biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Qoradaryo suv havzasining xarakterli baliqlari


Download 460.17 Kb.
bet28/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
123 (3)

4.2. Qoradaryo suv havzasining xarakterli baliqlari
Farg'ona vodiysi tog'lar bilan chegaralangan xudud hisoblanib, suv havzalarida baliqlar turlarini shakllanishi, asosan Sirdaryo va uning irmoqlari Norin, Qoradaryo, soylar, kanallar, hamda suv omborlar bilan bog'liq. Hayvonlarning tarqalishiga g'ov bo'luvchi to'siqlarni shartli ravishda bizning sharoitda ham, fizik va ekologik guruhlarga ajratish mumkin. Fizikaviy to'siqlarga quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun suvlik xududlarini Amudaryo va Sirdaryoni misol qilish mumkin, suv hayvonlari uchun esa, chegara-to'siq vazifasini quruqlik xududlari bajaradi. Turlar va kenja turlarni shakllanishida yuqoridagi geografik alohidalanishlarni ahamiyati katta.
Tabiiy sharoitda zooplankton va fitoplankton baliq chavoqlarini rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Mayda baliqlarning hayoti ular bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lib, chavoqlar soni ozuqa manbaiga qarab o'zgarib turadi.
Ta'kidlash lozimki, Qoradaryo bilan bog'liq barcha suv havzalarda zooplankton va fitoplankton keng tarqalgan bo'lib, qorin oyoqli mollyuskalar, ninachilar nimfalari, qizil chuvalchanglar, gidralar, ikki qanotlilar lichinkalari, suv chayonlari va qo'ng'izlari, dafniya, sikloplar zooplanktonning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Fitoplankton, suv o'tlarning ustki va ostki vegetatsiya qismlari hisoblanib, chuchuk suvlarda tarqalgan ulotriks, spirogira, kladofora, hara kabilar o'txo'r baliqlar hayotida katta rol o'ynaydi. Barcha suv o'tlar produtsentlar guruhini tashkil etib, zooplankton bilan birga, o'zaro bog'liq baliqlar hayotida muhim rol o'ynovchi oziq zanjirini shakllantiradi [2,6].
Hayvonlarning tarqalishiga g'ov bo'luvchi to'siqlarni shartli ravishda bizning sharoitda ham, fizik va ekologik guruhlarga ajratish mumkin. Fizikaviy to'siqlarga quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun suvlik xududlarini Amudaryo va Sirdaryoni misol qilish mumkin, suv hayvonlari uchun esa, chegara-to'siq vazifasini quruqlik xududlari bajaradi.
Qoradaryo suv havzasining xarakterli baliqlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

2-jadval

Turlar




Pseudoscaphirhynchus fedtchenkoi KessllerSirdaryo kurakburuni yoki filbo’yin

Nodir butunlay yo'q bo'lib ketish arafasida turgan tur hisoblanadi. Ilmiy manbalarda Farg'onadan tortib, Sirdaryoning to quyi oqimigacha tarqalgan degan ma'lumotlar uchrab, Qoradaryoning quyi oqimlarida (Baltabaev, 1971) tomonidan yig'ilgan kollektsiyalarda 1 ekz. mavjud bo'lib, u hozirda qotirilgan xolatda saqlanmoqda. Sirdaryo kurakburuni daryoning sekin oqadigan chuqurligi 1-1,5 m tubi qumli sokin joylarini xush ko'ruvchi baliq bo'lib, uvildiriqlar sonini kamligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi davrga kelib, urchiydigan joylarni kamayishi, daryo tubini loyqalanishi va suvning kimyoviy tarkibini o'zgarishi, ular sonini keskin kamayib ketishiga olib keldi.

Cyprinus carpio Linnaeus- zog’ora baliq(sazan)

Nisbatan keng tarqalgan tur hisoblanib, suv oqimining barcha joylarida tarqalgan, 3-4 yoshida jinsiy voyaga yetadi, uvildiriqlar soni bir mavsumda 1,5-2 millionni tashkil etib, ularni rivojlanib yetilishi uchun shart-sharoit yaratilishi lozim(ekran to'rlar bilan ovlashni taqiqlab, ov muddatlarini keskin kamaytirish zarur)

Ctenopharyngodon idella(Vallencainnes) – oq amur

Iqlimlashtirilgan tur, ov ahamiyatiga ega,sun'iy sharoitlarda ko'paytirilmoqda.

Hypophthalmichthys molitrix (Vallencainnes ) – do’ngpeshona baliq

Iqlimlashtirilgan tur, ov ahamiyatiga ega, sun'iy sharoitlarda ko'paytirilmoqda.

Gobio gobio lepidolaemus Kessler– qumbaliq

Nisbatan keng tarqalgan, asosan zoo va fitoplankton bilan oziqlanadi, ov ahamiyatiga ega emas.

Barbus capito conocephalus Kessler- Тurkiston mo’ylov balig’i

Irmoqlar quyilayotgan joylada, botqoqliklarga tutash bo'lgan suv havzalarda, asosan o'zanlarda tarqalib, hozirda soni kamayib bormoqda.

Silurus glanis Linnaeus- laqqa

Issiqsevar chuchuk suv balig'i, 3-4 yoshida jinsiy voyaga yetadi, asosan mayda baliqlar, kemiruvchilar, suv ilonlar,qisqichbaqasimonlar,hasharotlar, amfibiyalar bilan oziqlanib, yirtqichlik bilan hayot kechiradi, rejasiz ovlash tufayli soni kamayib bormoqda.

Diptychus dubowskii Kesslleryalangbaliq

Sovuq suvli havzalarni, buloq suvlarini egallagan bo'lib, tanasining yon tomonlarida,
orqasida qo'ng'ir dog'larni bo'lishligi bilan ajralib turadi, soni kam.

Schizothorax intermedius Mc Clelland- оddiy qorabaliq

Yuqori oqimda, buloqlarda, tez oqar irmoqlarda tarqalgan

Carassius auratus gibelio Block-kumushrang tovonbaliq

Qoradaryo va Sirdaryoning barcha irmoqlarini egallagan

Gambusia affinis holbrooki Girard - gambuziya

Iqlimlashtirilgan tur, keng tarqalish xususiyatiga ega. Barcha suv havzalarda tarqalgan

Ophyocephalus argus Cantor- ilonbosh

Iqlimlashtirilgan tur, ov ahamiyatiga ega, sun'iy sharoitlarda ko'paytirilmoqda

Lucioperca lucioperca Linnaeus- oq sla

Yuqori va o’rta oqimda uchraydi ov ahamiyatiga ega

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Farg'ona vodiysi sharoitida, jumladan Qoradaryo suv havzasi baliqlari, asosan suyak-tog'aylilar, karpsimonlar, olabug'asimonlar va tikanbaliqsimonlar vakillariga to'g'ri kelishligi o'rganilib, ulardan karpsimonlar vakillarini nisbatan keng tarqalganligi qayd etildi. Qayd etish lozimki, Farg'ona vodiysi sharoitida suv oqimlari bo'ylab, baliqlar urchiydigan joylarni yildan-yilga kamayib borishi, daryo tubini loyqalanishi, shuningdek suvning kimyoviy tarkibini o'zgarishi, ayniqsa sun'iy to'siqlar tufayli, migratsiya paytida baliqlarni yuqori irmoqlarga ko'tarila olmasligi turlar sonini keskin kamayishga olib kelishi mumkin.



Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling