biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
Silurus glanis Linnaeus- laqqa
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
Silurus glanis Linnaeus- laqqa
Respublikamizning suv xavzalarida laqqa baliq keng tarqalgan. Tanasida tangachalari bo'lmaydi, bo'yiga cho'ziq. Orqa suzgich qanotlari kichkina. Og'zi uchli. Pastki jagi ustkisiga qaraganda uzun. Tishlari jag' suyaklari bilan dimog' suyagiga joylashgan. Mo'ylovlari uch juft: bir jufti yuqori jag'ida, ikki jufti pastki jag'ida. Rangi o'zgaruvchan. Ust tomoni zangori-yashil tusda bo'lib, ost tomoni oqdir. Ikki yonida noto'gri joylashgan xollari bor. Suzgich qanotlari to'q, tusli, juft-juft, o'rtasida sarg’ish dog’lari bo'ladi. Ko'z pardasi sarg’ish, qora xollari bor. Tanasining o'zunligi 5 m gacha, massasi esa 400 kg gacha boradi. O'zbekistonda Orol dengizi sohillarida, ko'llarda va daryolarning o'zanlarida yashaydi. Ko'pchilik hollarda suvlarning tinch oqadigan aylanmalarida va chuqur joylarda bo'ladi. Laqqa baliklar asosan mayda baliklar bilan oziqlanadi. Yosh baliqlari hasharotlar, shu jumladan quruklikda yashovchi hasharotlar bilan oziqlanadi. Laqqa baliklar oshqozonida ko'pincha chigirtkalar ham uchratilgan. Laqqa baliq vaqti kelganda kaltakesak, suvilon va sut emizuvchi mayda jonivorlar (kemiruvchilar)ni ham yutib yuboradi. Ayrim hollarda parrandalarni ham yutib yuborgan. Bu haqda «Pravda Vostoka» gazetasining bir sonida bayon etilgan. Laqqa baliq Chinoz atroflarida va Amudaryo etaklarida iyun oyida uvildiriq tashlaydi. Uning uvildiriq tashlash joyi daryoning Chinoz atrofidagi kamar hisoblanadi. Serpushtligi urg'ochisining kattaligiga bog'liq. (136-467 mingtagacha uvildiriq tashlashi mumkin.) Uvildiriqlarining diametri o'rta hisobda 3 mm ni tashkil etadi. Laqqa baliklar to'rt yoshligida jinsiy voyaga yetadi. Orol dengizida laqqa baliklar yiliga 9 ming sentiergacha ovlanadi. Respublikaning ichki suv xavzalarida laqqa baliq sazandan keyin asosiy ovlanadigan baliqlardan hisoblanadi. Daryolarda laqqa baliq suvda suzib yuradigan to'rlar, yoyma to'r va venterlar hamda ko'pincha qarmoqlar bilan tutiladi. Qarmoq odatda pishq ipdan besh ilgakli qilib tayyorlanadi. Qarmoqqa baka yoki tirik baliq ilib ko'yiladi (buning uchun kichik sazan baliqni ilb qo'yilgani ma'qul, chunki bu baliqchalar hadeganda no-bud bo'lmaydi). Qarmoqda ilish uchun kichik sazan balig'i topilmasa, boshqa baliqlardan ham foydalanish mumkin. Oddiy qarmoqqa ogirligi 400 g gacha keladigan sazan baliqlarni yoki bakalar ilib qo'yiladi. Qarmoqlar suvning aylanib oqadigan kamarlariga tashlanib, chizimchaning bir uchi suv yoqasidagi qoziqqa yoki daraxtlar ildiziga mahkam qilib bog'lab ko'yiladi. Laqqa baliq ko'pincha kechasi oziklanadi, shu sababli qarmoqlar kechkurun tashlab qo’yilib, ular tunda yoki erta bilan barvaqt ko'zdan kechiriladi. Qarmoq suvning sharsharasiga tashlab qo'yilsa, yanada maqsadga muvofiqdir. Bulardan tashqari, laqqa baliq tushishi uchun qarmoqlarni suvning aylanmalariga, chuqur joylariga va katta to'nkalar atrofiga ham tashlab qo'yish mumkin. Viloyatimizning suv havzalarida keng tarqalgan. Tanasida tangachalari bo'lmaydi. Orqa suzgich qanotlari kichkina, og'zi uyli, pastki jag'i suyaklari bilan dimog' suyagiga joylashgan. Ko'z pardasi sarg'ish, qora qo'llari bor, tanasining uzunligi 5 m gacha massasi esa 300 g gacha boradi. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling