’zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilishi mumkin. 3. Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o’quv mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddatlari ko’zda tutiladi. 4. Loyiha asosida o’quv faoliyatini tashkil etishga o’qituvchi rahbarlik qiladi va u loyihaning koordinatori hisoblanadi. 5. Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo’ladi. 6. Loyiha topshiriqlarini aniq, ravon shakllantirlgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli, aniqlangan, o’quvchilar bilan uning ijro yo’llari va mexanizmlari keltirilgan bo’ladi. 7. Ayrim hollarda yuqori sinf o’quvchilarining hoxish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin. 8. O’quv yili davomida o’rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferentsiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod birlashmalarda o’tkazish, himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o’tkazish mumkin. Dars jarayonini loyiha asosida tashkil etish bosqichlari. 1. O’quv predmeti mavzusini va mazmunini tanlash; 2.Darsning o’quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish; 3.Darsning o’quv mazmunini ishlab chiqish, beriladigan nazariy va amaliy bilimlarni belgilash; 4.O’quvchi tomonidan o’zlashtirishi lozim bo’lgan tushuncha, bilim, ko’nikma va malakalarni ifoda etish; 5.Darsning shakli, metod va vositalarini tanlash; 6.Darsning tushuncha, bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtirish uchun ta’lim oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini belgilash; 7.Har bir bosqich natijalarini olish, mashq va misollar tizimini yaratish; 8. Nazariy tomondan olib boorish, testlar savollarni tuzib chiqish; 9. Loyihani dars jarayoniga tatbiq etish; Dars jarayonini olib borish va yakunlash mehanizmini yaratish. Loyihali dars jarayonida o’quvchining extiyoji, qiziqishi, hoxish-istagi, maqsadi, qobilyati, faoliyati,intelekti hisobga olish talab etiladi. Dars jarayonida o’quvchining individual xususiyati, tayyorgarlik darajasi, imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Xulosa qilib aytganda, o’quv jarayoni puxta o’ylangan loyiha asosida tashkil etsa, har bir o’quvchi uning yechimida faol ishtirok eta olsa, o’qov jarayoni samarali kechadi. O’quv mazmunini dars jarayonidayoq ongli ravishda to’la o’zlashtirilishi kafolatlanadi. Download 47.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling