«biotexnologiya» kafedrasi


Kenja ajdodlarga bo‘lingan asoslari


Download 0.86 Mb.
bet58/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Kenja ajdodlarga bo‘lingan asoslari.
Bazidiomitsetsimonlar ajdodi bazidiyaning tuzilishi va rivojlanishi xususiyatiga qarab qo‘yidagi uchta kenja ajdodchalarga bo‘linadi:
1. K/ajdodi - xolobazidiomisetkabilar (Holobasidiomysetidae yoki Autobasidiomysetidae) – bazidiyalari silindrsimon, bir hujayrali.
2. K/ajdodi - geterobazidiomitsetkabilar (Heterobasidiomysetidae) bazidiyasi murakkab bo‘lib, epi va gipobazidiyalardan tashkil topgan.
3. K/ajdodi teliobazidiomitsetkabilar (Telibasidiomysetidae).
I – K/ajdodi: Xolobazidiomitsetkabilar - Holobasidiomysetidae
Xolobazidiomitsetkabilar kenja ajdodiga mansub zamburug‘larning bazidiyalari bir hujayrali, shakli silindrsimon yoki to‘g‘nog‘ichsimon bo‘lib, bunga tubandagi qabilalar kiradi.
1. Qabila: Ekzobazidiyanamolar - Exobasidiales - bularning bazidiyalari to‘ppa-to‘g‘ri mitseliyda hosil bo‘ladi.
2. Qabila: Geminomitsetkabilar guruhi - Hymenomysetidae bazidiyalar meva tanalarning yuzasidagi geminiy qatlamda yetiladi. Bazidiyalar silindrsimonlar shaklda bo‘lib, uchlarida bazidiyalar bilan tutashgan.
3. Qabila: Gastromitsetlilar guruhi - Gasteromysetidae - bazidiyalar to‘la yetilguncha mevatana ichida joylashadi.
Mevatana bazidiosporalar yetilish vaqtida ochiq bo‘ladi. Bir yillik mevatana ko‘pincha qalpoqchali zamburug‘larda uchrab, hayot siklini bir vegetatsiya davrida o‘tkazadi. Ko‘p yillik mevatana po‘kak zamburug‘larda uchraydi, biroq geminiy ularning aksariyatida vegetatsiya davrida yashaydi. Kelgusi yil bahorda eski naychalar qatlami ustida yangi qatlam hosil bo‘laveradi. Bu qatlamlar soniga qarab mevatananing yoshini aniqlash mumkin. O‘n, sakson yashar mevatanalar ham uchraydi. Ularning mevatanasining diametri 0,2- 0,5 sm dan to 72 sm gacha bo‘ladi. Bunday mevatana massasi Polypilus frongosus da 20 kg. , Slavariaccae da - 9 kg. , Agaricaccae da 3-4,5 kg. bo‘ladi. Gimenomitsetkabilar guruhining sporalari va ba’zan mevatanalari shamol vositasida sochiladi. Ayrim vaqtlarda sporalar hashoratlar yordamida tarqaladi. Geminomisetkabilar guruhining vakillari tuproqda, o‘simlik va chirindi qoldiqlarida yashaydi, ba’zilari daraxtlar tanasida parazitlik qiladi. Bular o‘rmonlarda, dasht va cho‘llarda tarqalgan. Masalan, cho‘llarda cho‘l oq zamburug‘i - Pleurotus eryngii taqir cho‘llarda esa Bernara shampioni - Agaricus bernardii uchraydi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling