Din va dunyoviylikda musulmon tadbirkorlari, o‘z kasbining ustalari va izlanuvchilar uchun muvaffaqiyat sari 7 qadam
Maruf Yusuf
BAG‘ISHLOV
Foydadan ko‘ra odamlarga xizmat qilish orqali Robbisiga xizmat qilishni maqsad qilgan din tadbirkorlariga bag‘ishlanadi.
MUNDARIJA
KIRISH
1 - Qadam Maqsad 14
2- Qadam ISHTIYOQ 54
3- Qadam MAxsulot 67
4 - Qadam TARG‘IBOT 96
5 - QADAM XARID 112
6 - QADAM VA’DA 123
7 - Qadam RIVOJLANISH 134
Tinchlik 149
Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan boshlaymiz
Bu kitob kimlar uchun?
Bu kitob faqat pul uchun emas, bandasi hayotidan rozi bo'lib yashash orqali Robbisiga xizmat qilishini istaydigan din ishbilarmonlari – Musulmon tadbirkorlari uchun.
Bu kitob tadbirkor bo‘lishni qattiq istagan, ayniqsa bu maqsadini hali to‘liq anglamagan Musulmonlar uchun.
Bu kitob allaqachon o’z biznesini yuritishni boshlagan va uni keyingi bosqichga olib chiqishni istaydigan biznes egalari bo’lgan Musulmonlar uchun.
Bu kitob shuningdek o’z biznesini rivojlantirish uchun sarmoya izlayotgan musulmon startapchilari uchun.
Ushbu kitob mazmunli biror ish qilishni istaydigan, ammo hali hayotida qaysi yo’lni tanlashda ishonchli komil bo’lmagan talabalar uchun.
Bu kitob dunyodagi sharoitni yaxshilayotgan biror bir kompaniyaning bir qismi bo’lishni istaydigan ammo o'zini kundalik ishlari va jamoadagi karyerasida to’xtab qolgandek his qilib, qanday oldinga siljishni bilmay turgan o’z kasbining ustalari bo’lmish Musulmonlar uchun.
Biz bu ro’yhatni uzoq davom ettirishimiz mumkin. Lekin yanada oson bo’lishi uchun, siz quyidagi savollarga javob berish orqali bu kitob siz uchun yoki siz uchun emasligini tekshirib ko’rishingiz mumkin:
Qilayotgan ishingizni yaxshi ko’rasizmi? Bu bilan aytmoqchimanki siz bajarayotgan narsa ishga o’xshamayotgandek va siz buni soatlab bajara olasizmi? Sizga zavq va rohat bag’ishlaydigan boshqalarning hayotini yaxshilash uchun qilgan ishlaringiz bilan ularga yordam berasizmi? Agar bu savollarning barchasiga ha deb javob bersangiz, unda sizni tabriklayman! Bu kitobni o’qishingizga xojat yo’q. Siz eng yuqori qatlamning 1 % ligiga kirasiz.
Qolgan 99% likka kiruvchilarga bu kitob ancha yordam beradi, Inshaalloh.
Bu kitob sizga maqsadingizni kashf qilishga va diningiz va dunyoyingiz qurbon qilmasdan rivojlanib yashash ishtiyoqiga ergashishga yordam beradi, Inshaalloh. Bu kitob shuningdek sizga o’z hayot hikoyangizni yaratishga va umr yo'lingizda bosh qahramonga aylanishingizga yordam beradi.
Bu kitob sizga o’zingizni yaxshiroq bilib olishga yordam beradi, shu tarzda siz Alloh subhana va taoloni yaxshiroq bilib olishingiz mumkin bo’ladi.
Bilinki Allohni tanishning kaliti bu o’zingizni tanimoqlikdir.
Imom G’azzoli rahimahulloh
Bu kitob shuningdek shunday kuchlarni kashf etishingizga yordam beradiki eng yaxshi yo’l bilan boshqalarga xizmat qilish orqali Allohga xizmat qila olishingiz mumkin.
Bu kitob kimlar uchun EMAS?
Bu kitob tez boyib ketishi loyihalarini izlayotganlar uchun emas. Men daromad olishning 7 shakli yoki 7 oyda topiladigan maoshni va’da qilmayapman. Bu kitob unday kitoblar sarasiga kirmaydi.
Bu kitob biz oldinga bosayotgan qadamlarni o’qishni, tushunishni va amalda bajarishni talab qiladi.
Inshaalloh, bu ish beradi. Men bu kitobda bo’lishgan prinsiplar (tamoyillar) sinab ko’rilgan va amalda bajarilgan.
Qanday boshlaysiz?
Boshlashning yagona yo’li faqat Allohga va O’ziga xizmat qilish uchun bu yo’lga kirganingizda samimiy niyat bilan ishga kirishishdir.
Men maqsad va ishtiyoq bilan boshlanadigan va rivojlanishga boshlaydigan yetti bo’limni taqdim qilaman.
Har qaysi bo’limda o’qish bilan birga harakat bosqichlari ham bor. Agar siz kitobdan ko’proqdan foydalanmoqchi bo’lsangiz, harakat bosqichlarini ham tugatib qo’yishingiz kerak. Bu kitob hayotingizni o’zgartirib yuborishiga va’da beraman, Inshaalloh.
Tayyormisiz? Unda boshladik.
Are you ready? Let’s get started.
Bismillah
Duolarni ijobat qilguvchi Zot Alloh nomi bilan boshlaymiz.
Ya Alloh! Iltimos, qalblarimizni och, zehnimizni och va bizni to’g’ri yo’lga boshlaki bizni yaratganing sababini, bizga va’da qilgan ajru mukofitu ne’matlaringni bilib olaylik, hamda ushbu mukofotlardan faqat O’zimga xizmat qilish yo’lida foydalanaylik. Hayotimizda bizga yuksaklik va shunday mo’l-ko’l baraka berginki, biz nafaqat o’zimiz va oilalarimizga yordam berish uchun, balki muhtojlar va yetimlarga ehson qilish uchun ham qo’limizni cho’zaylik, shuning bilan birga pulni sevishdan qalblarimizni o’zing asra.
Ya Alloh! Sen bizga eng oliy mukofot –butun atrofni ko’rib shohid bo’lish va seni tanishdek mukofotni berding. Yaxshi amallarimiz sening jannat bog’inga kirish uchun yetarli bo’lmaydi, sendan rahm shafqat so’raymiz, sen eng rahmdil zotsan.
Do'stlaringiz bilan baham: |