Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun
-BOB. MAKKAJO`XORINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KIMYOVIY KURASH CHORALARI
Download 1 Mb.
|
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1 11111111111111111111111
4-BOB. MAKKAJO`XORINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KIMYOVIY KURASH CHORALARI
4.1. Eng muhim zararkunandalar va ularga qarshi kimyoviy kurash O`zbekistonda makkajo`xoriga zararli hasharot va kanalarning 70 dan ziyod turi tushishi aniqlangan. Bularning asosiylari - kuzgi tunlam, g’o`za tunlami, leukani tunlami, karadrina, g’allasimonlar biti, o`rgimchakkanalar; yangi o`zlashtirilgan erlarda xumkalla qo`ng’izlar, g’alla buzoqbosh qo`ng’izi, chigirtkalar, shuningdek simqurtlar va tuproqda yashovchi boshqa zararkunandalar eng ko`p tarqalgan bo`lib, ko`p zarar keltiradi. Bahor mavsumida kemiruvchi tunlam, simqurt, maysa chivini, quyruqli buzoqbosh va qo`ng’iz lichinkalari, yangidan ishga solinayotgan erlarda esa xumkalla qo`ng’izlar ham maysalarni zararlaydi. Makkajo`xori 7-9 ta barg chiqarganda karadrina, leukan tunlami, g’alla burgasi va p’yavitsa, shilliq qurt ro`vak chiqargan davrda makkajo`xori kapalagi, tunlam, o`rgimchakkana, trips va o`simlik qandalalari katta zarar keltiradi. Makkajo`xori meva hosil kilayotgan davrda, unga g’o`za tunlami (ko`sak qurti) ham qattiq shikast etkazadi. Kuzgi tunlam (ko`k qurt) - Agrotis segetum Schiff. Makkajo`xorining eng ko`p tarqalgan va xavfli zararkunandalaridan hisoblanadi. Kuzgi tunlam (ko`k qurt) makkajo`xorining o`simtalaridan tortib to 7-9 ta barg chiqarguncha zararlaydi, u bahorgi va yozgi (takroriy) makkajo`xoriga ham tushaveradi. O`zbekistonda kuzgi tunlamdan mayda ekilgan makkajo`xorining 7-42% va iyulnikidan 20-21% gacha zararlanadi. Ekinlarga kuzgi tunlam tushganini daladagi so`ligan makkajo`xorilarga qarab aniqlash mumkin. Bunday o`simliklarning yonida tuproq ichida halqasimon buralib yotgan xiyla yirik (5 sm gacha boradigan) qoramtir kul rang tusli yaltiroq qurtlarni topish mumkin. Qurtlar dastlab o`simtalarni zararlaydi, buning natijasida maysa barglarida simmetrik ravishda joylashgan teshiklar paydo bo`ladi. 3- rasm. Kuzgi tunlam (ko`k qurt) zararlagan o`simlik. Bu qurtlar keyinchalik tuproq yuzasidagi poyalarni kemirib tashlaydi va o`simlikni nobud qiladi yoki ildiz bo`g’zini kemirib, katta teshiklar hosil qiladi. Zararlangan o`simliklarning markaziy qismi quriydi va barg qo`ltiqlaridan osonlik bilan sug’iriladigan bo`lib qoladi (3-rasm). Kuzgi tunlam kapalagi kul rang tusda bo`lib, qanoti yozilganda 40 mm keladi. Old qanotlari qoramtir-kulrang bo`lib, unda ko`ndalang to`lqinli chiziqlar va buyraksimon, yumaloq hamda o`qsimon dog’lar bo`ladi. Keyingi qanotlarining rangi ochroq. erkak kapalakning murtchalari taroqsimon, urg’ochilariniki tikansimon bo`ladi. Hasharot katta yoshdagi qurt davrida tuproq ichida qishlab chiqadi. Qurtlari erta ko`klamda g’umbaklanadi, aprel’ oyida esa ulardan birinchi bo`g’in kapalaklari chiqadida, ko`p vaqt o`tmay tuxum qo`yishga kirishadi. Tuxumlarini qo`ypechak, otquloq-zupturum, yovvoyi tojixo`roz kabi begona o`t barglarining orqa tomonlariga qo`yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar dastlab barg to`qimalari bilan oziqlanadi, ikkinchi yoshiga o`tganda tuproqqa kiradi va kechalari o`simliklarning ildiz bo`g’izlarini kemiradi. O`zbekistonda kuzgi tunlam bir mavsumda uch bo`g’in beradi. Qo`sh qanotli hasharotlar (Salmacia bimaculata Wiedemcilipeda Rnd.); Tachina rohdendorfi Zim.; Peletieria nigricornis Meig, Wagneria nigrans Mg. va parda qanotlilar (Limneria xanthastoma Grav; Enicospilus rossicus Kok; Microplitis spectabilis Hgl., Microplitis sp., Apanteles congesticius Tobias sp. n; Rhogas geniculator Nees; Rhogas dimidiatus Nees; Amicroplus colliris Spin, Ctenichneumon panzeri Wesm.). O`zbekistonda ko`p uchraydi, bu hasharotlar kuzgi tunlamda tekinxo`rlik qilib, ularni kamaytirishda birmuncha rol’ o`ynaydi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling