Biologiyada darsdan tashqari ishlar


Download 94.5 Kb.
bet1/4
Sana10.03.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1257780
  1   2   3   4
Bog'liq
BIOLOGIYADA DARSDAN TASHQARI ISHLAR


BIOLOGIYADA DARSDAN TASHQARI ISHLAR.


REJA:

1. Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari.


2. Biologiya xonasi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar.
3. Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar.
Darsdan tashqari ishlarning aҳamiyati, biologiya xonasi, tirik tabiat burchagi, o’quv tajriba uchastkasida, tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar.
Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari. Darsdan tashqari ishlar o’qituvchining individual yoki gruppali topshiriqlari asosida darsdan keyin kursni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan majburiy tarzda amaliy ishlarni bajarishni tashkil etish shakli.
Darsdan tashqari ishlar: biologiya xonasida, tirik tabiat burchagida, o’quv tajriba uchastkasida bajariladi. O’quvchilarning darsdan tashqari ishlarining zururligi shundan iboratki, o’simliklar va xayvonlar ustida olib boriladigan ko’pgina uzoq muddatli kuzatishlar o’quv jadvaliga sig’maydi. Ayrim xollarda turli asboblar va mikroskop yetishmasligi, sinfda turli topshiriqlarni bajarilishiga to’sqinlik qiladi. Biologiya kursini o’rganish davomida ҳar bir o’quvchi mikroskop bilan ishlash ko’nikma malakasiga ega bo’lishi kerak. SHuning uchun o’qituvchi navbat bilan 3-5 o’quvchini dars oldidan yoki darsdan so’ng mikroskop bilan ishlashini tashkil etish kerak. O’quvchilar 3-5 tadan guruҳlarga bo’linib mayda xayvonlar ustida o’qituvchi topshirig’i bo’yicha keyinchalik darslarda foydalaniladigan uzoq muddatlibiologik kuzatish va tajribalar olib boradilar. Ҳar bir o’quvchi yil davomida bir yoki ikkita darsdan tashqari ish bajaradi, ularning bajarilishiga o’qituvchi baҳo qo’yadi. Darsdan tashqari ishlar mazmuniga ko’ra uyga beriladigan tajribalarga yaqin ҳisoblanadi. Lekin farqi shundaki uy ishlar ancha oddiyroq bo’lib, sinf o’quvchilari uchun bir vaqtda beriladi. Darsdan tashqari ishlarning uy ishlaridan, farqi bahzan dastlabki xarakterda bo’ladi, yahni sinfda o’rganishdan bir necha kun, ҳafta va xatto bir necha oy ilgari beriladi.
Masalan botanikadan
suv o’simliklari bilan tajribalar -2oy
bargda kraxmal izlari ҳosil bo’lishi -2 oy
poya bo’ylab suvning ko’tarilishi –2-3 kun
Xayvonlar ustida olib boriladigan tajribalar uzoq muddatli bo’ladi. Odam va uning salomatligi kursidan morfologik, gistologik va meditsina xarakteridagi ishlar mahlum mavzular o’rganilgandan so’ng bilimni mustaҳkamlash uchun o’tkaziladi. Ko’pgina fiziologik tajribalar, shartli refleks ҳosil qilish, avitaminoz va boshqalar oldindan bajariladi. Ularning natijalarini darsda ko’rsatish imkoni bo’ladi. Darsdan tashqari vaqtda o’quvchilar o’tkazayotgan barcha tajribalarning borishi ҳaqida xabardor bo’lgan o’qituvchi darsda tajribaning borishi, turli bosqichlardagi o’zgarishlarni namoyish qilishi, o’tkazilayotgan tajribalar ҳaqida o’quvchilar axborotini yangi mavzular bayoniga kiritish imkoniga ega bo’ladi.

Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling