Biosfera chegaralari, tarkibi, funksiyalari, biomassasi


Biosfera tirik moddasining funksiyalari


Download 62.51 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi62.51 Kb.
#1472429
1   2   3
Bog'liq
Biosfera va uning evolutsiyasi

Biosfera tirik moddasining funksiyalari: 1. Gaz almashinish funksiyasi fotosintez va nafas olish jarayonlari natijasidir. Fotosintez va nafas olish natijasida atmosferada gazlar tarkibi idora qilinadi. Tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo'lgan atmosfera ular faoliyati tufayli saqlanib turadi.

  1. Konsentratsiyalash (jamg'arish) funksiyasi — tirik orga-nizmlarda atrof-muhitdagi kimyoviy elementlar to'planadi. O'simliklar tuproqdan, havodan kaliy, fosfor, azot, vodorod va uglerod kabi elementlarni olib organik moddalar tarkibiga kirita-di. Cho'kma jinslar, bo'r, ohak jinslari ham jamg'arilish funksiyasining mahsulidir.

  2. Oksidlanish-qaytarilish funksiyasi — o'zgaruvchan valent-likka ega bo'lgan kimyoviy elementlar— temir, oltingugurt, marganes, azot va boshqalarning aylanishlarini ta'minlaydi. Masalan, xemosintezlovchi bakteriyalar faoliyati natijasida H2S, temir rudasi, har xil azot oksidlari hosil bo'ladi.

  3. Biokimyoviy funksiyalar — tirik organizmlarning hayot faoliyati davomida oziqlanishi, nafas olishi, ko'payishi, o'lga-nidan keyin parchalanishi va chirish jarayonlarini amalga oshi-radi.

Biosferaning biomassasi. Biosferadagi tirik moddalarning umumiy massasi biomassa deyiladi. Hozirgi davrda Yerda yashay­digan o'simliklarning 500 mingga yaqin turi, hayvonlarning 1,5 milliondan ortiq turi aniqlangan. Shularning 93 foizi quruqlikda, 7 foizi suvda yashaydi. Quyidagi jadvalda suvda va quruqlikdagi organizmlarning quruq massasi tonnalarda ifodalangan (31-jad-val).
Tuproqda kechadigan jarayonlar moddalarning biosferadagi davriy aylanishining tarkibiy qismidir. Odamning xo'jalik faoliyati tuproq tarkibining o'zgarishiga, undagi mikroorganizmlar nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham tuproqdan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqilishi zarur.
Okean biomassasi. Suv biosferaning muhim tarkibiy qismla-ridan bo'lib, tirik organizmlarning yashashi uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Suvning asosiy qismi okean va den-gizlarda. Okean va dengiz suvlari tarkibiga 60 ga yaqin kimyoviy elementlardan tashkil topgan mineral tuzlar kiradi. Organizmlar hayoti uchun zarur bo'lgan kislorod va karbonat angidrid gazlari suvda yaxshi eriydi. Suvdagi hayvonlar nafas olishi jarayonida karbonat angidrid ajratadi, o'simliklar esa fotosintez natijasida suvni kislorod bilan boyitadi.
Okean suvlarining 100 m gacha bo'lgan yuqori qatlamida bir hujayrali suvo'tlari va mikroorganizmlar ko'p tarqalgan, ular mikroplanktonni (yunoncha planktos — sayyor, ko'chib yuruvchi degan so'zdan olingan hosil qiladi.



Quruq mod­dalar

Qit'alarda

Okeanlarda







yashil o'sim­liklar

hay­von­lar va mik-ro-orga-nizm-lar

yig'in-disi

yashil o'sim­liklar

hay­von­lar /va mik-ro-orga-nizm-lar

yig'in-disi

umu-miy
yig'in-disi

Tonna

2,4x 1012

0,02x 1012

2,42x 10'2

0,0002x 1012

0,003x 10'2

0,0032x 1012

2,4232x 1012

Foiz

99,2

0,8

100

6,3

93,7

100






























Sayyoramizdagi fotosintez jarayonining 30 foiziga yaqini suvda kechadi. Suvo'tlari quyosh energiyasini o'zlashtirib, kim­yoviy reaksiyalar energiyasiga aylantiradi. Suvda yashaydigan hay­vonlarning oziqlanishida plankton asosiy ahamiyatga ega.
Suvning tubida hayot kechiradigan organizmlar bentos (yunoncha bentos — chuqurdagi degan so'zdan olingan) deb ata-ladi.
Okean tubidagi bakteriyalar organik moddalarni mineral-lashtirib, anorganik moddalarga aylantiradi.
Gidrosfera sayyoradagi issiqlik va namlikning taqsimlanishi-da, moddalarning aylanishida muhim rol o'ynagani uchun o'z navbatida biosferaga kuchli ta'sir ko'rsatadi.


dvaldan ko'rinib turibdiki, okeanlar yer yuzining 70 foizini egallashiga qaramasdan, uning biomassasi Yer biomassasining 0,13 foizini tashkil qiladi.
Quruqlikda o'simliklar biomassasi (fitobiomassa) umumiy biomassaning 99 foizidan ortig'ini tashkil etadi. Hayvonlar bio­massasi (zoobiomassa) esa 1 foizdan ham kamroq.
Okeanlar biomassasining asosiy qismini (93,7%) zoobio­massa tashkil etadi.

Download 62.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling