Mavzu: tuproqda uchraydigan organizmlarning asosiy tarkibi


Download 16.64 Kb.
bet1/4
Sana10.01.2023
Hajmi16.64 Kb.
#1086391
  1   2   3   4
Bog'liq
TUPROQDA UCHRAYDIGAN ORGANIZMLARNING ASOSIY TARKIBI


MAVZU: TUPROQDA UCHRAYDIGAN ORGANIZMLARNING ASOSIY TARKIBI
REJA:

  1. Tuproqda hayvonlarning tarqalishi

  2. Tuproq hayvonlari muxit omillari bilan bog’liq bo’lgan holda guruhlari.

3. Tuproqda doim yashovchi yomg’ir chuvalchang­lari (Lymbricidae) va kanotsiz hasharotlar (Aptervgota) vakillari.
Tuproqda hayvonlarning tarqalishi
Tuproqda uchraydigan turli guruh hayvonlarning soni, sifati, xillari ham turlichadir. Masalan, 1 m2 tuproq qatlamida 100 mlrd. dan ortiq mikroskopik tirik organizmlarning hujayralari uchraydi. 1 g tuproqda yuzlab million bakteriya, bir necha ming sodda hayvonlar mavjud. Bir gektar igna bargli o’rmonlarda 200 kg, bargli o’rmonlarda 1000 kg, cho’l tuproqda 10 kg atrofida zoomassa bo’ladi.
M. S. Gilyarovning bergan ma’lumotiga qaraganda, tuproqdagi hay- vonlar o’rmonlarda to’plangan barg, shox, shoxchalarnnng 25% ini qayta ishlaydi. Bog’larning 1 m2 maydonida 400 dan ortiq yomg’ir chuvalchanglari bo’ladi. Ular 1 m2 da 80 g massa hosil qiladi. Tuproqning organik qoldiqlarini parchalashda umurtqasiz hayvonlar bi­lan turli mikroorganizmlar (bakteriya, suvo’tlar, zamburug’lar) qatnashadi. Ularning soni 1 sm2 tuproqda 100 mln. dan ortiq»bo’ladi. Tuproq hayvonlari muxit omillari bilan bog’liq bo’lgan holda guruhlari. Tuproqning geterogen muxit bo’lgan ximiyaviy tarkibi g’oyat muhim axamiyatga ega.Tuproq tarkibiga ximiyaviy tabiati va petrografik tuzilishi juda xilma-xil bo’lgan minerallar kiradi. Tuproq eritmasi tarkibida organik moddalar xam,mineral moddalar xam bo’ladi.Bular o’rtasidagi nisbat juda beqaror bo’lib,tuproq tipiga xamda tuproq namunasi olingan vaqtga bog’liq. Tuproqdagi organik moddalarning suvda eriydigan qismi chirindi moddalarning eruvchan shakllaridangina iborat bo’lmaydi, balki bir qancha boshqa birikmalardan ham iborat, bu birikmalar mikroorganizmlar hayot faoliyatining oraliq mahsulotlari bo’lishi ham, o’simlik qoldiqlarining eruvchan birikmalari bo’lishi ham mumkin. Bu birikmalarning hammasi mikroorganizmlar tomonidan oson iste’mol qilinadi va miqdor hamda sifat jixatidan ancha tez o’zgaradi. Tuproq hayvonlari muhit omillari bilan bog’liq bo’lgan holda tubandagi 3 ta ekologik guruhga bo’linadi:

Download 16.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling