Biologiyani o'qitishda foydalanadigon metodlar Reja: O`qitish metodlarining umumiy tavsifi. Og`zaki metodlar va ularning turlari


Download 63.5 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1497919
1   2   3
Bog'liq
Biologiyani o\'qitishda foydalanadigon metodlar

Muammoli izlanish metodlari dars davomida izchil va maqsadga yunaltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o’quvchilar avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini yangi vaziyatlarda qo’llashi orqali o’quv materialini faol o’zlashtirishga xizmat kiladi. Bu metodlar guruhi o’quvchilarning aqliy rivojlanishi, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni taxlil qilish va undan chiqishning eng maqbul yo’lini topishi, mo’ljalni to’g’ri olishiga zamin tayyorlaydi.
Muammoli hikoya metodida, o’qituvchi yangi mavzuni o’rganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, o’quvchilar bilan hamkorlikda hikoya muammoli savollarga javob topishga, o’quv farazlarini xosil qilish va dalillashga imkon yaratiladi, o’quvchilarning javoblari asosida muammolar hal etiladi.
Muammoli amaliy metoddan foydalanganda muammoli topshiriqlar tuziladi, shu asosda tajribalar o’tkaziladi, muammoli vaziyatlarni hal etish yuzasidan o’quv farazlarini hosil qilinadi va o’quvtadqiqot tajribalari o’tkazilib, o’quv xulosalari va umumlashmalarini ta’riflab muammolar hal etiladi.
Muammoli metodlardan foydalaniladigan darslarni keyingi yillarda yangi nom bilan («Tafakkur bo’roni» B.R.Qodirov), («Miyaga hujum», «Fikrlar to’qnashuvi», «Fikrlar jangi» V.M.Karimova, F.A.Akramova),
O’qitishning mantiqiy metodlari guruhi, Mazkur metod o’quv materiali mazmunining yo’nalishini belgilab, o’quvchilarning bosh g’oyani ajratish, o’rganilayotgan ob’yektni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish ko’nikmalari, aqliy faoliyat usullarini egallash, abstrakt tafakkurni rivojlantirish, sababoqibat bog’lanishlarni anglash imkonini yaratadi.
O’qitishning mantiqiy metodlari guruhiga induktiv, deduktiv, tahlil, bosh g’oyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlari kiradi.
Induktiv metodda o’quvchilarning e’tibori avval xususiy faktlarni o’rganishga jalb qilinadi, so’ngra xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo’naltiriladi.
Deduktiv metodda o’quvchilar avval umumiy qonunlarni o’rganadi, so’ngra umumiydan xususiy xulosa chiqarishga o’rgatiladi.
O’quvchilar tahlil metodi yordamvda axborotni angaab idrok etadi, o’rganilgan ob’yektlarning o’xshashlik va farqli tomonlarni aniqdaydi, o’rganilgan ob’yektlarni tarkibiy qismlarga ajratib, ular o’rtasidagi boshlanishlar, sabab oqibatlarni aniqlaydi,
Bosh g’oyani ajratish metodi muhim ahamiyat kasb etib, o’quv materialidagi asosiy g’oyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, asosiy g’oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch so’zlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.
O’quvchilar qiyoslash metodi vositasida, o’quv topshiriqlarida berilgan qiyosiy ob’yektlarni aniqlash, ob’yektlarning asosiy belgilarini aniqlash, taqqoslash, o’xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan rasmiylashtirishga o’rganadi.
Umumlashtirish metodi muammolarni hal etish jarayonida o’quv materialidagi tirik faktlarni aniqlash, qiyoslash, dastlabki xulosalar, hodisaning rivojlanish dinamikasini tasavvur qilish, umumlashtirish natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy xulosa chiqarishga zaiin tayyorlaydi. Mazkur metodlar mos holda:
a) induktiv metod xususiy faktlarni muammoli bayon qilish, o’quvchilar faoliyatini xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo’naltirish, muammoli topshirikdarni berish uslublarini;
b) deduktiv metod umumiy qonunlarni bayon qilish, o’quvchilarning faoliyatini umumiydan xususiy xulosa chiqarishga yo’naltirish uslublarini;
v) taxlil meg’odi axborotni anglab idrok etish, o’rgaiilgan obьyektlarning o’xshashlik va farqli tomonlarni aniqlash, o’rganilgan ob’yektlarni tarkibiy qismlarga ajratish, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash uslublarini;
g) bosh rolni ajratish metodi o’quv materialidagi asosiy g’oyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, asosiy g’oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch so’zlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr xakida xulosa chiqarish uslubilarini;
d) qiyoslash metodi qiyosiy ob’yektlarni aniqlash, ob’yektlarning asosiy belgalarini aniqlash, taqkoslash, o’xshashlik va farqlarny aniqlash, qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan rasmiylashtirish uslublarini;
g) umumlashtirish metodi o’quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash, qiyoslash, dastlabki xulosalar, hodisaning rivojlanish diiakmikasini tasavvur qilish, umumlashtirish natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy xulosa chiqarish uslublarini o’zida mujassamlashtiradi.
Biologiyani o'qitish metodikasi pedagogika fani sifatida didaktika bilan uzviy bog'liqdir. Biologiya o'qitish metodikasi maktab biologiyasining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta'lim va tarbiyaning mazmuni, shakllari, usullari va vositalarining nazariy va amaliy muammolarini ishlab chiqadi.Biologiyani o'qitish metodikasi psixologiya bilan chambarchas bog'liq, chunki u bolalarning yosh xususiyatlariga asoslangan. Biologiya darslarida o'quvchilami to'laqonli o'quv-bilim jarayonining subyektiga aylantirishyo'llari qamrab olinishi darkor. osh mutaxassisni tayyorlash jarayonida o'quvchi o'qituvchining bevosita rahbarligida, ta'lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida organik olamning qonuniyatlari, hodisa va voqealaming mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi va bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar uchun o'quv jarayoni bilish jarayoni, uning faoliyati esa bilish faoliyatidir. O'qituvchi ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, baholaydi va o'qitishdan ko'zda tutilgan ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlami amalga oshirish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratadi. O'qituvchi uchun ta'lim jarayoni o'quvchilarning faoliyati bilan uzviy bog'langan va mazkur jarayonni tahlil qiladigan, umumlashtirib, tegishli hollarda o'zgartirishlar kiritadigan ish jarayoni, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi. Darsda o'quvchilarning bilish faoliyati va o'qituvchining pedagogik faoliyati bir-biriga uyg'un ravishda tashkil etilgandagina o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadlarga erishish mumkin. O'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish dars strukturasining asosini tashkil etadi. Shu sababli bu masalani chuqurroq o'rganish maqsadga muvofiq.



Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling