Biosfera va ekologiya tushunchalarini shakllantrish metodikasi Reja
Download 71 Kb.
|
Biosfera va ekologiya tushunchalarini shakllantrish metodikasi
Biosfera va ekologiya tushunchalarini shakllantrish metodikasi Reja: 1. Biosfera va uning chegaralarini o‘rgatish metodikasi. 2. Biosferada elementlar migratsiyasining turlari va usullari, uglerod va azotning davriy aylanishi. 3. Ekologiya va uning sohalari haqida tushunchalarni shakllantirish. 4. Ontogenez va filogenez tushunchalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi. Ekologik tarbiya. “Hozir XXI asr bo’sag`asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jo’g`rofiy-siyosiy tuzilishi o’zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko’rsatilayotgan ta’sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o’zaro ta’sirini uyg`unlashtirish, inson va tabiatning o’zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo’lib qolmoqda”1 Sayyoramizda ekologik muammolar va tanglik yuz berayotgan jarayonda o’quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati kelib chiqadi. Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sanalib, shaxsning ma’naviy hayoti va kundalik hayotida hatti-harakat shaklida namoyon bo’ladigan, hayotning va tabiatning bebaho ahamiyatini anglash, ularni asrab avaylash, muhofaza qilishda faollik ko’rsatish kabi sifatlarni o’z ichiga oladi. Ushbu madaniyat albatta o’quvchilarning ekologik ta’lim va tarbiyasi asosida vujudga keladi. Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi o’quvchilarda tabiatga nisbatan burch va ma’suliyat, ongli munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob-ahloq me’yorlariga mos xulq-atvorni shakllantirish sanaladi. O’qituvchi har bir darsda, sinfdan tashqari mashg`ulotlar va ekskursiyalarda o’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish bo’yicha rejali va muntazam ish olib borishi zarur. Tabiatshunoslikni o’qitishda ekologik masalalar keng qamrovli bo’lib, hamma o’quv fanlarida mujassamlashgan. Ushbu o’quv materiallari o’quvchilarning tabiatdagi uyg`unlik, unda sodir bo’ladigan hodisalar, o’zgarishlar, ular o’rtasidagi uzviylik va mazkur uzviylikni, o’zaro bog`lanishlarni buzib yuborish osonligini tushunishga imkon beradi. Masalan, qishloq xo’jaligi dalalarida zaharli pestistid va gerbistidlardan foydalanish, ko’zlangan natijaga olib kelishi mumkin, lekin bu jarayonda dorivor o’simliklar va foydali hasharotlar ham nobud bo’ladi. Ularni egan qushlar ham qirilib ketadi. Natijada shu arealdagi oziq zanjiri buzilib ketishi, o’simliklar qoplami ham muayyan darajada o’zgarishlarga uchrashi tayin. O’qituvchi biologiya o’quv fanini o’qitish orqali ekologik tushunchalar: organizm va muhitning o’zaro bog`liqligi, tabiiy jamoalarning almashinuvi, biogeostenozlar, ekologik sistemalarning o’zgarishi, biosfera, insonning ekologik omil ekanligi va h.k. o’quvchilar tomonidan mustahkam o’zlashtirishlari, ko’nikma va malakalarni egallashiga erishishi lozim. O’quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim: O’quvchilar tomonidan tabiatning yaxlitligi, jamiyat va tabiatning o’zaro aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni o’zlashtirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga asos bo’ladigan ekologik bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga erishish; Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng ma’nodagi ahamiyatini tushunish, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga etish; Tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitning tozaligini asrash, ko’kalamzorlashtirish va tabiiy boyliklarni ko’paytirish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish motivlarini shakllantirish. Ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda quyidagi ko’rsatmalarga amal qilish zarur: * Tabiat va atrof muhitni o’rganish va o’zlashtirish insonning bilish va amaliy faoliyati birligi asosida tashkil etiladi. Shu sababli o’qituvchi biologiyani o’qitishda tabiatning har bir tarkibiy qismi, shu jumladan, o’simliklar, hayvonlarning tuzilishi va hayotiy jarayonlari o’rganilganda o’quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga, mazkur bilimlarni amaliyotga tatbiqi haqida ham ma’lumot berishi, har bir organizmga tashqi muhitning ko’rsatadigan ta’siri, organizmlarning yashash muhitiga moslashishini tushuntirilishi; * Insonning jonsiz va jonli tabiatga, o’simliklar olami va hayvonot dunyosiga ko’rsatgan ijobiy va salbiy ta’sirini yoritish asosida, tabiat, inson va jamiyat munosabatlari tushuntirilishi, fan sohalari bo’yicha to’plangan ilmiy bilimlar integrastiyasi va fanlararo bog`lanishlar amalga oshirilishi; * Sayyoramizda vujudga kelgan lokal va global ekologik muammolarni hal etishda dunyo hamjamiyati, davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati, ya’ni ushbu ekologik muammolarning hal etilishida davlatlararo umumiy aloqadorlik masalalari haqida ma’lumot berilishi; * O’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish barkamol shaxsni kamolga etkazish borasida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutish zarur. HADISLAR VA EKOLOGIYA Xalqimiz qadimdan badanning quVVati-ovqat, aqlning quVVati - hikmat so‘zdir, deb uqtirib kelgan. Hadislar ana shunday hikmatli so‘zlar, donishmandlik durdonalari hisoblanadi. Hadis bandlari ekologik ta’lim va tarbiyani singdirishiga katta yordam beradi. Ularda ayrim o‘simlik va hayvonlarning xosiyatlari, ozuqa zanjirlarida tutgan o‘rni, shuningdek, inson xo‘jalik faoliyatidagi ahamiyati kabi tmoyillari bayon etilgandir. Hadislarning ayrim bandlari insonni tabiat boyliklarini tejab - tergash va uni muhofaza qilishga o‘rgatadi. Chunonchi, hadislarda qo‘y boq, zero oyni baroxodur deyiladi. Bu yerda foydali hayvonlarning populyatsiyasini ko‘paytirish va undan turli maqsadlarda foydalanish mumkinligi e’tiborga olingan. "Barcha narsa uning xuzurida o‘lchovlidir" qur’oni karimdan. Barcha muqqaddas kitoblar-intil, tavrot, qur’onda ham bir tirik jonni avaylab-asrash, e’zozlash uqtirilgan. Borliqdagi mavjud hamma narsa-yer, suv, daraxtu - giyohlar, qurt - qumursqa-yu, parranda - darrandalar, odamzod hamda hayvonot ham o‘zaro bog‘liq xolda, munozanatda yashaydilar. Agar ulardan birortasi inqirozga yuz tutsa, bu boshqalariga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi. Biz qo‘riqxona deb ataganlarimiz ming yil ilgari ham bo‘lgan. Qur’oni karimning "A’nom"sur’asida "Yer yuzidagi barcha hayvonlar va qushlar ham sizlarga o‘xshagan ummatlaridir" deyiladi. Muqqadas kitoblar xadislarni, o‘qish natijasida tabiatga hurmat bilan qarash, har bir jonzotga mehr shafqatda bo‘lish hissi qaror topgan,o‘ziga xos ekologik ta’lim vujudga keldi. Mas.Islomda ba’zi bir maxsus joylarda hayvonlarni o‘ldirish, daraxtlarni kesish,o‘simliklarni nobud qilish man etilgan. Muxammad payg‘ambarimiz xadislarida shunday moddalarni uchratamiz: 176. Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda, behosdan qiyomat qoin bo‘lishi aniq bo‘lganda ham ulgursangiz uni ekib ko‘yavering. 22. Bu tilsiz hayvonlar to‘g‘risida alloxdan qo‘rqinglar. Ularni yaroqli mininglar va yaroqli qilib yenglar. 478. Kimki hayotda tejamkor bo‘lsa, zinxor qashoqlikka tutmaydi. 497. Qaysi bir mo‘min biror ekin eksa,mevali daraxt o‘tkazsa, ularni qushlar, odamlar yoki hayvonlar yesa, bu sadaqa xukmidan bo‘ladi. 545. Qush olloxning o‘lchovi bilan uchadi. 575. Qush barak adir, tuya aqliga izzatdir. Otning peshonasiga qiyomatgacha yaxshilik yozilgandir. 634. Yenglar, ichinglar, kiyinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrof qilmanglar mag‘rurlanmanglar. 946. Joni bor narsani o‘q otishda nishon qilmanglar. Darxaqiqat bu xadisalarni, muqqadas kitoblarni o‘qib, tabiatga hurmat bilan qarash,har bir jonzotga mehr-shafqatda bo‘lish xissi qaror topadi. O‘ziga xos ekologik ta’lim vujudga keladi. Tabiat va uning mahsullari inson uchun ekan, ulardan oqilona va odilona foydalanish kerak. Yerga, suvga hayvonlar va nabototga bo‘lgan munosabatimizni tiklashimiz orqaligina ona tabiatnimizni asrab qolishimiz mumkin. Global ekologiyaning taraqqiyotida V.N.Sukachevning biotsnoz to‘g‘risidagi ta’limoti kuchli burilish vudujga keladi.Umumiy ekologiyaning rivojlanishida katta xissa qo‘shgan olimlar bularga: - D.N. Kashkarov. S.A. Seversov. Ekologik parazitologiyada: V.N.Beklemishev, V.A. Dogel, YE.N.Pavlovskiy: ekolgik entomologiyasida - V.Vasetsov, N.A.Gerbilskiy, K.M.Deryugin, L.A.Zenkevich, S.A.Zernov: o‘simlklar ekologiyasida: I.G.Serebryakov, YE.P.Korovin, K.Z.Zokirov va b. Ekologik fiziologiyaning rivojlanishida olimlarimizning qilgan ishlari kattadir. O‘simliklarning qurg‘oqchilikga chidamligini Maksimov, Y.S.Grigorevlar o‘rgandilar, yorug‘lik ta’sirini Ivanov, fotosintez ekologiyasini Lyubimenko, Nichiprovich, Zalenskiy, Voznesenskiylar: o‘simliklarning sho‘rga chidamligini G.A.Genkellar o‘rgandilar,sovuqqa chidamligini Tumanov o‘rgandi. Shuningdek ekologiyaning rivojlanishida Ramenskiy, SHennikovlarning xizmati katta bo‘ldi. Populyatsiya ekologiyasi 1930 yilda ekologiyaning yangi tarmog‘i ingliz olimi Elton tomonidan rivojlantirildi. U ayrim organizmlarni o‘rganishdan populyatsiyalarni o‘rganishda o‘tish kerakligini aytdi, chunki moslanish protsesslari populyatsiyada bo‘ladi.Populyatsion ekologiyaning rivojlanishida Seversov, Shvars, Naumov, Viktorov, Rabotnov va Uranovlar katta rol o‘ynaydilar 40 yillarda tabiiy sistemalarni o‘rganish asosida yangi yo‘nalishlar kelib chiqdi. 1935 yilda fanga "ekosistema" terminini ingliz Tensli kirgizdi. 1942 yilda esa V.N.Sukachev "biotsenoz"terminini berdi. Biotsenoz xaqida ta’limotni ilgari surdilar. Bu tushunchalarda organizmlar va abiotik muxit orasida bog‘lanishlarni ifodalaydi va modda aylanishi to‘g‘risida aytilgan. Download 71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling