Biologiyada amaliyot va tajriba, nazariyasi.
Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash.
Shunday qilib, ilmiy tadqiqotlar qanday maqsadga qaratilganligi va ilmiy chuqurligi
bo‘yicha uch asosiy turga tasniflanadi: fundamental (nazariy), amaliy va tajriba,
konstruktorlik ishlanmalari. Fundamental va amaliy ITI larning bajarilish jarayoni olti
asosiy bosqichni, tajriba konstruktorlik ishlanmalari esa yetti bosqichni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiqotning barcha turlari joriy etish bilan yakunlanadi. Ilmiy muammo – hal
qilinishi talab etilayotgan nazariy va amaliy masala bo‘lib, usiz ilmiy tadqiqot ishlarini
bajarib bo‘lmaydi.
Texnika yo‘nalishida ilmiy muammolar, ishlab chiqarish texnik vositalari va jarayonlarini u
yoki bu jihatdan ma’lum talablarga javob bermayotganidan energiya va boshqa resurslarni
sarflarining yuqoriligi tufayli yuzaga keladigan va yechimi jamiyat taraqqiyotida zarur
bo‘lgan masalalardan iboratdir. Ilmiy muammolar fanda oldingi erishilgan natijalar orasidan
o‘sib chiqadi.
Biologiyada tabiat, inson, olam, borliq amaliyot yaratilish ko‘plab fundamental,
amaliy va ishlanmalar natijalari bilan bog‘liq bo‘lib, uni o‘rganish va ilmiy tadqiqotlar
jarayonida foydalaniladigan zamonaviy asbob uskunalar turli xil faktorlar ta’sirida ularni
buzilmasdan ishlash muddati balgilangan muddatdan ancha past bo‘lib kelayotgani ularni
ekspluatatsion ishonchliligini oshirish muammosini keltirib chiqaradi. Yuzaga kelgan
ilmiy muammolarni yechimini topishda yangi bilimlar kerak bo‘ladi va bunga esa ilmiy
izlanishlar natijasida erishiladi. Har qanday ilmiy muammo ikkita uzviy bog‘langan
elementni o‘zida mujassam qiladi: birinchisi, biz nimanidir bilishimiz (voqelik, jarayon,
energetik qurilma va h.k.lar) ular haqida obyektiv bilimga ega bo‘lishimiz, ikkinchisi,
yangi qonuniyatlar yoki oldingi olingan bilimlarni amalda qo‘llashni prinsipial yangi
usulini yaratish imkoniyati haqida farazga ega bo‘lishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |