Biologiyada darsdan tashqari ishlar


Kabinetdagi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar


Download 94.5 Kb.
bet2/4
Sana10.03.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1257780
1   2   3   4
Bog'liq
BIOLOGIYADA DARSDAN TASHQARI ISHLAR

Kabinetdagi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar.
Ishlar ko’pincha kech kuzda, qishda va erta baҳorda bajariladi. Asosan ular botanikani o’qitishda qo’llaniladi.
Botanikadan darsdan tashqari ishlarni dasturning barcha mavzusi bo’yicha berish mumkin. Masalan “Urug’” mavzusi bo’yicha darsdan tashqari o’quvchilar urug’ning bo’rtishini kuzatadilar, uning unuvchanlik foizini aniqlaydilar. Gulli o’simliklar biologik xususiyatlarini kuzatadilar.
Zoologiyadan darsdan tashqari ishlarda o’quvchilar tirik tabiat burchagida sodda ҳayvonlarni ko’paytirib, ularni mikroskopda o’rganadilar. Ҳalqali chuvalchanglarni o’rganishda ularning tuproq ҳosil qilishdagi xarakatini, tahsirlanishini kuzatadilar. Ayrim ҳasharotlar g’umbagining metamorfozini o’rganishlari mumkin.
Odam va uning salomatligi bo’yicha tirik tabiat burchagida o’tkazilayotgan darsdan tashqari ishlar uncha xilma-xil emas, ular asosan uch xil bo’ladi: 1) xayvonlarda shartli refleks ҳosil qilish ekologik va fiziologik tajribalar qo’yish; 2) ergograf, tonometr, spirometr bilan ishlash; 3) mikroskop bilan ishlash.
Oddiy meditsina ko’nikmalari suyak singanda, qon ketganda birinchi yordam ko’rsatish, sunhiy nafas olish kabilar ҳam darsdan tashqari vaqtda o’qituvchi raҳbarligida olib boriladi.
Umumiy biologiyadan tirik burchakda o’quvchilarga botanika va zoologiya obhektlari bilan ishlash uchun topshiriq berish mumkin. Bundan maqsad darslarda o’rganilayotgan organik dunyo qonuniyatlarini kuzatishdan iboratdir. Agar bahzi o’qtuvchilar tirik burchakda ҳar xil o’simliklarga turli ekologik omillarning tahsirini o’rganish bo’yicha tajriba qilsalar, boshqalari shu mavzuda xayvonlar bilan tajriba o’tkazadilar. Masalan, o’simlikning o’sishiga quyosh nuri va sunhiy yoruqligining tahsiri yoki nixolning o’sishi va rivojlanishiga quyosh nuri va ҳaroratning tahsiri, irsiyat ҳaqida aniq tushunchaga ega bo’lish uchun xayvonlardan drozofila, akvarium balig’i guppi ustida chatishtirish bo’yicha tajribalar qo’yadilar. Ayniqsa vegetativ ko’payish, organizmlarning moslashganligini, sunhiy biotsenozlar yaratish, kun uzunligini, o’simlik va ҳasharotlar g’umbag’ining rivojlanishini o’rganishga oid tajribalar qo’yish niҳoyatda qiziqarlidir. Bitta tajribadan bir necha mavzularni o’rganishda ularga monand ҳolda foydalanish mumkin.
Eng asosiysi o’quvchilarning darsdan tashqari ishlaridan darslarda pedagogik maqsadda to’la foydalanishdan, yahni puxta o’ylangan tarzda teskari bog’lanishlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling