Biologiya(8001114) Sotish taqiqlanadi!
Download 48.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Biologiya(8001114) - Sotish taqiqlanadi! T-110 BIOLOGIYA 1. Quyidagi organizmlar nechta sinf (a) va nechta turkumga (b) mansub ekanligini aniqlang. 1) temirchak; 2) podalariy; 3) bosh biti; 4) iskaptopar; 5) suluv ninachi; 6) maxaon; 7) qoraqurt; 8) sariq falanga; 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi. A) a - 2; b - 9 B) a - 5; b - 7 C) a - 3; b - 6 D) a - 4; b - 8 2. Gastrulyatsiya jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan organizmlarni aniqlang. 1) qutb meduzasi; 2) salamandra; 3) agama; 4) kvaksha baqasi; 5) suqsun; 6) povituxa qurbaqasi; 7) aktiniya; 8) xameleon. A) 1, 7 B) 5, 8 C) 3, 4 D) 2, 6 3. Bug‘doy (a), temirchak (b), tripanosoma (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) a - produtsent; b - konsument; c - xemotrof organizm B) a - produtsent; b - konsument; c - parazit organizm C) a - konsument; b - geterotrof organizm; c - parazit organizm D) a - xemotrof organizm; b - yirtqich organizm; c - parazit organizm 4. Nazariy jihatdan makkajo‘xorining changdonidagi 60ta diploid to‘plamli hujayradan hosil bo‘lgan spermiylarning 30%i tuxum hujayrani urug‘lanishida ishtirok etgan bo‘lsa, urug‘lanishda ishtirok etgan tuxum hujayralar sonini aniqlang. A) 72 B) 144 C) 36 D) 288 5. Kuydirgi kasalligining qo‘zg‘atuvchisiga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) eukariot organizm; 2) prokariot organizm; 3) lizosomaga ega; 4) mitoz usulida ko‘payadi; 5) mitoxondriyaga ega; 6) geterotrof A) 1, 4 B) 2, 5 C) 3, 5 D) 2, 6 6. Geterotrof (a), xemotrof (b), parazit (c) oziqlanuvchi prokariotlarni aniqlang. A) a - temir bakteriyalari; b - oq po‘panak; c - ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi B) a - tugunak bakteriya; b - ossillatoriya; c - leyshmaniya C) a - jo‘ka; b - temir bakteriyalari; c - qoqshol qo‘zg‘atuvchisi D) a - chirituvchi bakteriya; b - oltingugurt bakteriyalari; c - sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisi 7. Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon tojli ( a) va gomozigota no‘xatsimon tojli ( b) tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilsa yong‘oqsimon tojli tovuqlar hosil bo‘ladi. Retsessiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. AB tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilib 180ta jo‘ja olindi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang. a) avlodda olingan jo‘jalarning genotiplari; b) avlodda olingan oddiy tojli jo‘jalarning soni A) a - AaBb, AAbb, aaBb, aabb, Aabb aaBB; b - 20ta B) a - AaBB, AABb, AAbb, aaBb, aabb, AaBb; b - 40ta C) a - AABB, AaBB, AABb, AaBb, AAbb, Aabb, aaBb, aabb; b - 30ta D) a - AABB, AABb, aabb, AaBb, aaBB, Aabb; b - 60ta 8. Jinsiy X-xromosomaga birikkan retsessiv gen kasalligini aniqlang. A) gemofiliya B) Daun sindromi C) Shershevskiy-Terner sindromi D) Klaynfelter sindromi 9. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishining anafaza bosqichida mutatsiya tufayli ikkinchi va oltinchi xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 11 yoki 7 B) 10 yoki 8 C) 16 yoki 20 D) 22 yoki 14 1 T-110 Download 48.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling