Qishloq xo`jalik o`simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona
o`tlardan h’imoya qilish to`g’risida (2000 yil 31 avgust) – 28 modda. Ushbu
qonunning maqsadi qishloq xo`jalik o`simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va
begona o`tlardan h’imoya qilishni taminlash, o`simliklarni h’imoya qilish
vositalarining inson sog’lig’iga, atrof tabiiy muh’itga zararli tasirining oldini olish
bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Radiatsiyaviy xavfsizlik to`g’risida (2000 yil 31 avgust) – 5 bo`lim va 28
moddadan iborat. Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar h’ayoti,
sog’lig’i va mol – mulki, shuningdek, atrof muh’itni ionlashtiruvchi nurlanishning
zararli tasiridan muh’ofaza qilishni taminlash bilan bog’liq munosabatlarni tartibga
solishdan iborat.
Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida (2000 yil 15 dekabr) – 6 bo`lim va
31 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash
soh’asidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonuning asosiy vazifalari
shaxs, jamiyat va davlatning suverenitetini va h’ududiy yaxlitligini h’imoya qilish,
fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |