Biologiyada amaliyot va tajriba, nazariyasi. Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash


Download 404.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.09.2023
Hajmi404.22 Kb.
#1687880
1   2   3   4
Bog'liq
Biologiyada amaliyot va tajriba, nazariyasi. Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash.

Materiallarni o‘rganish. Har qanday ilmiy tadqiqot ishlari oldingi tadqiqot tajribalari,
tadqiqot materiallarini va ilmiy izlanish olib borilayotgan sohaga yaqin sohalardagi
tadqiqotlar materiallarini o‘ranish va tahlilidan boshlanadi. Tadqiqot mavzusi doirasida
o‘zidan oldingi olib borilgan tad- qiqotlar natijasidan xabardor bo‘lmagan izlanuvchi ko‘p
hollarda allaqachon yechimga ega muammo yoki masalaga behuda kuch va vaqtini sarflaydi.
Muammoni kengaytirish, qo‘shimcha yechimlar bilan
to‘ldirish. Muam- moni yechilishi davomida, qo‘shimcha,
ya’ni bosh muammoni yechimni to‘ldiruvchi tadqiqotlar
olib borish zaruriyati tug‘ilishi mumkin.


Tadqiqot mavzusiga oid materiallarni o‘rganishni ikkita bosqichga bo‘lish
mumkin:
Birinchi bosqich. Ma’lumotlar manbalarini aniqlash. Bu bosqichda tadqiqot
mavzusiga oid yo‘nalishda chop etilgan ilmiy asarlar (monogra- fiyalar), brashyuralar,
jurnallarda chop etilgan maqolalar dissertatsiya ishlari va ularning avtoreferatlari, referativ
jurnallar, ilmiy to‘plamlarda chop etilgan maqolalar internet saytlarida keltirilgan
ma’lumotlar bilan tanishib chiqiladi. Tanishib chiqilgan ma’lumotlar manbalari va ularda
tadqiqot mavzusiga oid masalalar bo‘yicha erishilgan yechimlar birlamchi ma’lumotlar
kar- tochkasiga tushirilib ma’lumotlar kartotekasi shakllantiriladi. Ikkinchi bosqich. Bu
bosqichda to‘plangan ma’lumotlar manbalari o‘rganib chiqiladi va ular tahlil qilinadi.
Har bir ma’lumot manbayida keltirilgan ma’lumotlar va yechilgan masalalar bilan oldin
tanishib qarab chiqiladi va ular siz olib borayotgan tadqiqot mavzusiga yaqin bo‘lsa, uni
o‘qib chiqib chuqur tahlil qilinadi. Axborot manbalari bilan tanishib chiqish (qarab
chiqish)
jarayonida
undagi
keltirilgan
annotatsiya,
mundarijadagi
bandlarni
nomlanishidan uni siz olib borayotgan tadqiqotlar bilan qay darajada yaqinligi haqida
ma’lum bir xulosaga kelinadi.


Tanishib chiqilgan ma’lumotlar manbayida yechilgan muammo yoki masala siz olib
borayotgan tadqiqotlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasa bunday holda ushbu manba undagi
yoritilgan masalalar haqida qisqacha xulosa shakllantirilib undan zarur bo‘lganda
foydalanish uchun konspekt tuzib qo‘yiladi.
O‘rganib chiqish jarayonida keltirilgan materiallar tadqiqot mavzusiga oid bo‘lsa uni
chuqur o‘rganib chiqiladi va natijalari quyidagi tartibda qisqacha yozib olinadi Tadqiqot
mavzusiga oid sizdan oldin olib borilgan ilmiy izlanishlar qayd etilgan ma’lumotlar
(axborotlar) manbalarini o‘qib o‘rganib chiqish natijalari sxema bo‘yicha (2.4-rasm) qayd
etilishi va quyidagi tartibda tanqidiy tahlili amalga oshirilishi lozim: tadqiqot olib
borilayotgan yo‘nalishda fanni erishgan yutuqlarini qayd etish; tadqiqot olib borilayotgan
sohadagi ilg‘or usullar, original g‘oyalarni aniqlash;

Download 404.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling