Reja : Binolarni tanlash, ta’mirlash va qurt boqishga tayyorlash


Download 22.03 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi22.03 Kb.
#1522642
  1   2
Bog'liq
Ipak qurtini boqishda qo‘llaniladigan sun‘iy ozuqa turlari


Ipak qurtini boqishda qo‘llaniladigan sun‘iy ozuqa turlari
Reja :


1. Binolarni tanlash, ta’mirlash va qurt boqishga tayyorlash.
2.Ipak qurtini boqish agrotexnikasi.
1. Binolarni tanlash va ta’mirlash va qurt boqishga tayyorlash Ipak qurti tuxumlarini jonlantirishdan ancha avval qurt boquvchilar va zvenolar bilan shartnomalar tuziliish kerak. Shartnomada biqiladigan qurtlar miqdori, etishtiriladigan pilla xosili, pillaning harid narxi, shuningdek xo’jalik tomonidan qurt boquvchiga yaratilgan shart-shoroitlar (tut bargi va kerakli asbob-anjom hamda materiallar bilan ta’minlash xaqida majburiyatlar) aks ettiriladi.
Mart oyining ikkinchi yarmiga kelib, kichik yoshdagi qurtlar boqiladigan issiqxonalarni tozalash, eshik-derazalar va polni, sukchak va asbob anjomlarni kir sodasi yoki kir yuvish kukunlari eritmasi bilan yuvish talab etiladi. Shundan so’ng pechlar yoki mavjud isitish manbalari ishga tushiriladi. qurtxonalardagi haroratni 25 - 26° C darajaga ko’tarib, 2 - 3 kun davomida xonalarning zaxini qochirish talab etiladi.
Respublikamizda pilla etishtirish mavsumi baxor oylariga tug’ri keladi. Baxorgi qurt boqish mavsumini muvaffakiyatli o’tkazish uchun tayorgarlik ishlarini fevral -mart oylaridan boshlash kerak.
Jamoa xo’jaliklarida qurt boqish mavsumiga tayorgarlik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- qurt boqish kalendarini tuzish;
- qurtxonalar uchun yaroqli binolarni tanlash va ularni ta’mirlash;
- kerakli asbob-anjomlarini taxt qilib qo’yish;
- qurt boquvchi zvenolarni tashkil etish;
- qurt boquvchilar bilan shartnomalar tuzish;
- qurt boqiladigan xonalarni va asbob-anjomlarni dezinfeksiya qilish (zararsizlantirish) .tutzorlar va yakka qatorlab ekilgan tutlarni parvarish qilish.
Ipakchilikda dezinfeksiya ipak qurti kasalliklariga qarshi kurashda asosiy vosita xisoblanadi. Ipak qurti kasalliklarini qo’zg’atuvchi patogen mikroblar dezinfeksiya yordamida zararsizlantiriladi.
Dezinfeksiyani issiq xavo, issiq suv, issiq bug’. kimyoviy usul bilan dezinfeksiya qilinadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar orasida xloramin va kalsiy gipoxlorid nisbatan keng qo’llaniladi. Pillachilik ob’ektlari esa asosan formalin bilan dezinfeksiya kilinadi.
Inkubatoriya va qurtxonalar, odatda 4% formalin eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi, 4% li dezinfeksiyalovchi eritmani tayyorlash uchun qo’shiladigan suv miqdori qouyidagi formula yordamida aniqlanadi:
X-4%
C-------------------
4%
bunda:
C-4% li formalin eritmasini tayyorlash uchun qo’shiladigan suv miqdori;
X-zavoddan keltirilgan formalinning pasportidagi konsentrasiyasi.
Eritma dezinfeksiya ishlarni boshlashdan taxminan 1 soat avval tayyorlanadi. Aks xolda eritmadagi xlor xavoga ko’tarilib ketadi.
Tayyor eritmadan 7 - 8 soat davomida foydalanish lozim. 3 m2 satxga 1 litr eritma purkaladi.
Qurtxonalarda dezinfeksiyani boshlashdan avval xavo harorati 24 -- 25° C ga ko’tariladi.
2. Ipak qurtni boqish agrotexnikasi. Ipak qurtlarini parvarish qilishda har bir yoshi uchun talab etiladigan agrotexnika qoidalariga to’liq rioya qilish talab etiladi
Ipak qurtlari o’zining 23 - 25 kundan iborat qurtlik davrida pilla o’ragunga qadar 4 marotaba po’st tashlab 5 yoshdan iborat davrni o’tadi. Shundan 1 - 2 - 3 yoshini ipak qurtining kichik yoshlari, 4 - 5 yoshini esa katta yoshi deb ataladi.
Tuxumdan jonlanib chiqqan qurtlar birinchi 1 yosh xisoblanib, shuni e’tiborga olgan xolda xonadagi haroratni 27° C da, xavo namligini esa 65 - 75% qilib ushlab turiladi.
Qurtlarni agrotexnika qoidalari bo’yicha yaxshi parvarish qilinsa, birinchi yoshi 3 kun davom etib jami 6 - 7 kilogramm barg sarflanadi. Ularga bir kunda 9-10 marotaba (shundan ikki marotabagi kechasi) barg beriladi. Birinchi yoshdagi qurtlarga juda extiyotkorlik bilan bir tekis barg solinadi.
Birinchi yoshining birinchi kunida bir quti qurt 0,5 m2 joyda turgan bo’lsa, yosh oxiriga kelib u 2 m2 joyni egallashi kerak.
Ikkinchi yoshga o’tgan qurtlar birinchi yoshdagiga o’xshash issiqlik va yoruglikka talabchan bo’ladi. Qurtxonadagi harorat 26 -270 C, xavoning nisbiy namlik 65 - 75 % ni tashkil etish lozim.
Ikkinchi yoshda qurtlarga butun barg yaproqchasi bilan solinadi. Qurtlarning bu yoshi ham 3 kun davom etadi va jami 17-20 kg barg sarflanadi. Ularga bir kunda 8 - 9 marotaba (shundan 2 marotabasi kechqurun) barg beriladi, Ikkinchi yoshning birinchi kunida qurtlar 3 m2 joyda turgan bo’lsa, yosh oxiriga kelib 6 m2 joyni egallashi lozim. 3-yosh oxirida ega 12 • 15 m2 joyga qo’yiladi. Bu yoshda qurtlar bir marotaba g’analanadi.
Ipak qurtining uchinchi yoshi 3-4 kun davom etib, 60-70 kg barg sarflanadi. Ularga bir kunda 7-8 marotaba ( shundan kechasi 2 marotaba) barg beriladi.
Uchinchi yoshida qurtxonadagi harorat 26° C, xavoning nisbiy nam ligi 65 - 70% bo’ladi, Uchinchi yoshdagi qurtlar bir sutka davomida uxlab turgach, to’rtinchi yoshga o’tadi.
Кatta yoshdagi qurtlarni boqish. Qurtlarning turtinchi yoshida harorat 26 - 25° C va nisbiy namlik 60 - 70%, beshinchi yoshida esa harorat '24-25° S va nisbiy namlik 60 - 65% bo’lishi lozim. To’rtinchi yoshining oxiriga kelib bir quti qurt 25 - 30 m2 joyni egallaydi. Qurtlarning to’rtinchi yoshi 4 - 5 kun davom etib, jami 170 kg barg beriladi.Qurt po’st tashlash (uyqu) davrida qurtxonadagi harorat va nisbiy namlikka alohida e’tibor berish zarur.
Beshinchi yoshida qurtlarga tut daraxtining asosiy shoxlari va novdalari kesib keltiriladi. Bu yosh 7 - 8 kun davom etib, bir quti qurt uchun jami 750 - 800 kilogramm barg sarflanadi. Bir kunda 5 - 6 marotaba barg beriladi.
Beshinchi yoshida qurtxona haroratini meyoridan ortiq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu yoshda xonadagi harorat 24 - 25° C. xavo namligi esa 60 - 65% bo’lishi kerak.
Po’st tashlash davri boshlanishdan boshlab qurtlar harakatdan to’xtaydi. Shuning uchun bu «uyqu» davri deb ataladi. Uxlash oldidan qurtlarning harakati kamayadi, ishtaxasi susayadi, lekin hamma qurtlar baravar uxlamaydi. Shuning uchun uxlamagan qurtlarga oz ozdan barg berib, uykudagi qurtlarga halakit bermaslik zarur. Qurtning beshinchi yoshining ikkinchi. uchinchi uyqusi optimal sharoitda bir sutka, turtinchi uyqusi esa 1,5 sutka davom etadi.
Кo’pchilik qurtlar uyqudan turgach, ular oziqlantiriladi, lekin oziq odatdagi normadan kamroq miqdorda beriladi.
Ganalash. Qurt boqish davrida berilgan bargning eyilmagan qismi, novdasi, qurt axlati to’planib qoladi. Bu chiqindilar «g’ana» deb, ularni olib tashlash «ganalash» deb ataladi.
Ikkinchi yoshning ikkinchi kunida qurtlar birinchi marta gakalanadi. Uchinchi yoshda bir marta, to’rtinchi yoshda 1 - 2 marta 5 yoshda 3-4 marotaba ganalanadi.

Download 22.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling