Fuqaro muh’ofazasi to`g’risida (2000 yil 26 may) – 4 ta bo`lim va 23
moddadan iborat. Ushbu qonun fuqaro muh’ofazasi soh’asidagi asosiy vazifalarni,
ularni amalga oshirishning h’uquqiy asoslarini, davlat organlarining, muassasalar
va tashkilotlarning vakolatlarini, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining
h’uquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muh’ofazasi kuchlari va
vositalarini belgilaydi.
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish
to`g’risida (1999 yil 19 avgust) – 13 modda. Qonunda OITS/OIV kasalligining
oldini olish soh’asidagi davlat taminoti, kasallikning oldini olish bo`yicha
faoliyatni moliyalash, fuqarolarning h’uquq va majburiyatlariga doir masalalar
yoritilgan.
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to`g’risida (1999 yil 20 avgust) –
15 modda. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyih’alashtirish,
qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruktsiya qilish,
39
tiklash, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni taminlash bo`yicha faoliyatni
amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |