Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun


-BOB. MAKKAJO`XORILARNING NAVLARI VA ULARNI BOTANIK TASNIFI


Download 1.07 Mb.
bet5/14
Sana14.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1197347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1

3-BOB. MAKKAJO`XORILARNING NAVLARI VA ULARNI BOTANIK TASNIFI
Makkajo`xori eng qimmatli va juda hosildor ekindir. Undan har xil maqsadlarda: mollar uchun ozuqa, ovqatga ishlatiladigan masalliq va texnik yo`l bilan qayta ishlanadigan xom ashyo tariqasida foydalaniladi.
Makkajo`xori em-xashak ekinlarga nisbatan (qand lavlagidan tashqari) har gektar erdan eng ko`p miqdorda xashak beradi. Mollarga berish uchun sut-mum pishiqligi davrida so`talari bilan birga o`rib olingan makkajo`xori poyalaridan tayyorlangan silosdan hammadan ko`p foydalaniladi. 1 kg miqdordagi ana shunday silosda 0,20—0,25 ozuqa birligi va 14—18g miqdorida singiydigan oqsil bo`ladi. Sut-mum pishiqligi davrida so`tasi bilan o`rib olingan makkajo`xori ko`k massasini quritib va qayta ishlab tayyorlangan makkajo`xori unida 11,4 % miqdorida singiydigan oqsil bo`ladi. 1 kg unda 0,8 ozuqa birligi va 30 mg karotin bor. Makkajo`xori unidan granular, ko`k massasidan esa senaj tayyorlanadi. Quruq makkajo`xori donidan yaxlitligicha va yanchilgan holda yoki un ko`rinishida hamma turdagi hayvonlarga berish uchun keng foydalaniladi. Ozuqalik qimmati jihatidan makkajo`xori doni donli ekinlar ichida eng yaxshisi deb hisoblanadi va omixta ozuqa tayyorlash sanoatida undan keng foydalaniladi. 1 kg makkajo`xori unida 1,34 ozuqa birligi bo`lsa, 1 kg sulida—1, arpada—1,25, javdarda—1,18 ozuqa birligi bo`ladi. Oziq-ovqat sanoatida makkajo`xori donini qayta ishlashda kepak, pivo achitqisi, barda, kunjara holidagi chiqindilar ham mollarga ozuqa uchun ishlatiladi. Makkajo`xori poyasi ozuqalik qimmati jihatidan boshqa don ekinlari poxolidan ustun turadi. Uni sershira ozuqalar bilan birga siloslash uchun ishlatiladi yoki maydalab, mollarga beriladi. So`talarini ham maydalab lavlagi va don kontsentratlari bilan aralashtirib mollarga beriladi. 1 kg so`tada 0,35 ozuqa birligi bo`ladi.
Gullamasidan ilgari o`rib olingan makkajo`xori a`lo sifatli yashil ozuqadir. Makkajo`xori donida 9—12% oqsil, 4—8% yog’ va 65—70% uglevodlar bor. Makkajo`xori mo`rtagida 40% gacha moy bo`ladi. SHuning uchun u ovqat tayyorlashda ishlatiladigan qimmatli ekin bo`lib hisoblanadi. Donidan un, yorma, bodroq va boshqa oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Makkajo`xori moyi va qaynatilgan yoki konservalangan makkajo`xori so`talari ovqatga ko`p ishlatiladi. Makkajo`xori doni, poyasi, so`tasidan sanoatda qayta ishlash yo`li bilan xilma-xil mahsulotlar: kraxmal, shinni, sharbatlar, fitin, qog’oz, karton va boshqalar, hammasi bo`lib 200 xildan ortiq turli-tuman mahsulot va masalliqlar olinadi.
Makkajo`xori chopiq qilinadigan va dalalarni begona o`tlardan tozalaydigan ekin bo`lib, ko`pgina ekinlar, jumladan g’o`za uchun qimmatli o`tmishdoshdir. Sug’oriladigan erlarda makkajo`xori dukkakli-don ekinlari bilan aralash eqish, shuningdek beda, qand lavlagi, ozuqabop lavlagi bilan birgalikda eqish uchun eng yaxshi ekin bo`lib hisoblanadi. Sug’oriladigan erlarda hammadan serhosil ekin bo`lib, kasalliklar va zararkunandalarga ko`p berilmaydi, yotib qolmaydi, etilganida to`qilib ketmaydi.
Makkajo`xori eqishning deyarli hamma jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan. Makkajo`xori O`rta Osiyoning hamma rayonlaridagi sug’oriladigan erlarda ham, lalmikor erlarda ham eqiladi. Lalmikorlikda faqat bahorda, sug’oriladigan erlarda bahor, yoz va kuz davrlarida eqiladi. ekin maydonlari va butun jahonda ishlab chiqariladigan yalpi mahsuloti jihatidan makkajo`xori bug’doy bilan sholidan keyin uchinchi o`rinda turadi.
Makkajo`xori nihoyat darajada ko`p silos beradi. O`rta Osiyoning ilg’or xo`jaliklarida sut-mum pishiqligi davrida so`tasi bilan o`rilgan makkajo`xoridan gektariga 500 dan to 700—1000 ts gacha ko`k massa hosili olinadi.
Makkajo`xori eng qadimgi madaniy o`simlikdir. Vatani Markaziy va Janubiy Amerika. Makkajo`xori g’alladoshlar oilasining avlodiga mansub bir yillik o`tsimon o`simliklar qatoriga kiradi. Ildiz sistemasi popuk ildizlardan bo`lib, kuchli o`sadi, 2-4 m gacha chuqurlikka kiradi va 1 — 1,2 m atrofida har tomonga tarqalib boradi. Ildizlarining asosiy qismi tuproqning 30-40 sm li ustki qatlamidan joy oladi. Qator oralarida makkajo`xori ildizlari o`sib borgan sayin er yuzasiga tobora ko`tarilib boradi va qator oralariga chuqur ishlov berishda zararlanishi mumkin.
Sug’oriladigan sharoitlarda zararlangan makkajo`xori ildizlari osonlikcha asliga keladi. Poyasining er ustida joylashgan pastki bo`g’imlaridan havoda qoladigan qo`shimcha ildizlar yoki tayanch ildizlari o`sib chiqadi (1-rasm). Poyasining bo`yi 0,5 m dan 6,0 m gacha boradi. U tik o`sadigan, tsilindrsimon, parenxima bilan to`lgan bo`ladi.
Makkajo`xorining ko`p poya chiqaradigan navlari bor. Sug’oriladigan erlarda poyasining bo`yi o`rtacha kechpishar xillarida 4-6 m ga va o`rtapishar xillarida 2,5 m dan 3,5 m gacha boradi. Poyasining er ustidagi bo`g’imlarining soni: kechpishar xillarida 23-24 ta, tezpishar xillarida 10-11 ta bo`ladi. Barglari yirik, nashtarsimon, har qaysi bo`g’imidan bittadan chiqadi. Tezpishar navlari poyasida 10-11 ta, o`rtapishar navlarida 12-15 ta va kechpishar navlarida 20-24 ta barg bo`ladi.


Makkajo`xori ayrim jinsli, bir uyli o`simlikdir. Poyasining uchida erkak (changchi) gullardan iborat ro`vak to`pgul bo`ladi, poyasining o`rta qismidagi barg qo`ltiqlaridan esa odatda bittadan, goho ikkitadan so`ta chiqadi (2-rasm). Mamlakatimizda hozir har qaysi poyasida 4-5 va bundan ko`ra ko`proq so`ta bo`ladigan makkajo`xori navlari etishtirib chiqarilgan.
Bitta ro`vagi 20 mingtacha chang donalarini beradi. So`tasi etdor o`zakdan iborat bo`lib, uning chuqurchalarida ikkitadan urg’ochi (urug’chi) gul chiqaradigan boshoqchalar juft-juft bo`lib joy oladi, gullarining faqat bittasi don tugadi. So`tasini shaklan o`zgargan barglar qoplami o`rab turadi.
Gullash vaqtida urug’chi gullarining tumshuqchali ustunchalari so`tasining uchida bir tutam popuksimon o`rami chiqib turadi. Gullash vaqtida ana shu tumshuqchalarga chetdan makkajo`xori changi tushib, gullar changlanadi, ya`ni urug’lanadi. Gullash usuliga ko`ra makkajo`xori chetdan changlanadigan o`simliklar jumlasiga kiradi. Mevasi dumaloq, tuxumsimon yoki tishsimon shaklda, oq yoki sariq rangdagi don. Donining ichida har xil nisbatdagi unsimon (kraxmalli) va shoxsimon (shaffof) qatlamlari bor. 1000 ta donining og’irligi 100 g dan 500 g gacha boradi, o`rtacha 250-300 g bo`ladi.
Biologik xususiyatlari, kenja turlari, duragaylari, navlari. Makkajo`xori yashash sharoitlariga juda yaxshi moslashadigan o`simlikdir. Makkajo`xoriga geterozis hodisasining xosligi, ya`ni ikki navi, xili va duragaylarini chatishtirish natijasida olinadigan avlodining ancha kuchli o`sish va yaxshi yashab ketishga qodir bo`lishi uning qimmatli xossalari jumlasiga kiradi. Geterozis asosida olimlar tomonidan hosildorligi va boshqa belgilari jihatidan keskin ajralib turadigan makkajo`xori duragaylari etishtirilgan.

2-rasm. Makkajo`xori: 1- unib chiqish, 2 - gullash davri, 3-otalik gullari: a - umumiy ko`rinishi, b - boshoqcha; 4 – onalik guli: a - umumiy ko`rinishi, b - boshoqcha

Makkajo`xori ancha issiqsevar o`simlikdir. Urug’lari 7-8 S issiqlikda unib chiqa boshlaydi, lekin tuproqning urug’ qadaladigan chuqurligidagi haroratning 10-12°S bo`lishi urug’larining unib chiqishi uchun juda qulay bo`lib hisoblanadi. Maysalari 2-3°S sovuqqa bardosh beradi. Harorat - 3 dan past bo`lganida voyaga etgan o`simliklar odatda halok bo`ladi. Harorat 23-25° issiq bo`lgan paytda makkajo`xori tez o`sadi. Vegetatsiya davri makkajo`xorining navi, qaysi rayonda o`stirilayotgani va eqish muddatlariga qarab 90-160 kunni tashkil etadi. YOzda ekilganida birmuncha yuqori harorat va ancha qisqa kun ta`siri tufayli vegetatsiya davri 15-26 kunga qisqaradi.


Makkajo`xori namni ancha tejab sarflaydi, uning transpiratsiya koeffitsienti 230-370 atrofida (bug’doyda 415). Biroq, maydon birligiga nisbatan olganda u boshqa don ekinlariga qaraganda namni ko`proq iste`mol qiladi, chunki ancha ko`p vegetativ massa to`playdi va yuqori hosil beradi.
Makkajo`xori namga juda sezgirdir. Gullashiga 10 kuncha qolganida va gullab bo`lganidan keyin 20 kun o`tguncha namga juda talabchan bo`lib turadi. Namga bo`lgan talabi jihatidan mana shu 30 kun ancha qaltis davr bo`lib hisoblanadi. Mum pishiqligigachada davom etadigan don to`lishuvi davrida ham makkajo`xori namga talabchan bo`ladi.
Makkajo`xori maydonida eng yuqori tuproq namligi dala nam sig’imining 65-75% igacha miqdorda saqlanib turishi kerak.
Makkajo`xori yorug’liksevar, qisqa kun o`simligidir, yorug’ kuz uzunligi 12-14 soat bo`lganida yaxshi o`sadi. Sho`r bosgan, botqoqlangan va nordon tuproqli erlarni hisobga olmaganda har qanday erlarda ham o`saveradi. Tuzga uncha chidamli emas, tuproqdagi xlorning ko`p deganda 0,01-0,15% miqdorda bo`lishiga bardosh beradi.
Donining shakli, kimyoviy tarkibi va ichki tuzilishiga qarab makkajo`xorining 8 ta kenja turi tafovut qilinadi: tishsimon, kremniysimon, kraxmalli, shirin, bodroqlanadigan, mumsimon, kraxmalli qandli va pardali makkajo`xori. N. I. Kuleshov yana to`qqizinchi kenja turni – tishsimon kremniysimon makkajo`xorini ajratadi.
Makkajo`xorining xillari juda turli-tuman bo`lib, 10 mingdan ortiq nav va duragaylari bor. O`rta Osiyoda makkajo`xorining don va silos olish uchun foydalaniladigan quyidagi nav va duragaylari rayonlashtirilgan: kechpisharlari - "Uzbekskaya zubovidnaya", "Uzbekskaya"- 100, "Kremnistaya" - UzROS, VIR-156 TB, "Krasnodarskiy"-5 TV; o`rtapisharlari - 338TVduragay; o`rtacha tezpishari - "Krasnodarskaya"-1/49. Sut-mum pishiqligida o`rib, ko`k massasidan yuqori hosil olish uchun poyasi baland bo`lib o`sadigan va ko`p barg chiqaradigan navlar: "Uzbekskaya zubovidnaya" va "Uzbekskaya"-100 navlaridan foydalanish ma`qul.
Bugungi kunda O`zbekistonda qo`yidagi makkajo`xori navlari va duragaylar ko`plab ekilmoqda. Bular kasallik va qurg’oqchilikka chidamli va tezpisharligi bilan ajralib turadi.
Makkajo`xorining NS 205 navi: ertapishar duragay - 80 kun. Quruq don hosildorligi 10t\ga dan ortik. Qurg’okchilik va kasalliklarga o`ta chidamli. 1000 dona urug massasi 300 g. eqish normasi 60-70 ming dona \ ga.
Makkajo`xorining NS 3014 navi: ertapishar duragay - 110 kun. Quruq don hosildorligi 12t\ga dan ortiq. Qurg’oqchilik va kasalliklarga o`ta chidamli. 1000 dona urug’ massasi 400 g. eqish norma si 50-65 ming dona \ ra.
NS6030 navi: O`rta-kechpishar duragay 125 - 130 kunli. Quruk don hosildorligi 15t\ga dan ortiq. Silos 70 tonna. Qurg’okchilik va kasalliklarga o`ta chidamli. 1000 dona urug massasi 400 gr. eqish normasi 50-60 ming dona \ ga.
ZENIT: Kechpishar duragay 130-135 kunli. Quruq don hosildorligi 15t\ga dan ortiq. Silos 70 tonna. Qurgoqchilik va kasalliklarga o`ta chidamli. 1000 dona urug’ massasi 390 gr. eqish normasi 50-57 ming dona\ ga.
HC 205-FAO 240. Erta pishar oddiy gibrid, 75-80 kunda etiladi. Boshoqli ekinlardan so`ng don va silos uchun eqishga yarokli. Hosildorligi: quruq doni 10t/ga.dan ortiq. Silos massasi 50 t/ga.dan ortiq. Qurg’oqchilikka chidamli. Poyasi: elastik 270 sm, yiqilish va sinishga chidamli. Hosil belgilari: So`tasi tsilindr shaklida. Donlar katorining soni 16-18, sariq-qizg’ish rangda. Doni tishsimon. 1000 dona urug’ og’irligi 300 gr.
NS 3014-FAO 360. erta-o`rtapishar gibrid, 110 kunda etiladi. Boshokli ekinlardan so`ng don va silos uchun eqishga yarokli. Turli sharoitlarda etishtirishga moslashuvchan. Hosildorligi: kuruk doni 13-14 t/ga.dan ortiq. Silos massasi 55 t/ga.dan ortik. Qurg’oqchilikka chidamli. Makkajo`xorining asosiy kasalliklariga chidamliligi yuqori: Ustilago maydis, Helminthosporium spp. i Fusarium spp. Poyasi: baquvvat va elastik, balandligi o`rtachadan yuqori, yiqilishga chidamli. Doilar to`lik etilganida xam barglari yashil rangda saqlanadi. Hosil belgilari: So`tasi nimkonus shaklida bo`lib, uzunligi 25 sm. Donlar katorining soni 14, sariq-kizg’ish rangda. Doni tishsimon. 1000 dona urug’ og’irdigi 400 g.
NS 6030-FAO 600 - O`rta-kechpishar gibrid, 125 kunda etiladi. don va silos uchun eqishga yaroqli. Gibridning qurg’oqchilik hamda barg, poya va so`ta kasalliklarini ko`zg’atuvchilariga,chidamliligi yuqori. Hosildorligi: quruq doni 15 t/ga.dan ortiq. Silos massasi 70t/ga.dan ortik.
"Sherzod" sabzavotbop makkajo`xorining navi. Samarqand qishloq xo`jaligi instituti va O`zbekiston o`simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan va 2005 yilda Davlat reestriga kiritilgan.
Nav tezpishar bo`lib, o`suv davri 73-75 kunni tashkil etadi. O`simlik bo`yi 150-170 sm, yotib qolishga va puffakli qorakuya kasalligiga chidamli hisoblanadi. Nav tuplanuvchan xususiyatga ega bo`lib, 34 tagacha yon poya hosil qiluvchan, ko`p so`tali. So`taning o`rtacha vazni 120-200 g. Doni yirik, 1000 ta don vazni 220-350 g. Donida 48 % qand, 1215 % kraxmal, 3 % protein va 1 % moy moddalari mavjud. Nav asosiy va takroriy ekin sifatida etishtirilishi mumkin.
O`simlikning ko`k massasi chorva mollari uchun to`yimli va qimmatli ozuqa hisoblanadi. Nav agrotexnikasi. Qandli makkajo`xori issiqsevar o`simlik bo`lib, harorat 10°S bo`lganda unib chiqa boshlaydi. O`simlik o`suvi va rivoji uchun harorat 25-35°S bo`lmog’i lozim.
Qandli makkajo`xorini bahorda aprel - may oylarida va takroriy ekin sifatida iyun’ oyining ikkinchi yarimi va iyul oyining birinchi yarimida eqish mumkin. Urug’larni quruq yoki ivitilgan holda (yozgi muddatda) eqish tavsiya etiladi. eqish sxemasi 60 x 60 sm yoki 70 x 70 sm bo`lib, har bir uyaga 2-3 urug’ qadaladi.
Xulosa qilib aytganda, makkajo`xori o`simligi xom-oshyo, em-xashak va boshqa maqsadlarda keng foydalanadigan O`zbekiston sharoitiga mos keladigan texnika ekini hisoblanadi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling