Biosfera va kosmosni bir-biriga bog’liqligi Reja: Biosfera haqida tushuncha


Noosfera – biosferaning yangi sifat holati


Download 19.49 Kb.
bet5/5
Sana17.02.2023
Hajmi19.49 Kb.
#1206267
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biosfera va kosmosni bir-biriga bog’liqligi

Noosfera – biosferaning yangi sifat holati. Biosfera to'xtovsiz rivojlanib, shakllanib kelayotgan ekan unda insonning roli juda katta. Biosferada inson faoliyati tufayli turli ijobiy va salbiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Inson o'z mehnatini engillashtirish maqsadida yaratgan texnika vositalari, biosfera tarkibida texnosferani hosil bo'lishiga sabab bo'ldi. Bu esa o'z navbatida atrof muhit holatini salbiy tomonga o'zgartirdi. Biosfera bu ulkan sistema uni inson to'la-to'kis boshqarishga qodir emas. Biosfera holatini yaxshilash uchun inson unga ijobiy ta'sir etishni ko'paytirishi lozim. Hozirgi ekologik muammolar insoniyatni biosferaga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishga undayapti. Insonlar atrof muhit holatiga befarq emaslar. Kishilarni muhit holatini baholay olishlari uchun ularda ekologik ong bo'lishi kerak. Ekologik ongning shakllanishi natijasida ekologik madaniyat tarkib topadi. Demak kishilarning biosferadagi ekologik muvozanatni tiklashga harakat qilishlari ongli harakat hisoblanadi. Akademik V.I.Vernadskiy ta'biricha ongli harakat sohiblari noosferani tashkil etadi. Noosfera-ong, fikr, sfera-shar degan ma'nolarini bildiradi. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi. U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qayta bunyod qiladi. Lekin shuni ta'kidlash kerakki, insonning biosferani o'zgartirishi uning imkoniyatlari, chidamliligi darajasidan oshmasligi kerak. XX asrning ikkinchi yarmida fan-texnikaning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalarining takomillashuvi biosferadaga salbiy o'zgarishlar oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilmog'i lozim.


ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O'qituvchi, 1991.
2. Novikov Yu.I. Oxrana okrujayuey sredi. –M.: Vishaya shkola, 19987.
3. Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O'zbekiston, 1993.
4. Tursunov X.T. Ekoloiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Saodat RIA, 1997.
5. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Yangi asr avlodi, 2005.
6. To'xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: O'qituvchi, 1995.
7. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera.-T.: O'qituvchi, 1995.
8. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. –Qarshi: Nasaf, 2003.
9.To'xtaev A. Ekologiya.-T.: O'qituvchi, 1998.
Download 19.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling