biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Gavdasining umumiy uzunligi (1)


Download 460.17 Kb.
bet24/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Gavdasining umumiy uzunligi (1) – tumshug‘ining eng oldingi nuqtasidan dum suzgichining uchigacha bo‘lgan masofa; agarda dumining pastki suzgichi uzunroq bo‘lsa, baliqning uzunligini aniqlashda uning oxirgi nuqtasidan yuqoriga vertikal chiziq bo‘ylab aniqlangan nuqtasidan foydalaniladi.
Gavda uzunligi (1) – tumshug‘ining eng oldingi nuqtasidan tananing tangachalar bilan qoplangan oxirgi nuqtasigacha bo‘lgan oraliq.
Bosh uzunligi (S) – tumshug‘ining oldingi nuqtasidan jabra qopqog‘ining oxirgi qirrasigacha bo‘lgan oraliq.
Gavda balandligi (N) – orqaning eng yuqorigi nuqtasidan (orqa suzgichining oldidan) qorinning eng pastki nuqtasigacha bo‘lgan oraliq.
Gavda aylanasi (O) – orqa suzgichning oldingi qismida tananing butun aylanasi.
Ushbu tana o‘lchamlari baliqlarning kattakichikligi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Bundan tashqari baliqlarning eksteryerini baholash uchun olingan tana o‘lchamlari asosida ularning quyidagi tana indekslari hisoblanadi.
Qoradaryo bilan bog'liq barcha suv havzalarda zooplankton va fitoplankton keng tarqalgan bo'lib, qorin oyoqli mollyuskalar, ninachilar nimfalari, qizil chuvalchanglar, gidralar, ikki qanotlilar lichinkalari, suv chayonlari va qo'ng'izlari, dafniya, sikloplar zooplanktonning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Mayda baliqlarning hayoti zooplankton bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lib, ayniqsa baliq chavoqlarining soni ozuqa manbaiga qarab o'zgarib turadi [1,2,6,8,9 ]. Fitoplankton, suv o'tlarning ustki va ostki vegetatsiya qismlari, o'txo'r baliqlar hayotida katta rol` o'ynaydi. Ulardan ulotriks, spirogira, kladofora, hara kabilar chuchuk suvlarda keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. Barcha suv o'tlar produtsentlar guruhini tashkil etib, zooplankton bilan birga, o'zaro bog'liq baliqlar hayotida muhim rol` o'ynovchi oziq zanjirini shakllantiradi.

Baliqlarning yoshini aniqlash


Turli baliqlarning yashash muddati turlichadir. Odatda, katta tirik vazngacha o‘sa oladigan baliqlar uzoqroq, kichik baliqlar esa kamroq yashaydilar. Uzoq yashaydigan baliqlar kechroq, kam ya shaydiganlari esa ertaroq jinsiy voyaga yetadi. Beluga, osyotra ka- bi baliqlar 100 yoshgacha, karp, laka, amur kabi baliqlar 30 yil va undan ko‘proq yashaydilar. Uzoq sharq mintaqasidagi suvlarda yashovchi ket, gorbush, chavicha deb nomlanuvchi baliqlar esa ati- gi 2–5 yil yashaydilar xolos.
Baliqlarning yoshini ularning tangachalaridagi yillik halqalar soniga ko‘ra aniqlash mumkin. Bu halqalar qish mavsumida ba- liqlarning o‘sishi to‘xtagan yoki o‘ta sekinlashgandan keyin, suv- ning harorati ko‘tarilib, o‘sishi jadallashgan oraliqda hosil bo‘ladi. Tangachalar tanadan yulib olinib, nashatir spirti bilan yuvilsa, un- dagi yillik halqachalarning ko‘rinishi osonlashadi. Shunday qi- lib, halqachalar qancha bo‘lsa, baliqlar shuncha yoshga kirgan bo‘ladilar.
Tangachalari yoki unda halqachalari bo‘lmagan baliqlarning yoshini suzgich qanotlarining suyaksimon tig‘larini olib, undan mikroton yordamida yupqa qalinlikda kesmalar tayyorlanadi. Bu kesmalarni kselol, benzol yoki toluolda yuvib, mikroskop yoki lupa yordamida ko‘rilganda, yillik halqalarini ko‘rish va sanash mumkin. Ushbu halqalari soniga ko‘ra ham baliqlar yoshini aniqlaydilar.
Hayvonlarning tarqalishiga g'ov bo'luvchi to'siqlarni shartli ravishda bizning sharoitda ham, fizik va ekologik guruhlarga ajratish mumkin. Fizikaviy to'siqlarga quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun suvlik xududlarini Amudaryo va Sirdaryoni misol qilish mumkin, suv hayvonlari uchun esa, chegarao'siq vazifasini quruqlik xududlari bajaradi.
Farg'ona vodiysi ham chegaralangan xudud hisoblanib, suv havzalarida baliqlar turlarini shakllanishi, asosan Sirdaryo va uning irmoqlari Norin, Qoradaryo, soylar, kanallar, hamda suv omborlar bilan bog'liq.


Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling