Biosfera chegaralari Yer planetasida tirik organizmlar tarqalgan chegara biosfera chegarasi hisoblanadi


Download 1.3 Mb.
Sana11.05.2020
Hajmi1.3 Mb.
#104989
Bog'liq
Biosfera va uni muhofaza qilish

Biosfera – Yer geologik qobig‘ining tirik organizmlar va ular faoliyati natijasida hosil bo‘lgan moddalar tarqalgan qismi.

Biosfera chegaralari

Yer planetasida tirik

organizmlar tarqalgan

chegara biosfera

chegarasi

hisoblanadi.

Yer yuzidan tahminan 20 km balandlikdagi azon qavati hisoblanadi. Ozon qavati quyoshdan kelayotgan er yuzidagi tirik organizmlar uchun juda xavfli bo‘lgan qisqa to‘lqinli uzun ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Tirik organizmlar atmosferaning yer yuzasi-litosferaga yaqin qismida ko‘p va xilma-xil bo‘ladi.


Gidrosferada tirik organizmlar barcha chuchuk va sho‘r suvli havzalarda tarqalgan. Dunyo okeanining 10-11 km chuqurligida ham ayrim hayvonlar yashaydi. Lekin tirik organizmlar sayoz, yaxshi isiydigan suvlarda, dengizlar suvining yuza qismida, qirg‘oqqa yaqin joylarda xilma-xil bo‘ladi.

Biosferaning biokos moddasi gazsimon suyuq va qattiq jinslar - tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan jinslardan iborat.



Litosferada hayot izlari Er yuzasidan 3,5-7,5 km chuqurlikkacha tarqalgan. Lekin tirik organizmlar erning bir necha metrgacha bo‘lgan yuza qismi tuproqda xilma-xil va ko‘p bo‘ladi. Litosferadagi hayot chegarasi erning chuqur qatlamlaridagi yuqori harorat bilan belgilanadi

Atmosfera

Yerning gazsimon qobig‘i, tarkibi asosan azot (78,09), kislorod (20,45%), oz miqdorda argon (0,93%), karbonat angidrid (0,3%) va boshqa gazlar aralashmasidan iborat. Atmosfera litosfera va gidrosferada sodir bo‘lib turadigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Erda sodir bo‘lib turadigan biologik jarayonlarda atmosfera kislorodi va karbonat angidridining ta’siri ayniqsa katta.

Kislorod nafas olish va organik moddalarning parchalanib, qayta minerallashishi va yonish jarayonlarida ishtirok etadi va atmosferaning yuqori qatlamida ozon ekrani hosil qilib, planetamizda tirik organizmlarni kosmik nurlardan himoya qiladi. Karbonat angidrid gazi fotosintez orqali organik moddalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Kislorod o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi. Karbonat angidrid, azot va suv bug‘lari ko‘p miqdorda vulqonlar otilishi jarayonida atmosferaga ajralib chiqadi. Karbonat angidrid azot, va suv tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan moddalar aylanishi hamda tabiatda chirish va yonish jarayonida ham hosil bo‘ladi.

strаtоsfеrа

  • Trоpоsfеrаning yuqоrisidа 40 km strаtоsfеrа qаtlаmi jоylаshgаn. Undа hаvо judа siyrаk , nаmlik kаm bo’lаdi. 30 km bаlаndlikdаgi hаrоrаt mu’tаdil -50°S tаshkil etib, undаn so’ng hаrоrаt ko’tаrilib 50 km dа +10°Sni tаshkil etаdi. Strаtоsfеrаdа аtmоsfеrаning оzоn qоbig’i jоylаshgаn bo’lib, ultrаbinаfshа nurni yutаdi vа hаrоrаtni ko’tаrilishigа оlib kеlаdi. Оzоn qаtlаmi judа hаm yuqоri, аgаr еrning ustidа mujаssаmlаshtirilsа qаlinligi 2-4 mm tаshkil etuvchi plеnkа bo’lib eng muhim himоya qаtlаmi bo’lib хisоblаnаdi.

Gidrosfera

Erning suyuq qobig‘i;-biosferaning eng muhim tarkibiy qismi, tirik organizmlar hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan eng muhim omil hisoblanadi. Suvning asosiy qismi (95%) dunyo okeanida saqlanadi. Okeanlar er yuzasining 70% ini tashkil etadi. Ulardagi suv zahirasi 1300 mln. kub kilometrni, ko‘l va daryolarda esa 0,182 mln kub kilometrni tashkil etadi.

Litosfera

Erning tog‘ jinslari va tuproqdan iborat qattiq geologik qobig‘i, organizmlarning asosiy qismi litosferaning sirtqi g‘ovak qatlami-tuproqda hayot kechiradi. Tuproqning qalinligi bir necha metrdan oshmaydi. Tuproq tog‘ jinslari emirilishi natijasida hosil bo‘ladigan mineral moddalar hamda organizmlar hayot faoliyatida hosil bo‘ladigan organik moddalardan iborat. Tuproqning hosil bo‘lishi va unumdorligi tirik organizmlarning faoliyati bilan bevosita bog‘liq. SHuning uchun tuproq biokos modda hisoblanadi.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling