Biosfera xakida tushuncha
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Biosfera xakida tushuncha
Xulosa Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi. Masalan, o‘rtacha olganda 1000 kg o‘simlikni yeganda hayvon 100 kg gacha semiradi. Bunday massali o‘txo‘r hayvonni yegan yirtqichlarning biomassasi 10 kg gacha ortishi mumkin, ikki- lamchi yirtqichlarniki esa faqat 1 kg gacha ortadi. Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi (88-rasm). Ekologik piramidada produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardagi organizmlar soni biomassa va energiya nisbatining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Piramidaning asosini autotrof organizmlar — hosil qiluvchilar tashkil qiladi, ulardan yuqorida o‘txo‘r hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning eng cho‘qqisida yirik yirtqichlar joylashadi. Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton— zooplankton — mayda baliqlar — yirik baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa va energiya miqdori ekologik piramida qoidasiga muvofiq tobora kamaya boradi. Sun’iy qishloq xo‘jalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri darajasida energiya miqdori 10 martagacha kamaya boradi. Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri o‘zo‘zini idora qilishdir. O‘z- o‘zini idora qilish — tabiiy sistema- ning qandaydir tabiiy ta’siri yoki antropogen ta’siridan keyin o‘z ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. O‘z-o‘zini idora qilishning yorqin misoli — keng bargli o‘rmondagi biogeo tsenozdir. Bu yerda o‘simliklar joy, yorug‘lik va suv uchun raqobatlashadi. Bu xildagi biogeotsenozlarda yaruslik, ya’ni o‘simliklar jamoasining vertikal bo‘ylab bir necha qatorda joylashishi kuzatiladi. Keng bargli o‘rmonning birinchi yarusini yorug‘sevar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling