- Bioorganik kimyoga kirish. Organik birikmalar klassifikatsiyasi va nomlanishi.
- Bilim va tafakkur sari – birgalikda!
- Bioorganik kimyo fani o‘rganadigan asosiy soxalariga biologik polimerlar va bioboshqaruvchilar kiradi.
- Biopolimerlar - yuqori molekulyar tabiiy birikmalar. Bularga peptidlar, oksillar, polisaxaridlar va nuklein kislotalar kiradi.
- Bioboshqaruvchilar - modda almashinuvini kimyoviy usul bilan tartibga soluvchi moddalardir. Ularga vitaminlar, gormonlar va ko‘pgina sintetik faol birikmalar kiradi.
Organik birikmalar ikki asosiy xususiyatiga qarab sinflanadi: - Organik birikmalar ikki asosiy xususiyatiga qarab sinflanadi:
- 1. Molekulaning uglerod skeletini tuzilishi bo’yicha.
- 2. Molekuladagi funksional guruhning tabiatiga qarab.
- Uglevodorod skeletini tuzilishi bo’yicha organik birikmalar quyidagi
- guruhlarga bo’linadi:
- 1. Asiklik birikmalar.
- 2. Siklik birikmalar.
- A s i k l i k ugleodorodlarga ochiq zanjirli birikmalar mansub. Ularning eng oddiy vakili alifatik uglevodorodlardir.
- A l i f a t i k uglevodorodlar to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlarga bo’linadi. To’yingan uglevodorodlarga alkanlar - CnH2n+2, to’yinmagan uglevodorodlarga alkenlar - CnH2n , alkinlar - CnH2n-2, alkadiyenlar - CnH2n-2 kiradi.
- S i k l i k birikmalar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
- Karbotsiklik. Geterotsiklik birikmalar.
- Geterosiklik uglevodorodlar
- Organik birikmalar tarkibidagi funksional guruh tabiatiga ko’ra ham sinflanadi.
- F u n k s i o n a l guruh deb, organik birikmalarning kimyoviy xossalarini va ma‘lum bir sinfga taalluqliligini belgilovchi atom yoki atomlar guruhiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |