Biologiya(8001114) Sotish taqiqlanadi!
Download 48.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Biologiya(8001114) - Sotish taqiqlanadi!
10. Harakatlantiruvchi (а), stabillashtiruvchi (b), dizruptiv (c) tanlanish turlariga mos misollarni aniqlang. 1) gingko bilobaning o‘zgarmas muhit sharoitida saqlanib qolganligi; 2) shamol ko‘p esadigan orollarda qanotsiz hasharotlarning paydo bo‘lishi; 3) yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli ba’zi bir yirtqich sudralib yuruvchilar o‘zgarishidan dastlabki sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqishi; 4) latimeriyaning o‘zgarmas muhit sharoitida saqlanib qolishi; 5) bir populatsiya doirasida politipik formalarning hosil bo‘lishi A) а - 4; b - 3; c - 5 B) а - 4; b - 2; c - 3 C) а - 5; b - 3; c - 4 D) а - 3; b - 4; c - 5 11. Abiotik omil ta’sirini aniqlang. A) suvning harorati oshganida planariyaning mayda bo‘laklarga bo‘linishi B) chug‘urchuqni dalalardagi hasharotlarni terib yeyishi C) yangi olma navini yaratish D) ko‘l baqasini qo‘ng‘iz, pashsha kabi mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanishi 12. Ko‘krak qafasida joylashgan suyaklarni aniqlang. A) umurtqa va kaftusti suyaklari B) to‘sh va o‘mrov suyaklari C) to‘sh va ko‘krak umurtqalari D) o‘mrov va qovurg‘alar 13. Quyida berilganlardan faqat sharq sauriga (a), faqat saksovulga (b) xos hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlarni aniqlang. 1) endosperm hujayralari triploid; 2) tuxum hujayra arxegoniyda yetiladi; 3) chang hujayrasini hosil qiladi; 4) urug‘i urug‘kurtakdan rivojlanadi; 5) tuxum hujayra murtak xaltada yetiladi; 6) o‘tkazuvchi sistemaga ega; 7) urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi; 8) tugunchadan meva hosil qiladi; 9) urug‘kurtaklari qubbalarda yetiladi. A) a - 3; b - 6; c - 7 B) a - 9; b - 7; c - 8 C) a - 2; b - 5; c - 4 D) a - 9; b - 4; c - 1 14. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Odamda kichik qon aylanish doirasi venalari. . . (1), katta qon aylanish doirasi arteriyalari. . . (2). A) 1 - o‘pkalardan qon olib ketadi; 2 - yurakdan qon olib ketadi B) 1 - yurakka qon olib keladi; 2 - o‘pkalardan qon olib ketadi C) 1 - o‘pkalarga qon olib keladi; 2 - yurakdan qon olib ketadi D) 1 - yurakdan qon olib ketadi; 2 - yurakka qon olib keladi 15. Nuqtalar o‘rniga mos javoblarni tanlang. Selluloza glikogen kabi . . . . 1) polimer molekula; 2) monomeri glukoza; 3) hujayra qobig‘ini hosil qiladi; 4) hayvon hujayralarida zahiralanadi; 5) bir xil monomerlardan tashkil topgan. A) 1, 2, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 5 16. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida energiya almashinuvining glikoliz bosqichida . . . kuzatilmaydi. 1) glukozaning fermentlar ishtirokida kislorod ishtirokisiz parchalanishi; 2) ATFda to‘plangan energiyaning issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiyadan ko‘p bo‘lishi; 3) glikogendan glukozaning hosil bo‘lishi; 4) glukozadan sut kislotasining hosil bo‘lishi. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 2 17. DNKning 127,5 nm li fragmentidan transkripsiyalangan i-RNK asosida 14160 molekular massaga ega oqsil sintezlangan bo‘lsa, i-RNKning qanday uzunlikdagi (nm) qismi translyatsiyada ishtirok etmagan? (Nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm; oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120.) A) 7,14 B) 21,47 C) 3,57 D) 14,28 18. Gulkosachabarglari qo‘shilmagan (a) va qo‘shilgan (b) o‘simliklarni aniqlang. 1) qovun; 2) sholg‘om; 3) o‘sma; 4) garmdori; 5) jag‘-jag‘; 6) qashqarbeda; 7) rediska. A) a - 1, 5; b - 6, 7 B) a - 2, 5; b - 4, 6 C) a - 4, 7; b - 2, 3 D) a - 1, 7; b - 3, 5 2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling