Biosfera chegaralari, tarkibi, funksiyalari, biomassasi


Download 62.51 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi62.51 Kb.
#1472429
  1   2   3
Bog'liq
Biosfera va uning evolutsiyasi


Mavzu: Biosfera va uning evolutsiyasi
Reja:



  1. Biosfera chegaralari, tarkibi, funksiyalari, biomassasi.

  2. Biosferada moddalar va energiyaning aylanishi. Biogen migratsiya.

34-§. BIOSFERA CHEGARALARI, TARKIBI, FUNKSIYALARI, BIOMASSASI

Biosfera (yunoncha bios — hayot, sfera — shar so'zlaridan olingan) — tarkibi, tuzilishi va energiyasi tirik organizmlar tomo-nidan aniqlanadigan Yerning qobig'i. Yer qobig'ida hayotning tarqalgan sohalari to'g'risida birinchi ma'lumotlar J.B. Lamarkka tegishlidir.


Biosfera tushunchasini fanga birinchi bo'lib avstriyalik geolog olim E. Zyuss 1875-yilda kiritgan. Biosfera haqidagi to'liq ta'limotni rus olimi V. I. Vernadskiy yaratdi va rivojlantirdi.
B iosfera — tirik organizm­lar yashaydigan, ular faoliyati natijasida tinmay o'zgaradigan^l sayyoramiz qobig'ining bir qis- \ovv midir. Yerdagi hamma biogeot-senozlar umumiy ekologik sis-tema — biosferani hosil qiladi. Biogeotsenozlar biosferaning elementar (eng kichik) birli-gidir.
Biosferaning chegaralari.
Tirik organizmlar Yerning
gazsimon (atmosfera), SUyuq 74™. Yer geosferalari.
gidrosfera) qattiq (htosfera)
qismlarida joylashgan (74-rasm). Biosferaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 15—25 km balandlikda (Yerning har xil hudud-larida
farqlanadi), atmosferaning quyi qatlami troposferada joy­lashgan (75-rasm). Bu chegarada quyosh nurlari energiyasi ta'sirida kislorod ozonga aylanadi va ozon ekrani hosil bo'ladi. Ozon ekrani tirik organizmga ko'p miqdorda zararli ta'sir ko'rsa-tuvchi kosmik va ultrabinafsha nurlarining asosiy qismini Yer yuzasiga o'tkazmaydi.
Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitga o'ta chidamli bakteriyalar, zamburug'lar, moxlar va paporotniklarning sporalari uchraydi. (Ular aeroplankton deyiladi). Kapalaklar, o'rgimchaklar va ba'zi qushlar 6—7 km gacha ko'tarilishi kuzatil-gan.
Gidrosferani okeanlar, dengizlar, ko'llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. Gidrosfera Yer kurrasining 70 foizga yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosferaning hamma qismida, hatto eng chuqur — 11 km gacha bo'lgan joylarida uchraydi.
Litosferada hayot uning yuqori qatlamlarida, 3—4 km chuqurlikkacha masofada tarqalgan. Missisipi daryosi havzasidan neft quduqlari kavlanganda 7,5 km chuqurlikda anaerob bak­teriyalar topilgan.
Shunday qilib, biosfera — Yerning tirik organizmlar yashay­digan geologik qobiqlarining bir qismidir. Sayyoramizdagi hayot chegaralari biosferaning chegaralarini aniqlaydi.
Biosferaning tarkibi. Biosferaning tarkibi xilma-xil bo'lib, uni 4 qismga ajratish mumkin:

  1. Tirik moddalar.

  2. Biogen moddalar.

  3. Qattiq jismlar.

  4. Biogen va abiogen hosil bo'luvchi moddalar. Sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlarning

yig'indisi biosferaning tirik moddasini tashkil qiladi. O'zining massasiga ko'ra tirik modda biosferaning juda kichik tarkibiy qismi bo'lsa ham geologik davrlar mobaynida ularning faoliyati Yerning rivojlanishiga juda katta ta'sir ko'rsatadi.


Qattiq jismlar — tirik organizmlar faoliyatiga bog'liq bo'lmas-dan tabiiy jarayonlar, masalan, vulqonlar otilishidan hosil bo'lgan tog' jinslari.
Biogen va abiogen hosil bo'luvchi moddalarga tirik organizm­lar ta'sirida hamda organik tabiat jarayonlari ta'sirida hosil bo'ladigan tuproq misol bo'la oladi.

V. I. Vernandskiy Yerning paydo bo'lishidan ko'p o'tmasdan unda hayot paydo bo'lgan va u sayyoramizning qiyofasini o'zgar-tiruvchi asosiy omillardan biri bo'lgan deb ta'kidlaydi.


Biogen moddalar — tirik organizmlar faoliyatining mahsulot-laridir. Ularga neft, toshko'mir, ohaktosh va atmosfera gazlarini kiritish mumkin
Shuningdek, biosferaning tarkibida kam miqdorda radioaktiv moddalar, tarqoq atomlar, meteoritlar, kosmik chang zarrachalari ham uchraydi.

Download 62.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling