‘quvchilarning texnik ijodkorlikka oid kompetensiyalarini robototexnika elementlari asosida takomillashtirish”


Download 30.14 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi30.14 Kb.
#1189200
Bog'liq
жалил06


To‘ychiev Olimjon Alijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘quvchilarning texnik ijodkorlikka oid kompetensiyalarini robototexnika elementlari asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika)»
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3-4.PhD/Ped355.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 .
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Husniddin Oltinboyevich, pedagogika fanlari doktori.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Shukrullo Ne’matovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Abdiev Umirbek Begmatovich pedagogika fanlari doktori, dosent.
Etakchi tashkilot nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning texnik ijodkorlikga oid kompetensiyalarini robototexnika elementlari asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘rta maktab o‘quvchilariga to‘garak mashg‘ulotlarida texnik ijodkorlik kompetensiyalarni rivojlantirishning uslubiy ta’minoti konstruktorlik elementlarini avtonom tarzda ishlatish imkoniyati va mexanik modullarini tizimli qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
to‘garak mashg‘ulotlarida texnik ta’limni amalga oshirish metodologik yondashuvlari robototexnika elementlarining identiv xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning texnik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli robototexnika elementlarini dasturlashga fizik-kimyoviy va mexanik yondashuv yaxlitligini kiritgan olgan holda takomillashtirilgan;
texnik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi robototexnika konstruktiv elementlarini taqsimlangan holda kichik guruhlarda ishlashni tashkil qilish asosida takomillashtirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning texnik ijodkorlikga oid kompetensiyalarini robototexnika elementlari asosida rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘rta maktab o‘quvchilariga to‘garak mashg‘ulotlarida texnik ijodkorlik kompetensiyalarni rivojlantirishning uslubiy ta’minoti konstruktorlik elementlarini avtonom tarzda ishlatish imkoniyati va mexanik modullarini tizimli qo‘llash orqali takomillashtirishga doir takliflardan
YoBV-Atex-2018-64 raqamli “Razrabotka chelovekopodobnogo (Gumanoida) robota s isskustvennыm intellektom” (2016–2018 yy.) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 30 martdagi 04-10/4191-1-sonli ma’lumotnoma). Natijada darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida robototexnika konstrutorlik elementlari asosida o‘quvchilarning texnik ijodkorlik kompetensiyalari texnik kasblarga qiziqishlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
to‘garak mashg‘ulotlarida texnik ta’limni amalga oshirish metodologik yondashuvlari robototexnika elementlarining identiv xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining 2021 yil 17 iyundagi №01-02/5-850-sonli ma’lumotnoma). Natijada to‘garak mashg‘ulotlarida texnik ta’limning metodologik yondashuvlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning texnik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli robototexnika elementlarini dasturlashga fizik-kimyoviy va mexanik yondashuv yaxlitligini e’tiborga olgan holda takomillashtirish hamda texnik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi robototexnika konstruktiv elementlarini taqsimlangan holda kichik guruhlarda ishlashni tashkil qilishga doir takliflardan YoBV-Atex-2018-131 ““Avtomatlashtirilgan roboto-konstruktor texnik ishlanmalar” majmuasi va undan foydalanish yo‘riqnomasi ishlab chiqish” (2016-2018 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 30 martdagi 04-10/4191-1-sonli ma’lumotnoma). Natijada to‘garak mashg‘ulotlarida robototexnika o‘quv materiallarini o‘qitishning samarali tashkil etish va o‘tkazishga erishilgan.
Download 30.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling