Mavzu bo‘yicha nazorat savollari?
1. Bazidiyali zamburug‘larning xarakterli xususiyatlari.
2. Kenja ajdodlarga bo‘linish asoslari.
3. Bazidiya va bazidiyasporalarining hosil bo‘lishi.
3.2.Amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallari
1-amaliy mashg‘ulot:Ko‘k - yashil suvo‘tlari bo‘limi. Ossilyatoriya tuzilishi va ko‘payishi.
Ko‘k - yashil suvo‘ttoifalari uchta ajdodga bo‘linadi:
Xrokokksimonlar - Chrococcopsida
Xamesifonsimonlar - Chamesiphonopsida
Gormogonsimonlar - Hormogoniopsida
Xrokokksimonlar ajdodi – Chrococcopsida
Klassifikatsiya:
Bo‘lim: Ko‘k – yashil suvo‘ttoifalar – Cyanophyta
Ajdod: Xrokokksimonlar– Chrococcopsida
Turkum: Mikrotsistlar – Microsystis
Turkum: Gleokapsa – Gleocapsa
Turkum: Merismopediya - Merismopedia
Gormogonsimonlar ajdodi – Hormogoniopsida
Klassifikatsiya:
Bo‘lim: Ko‘k – yashil suvo‘ttoifalar – Cyanophyta
Ajdod: Gormogonsimonlar – Hormogoniopsida
Qabila: Ossillatoriyanamolar - Oscillatoriales
Turkum: Ossillatoriya – Oscillatoria
Qabila: Nostoknamolar - Nostocales
Turkum: Nostok –Nostoc
Bu qabilaga kiruvchi ko‘k-yashil suvo‘ttoifalarining tallomi ipsimon gomosit shaklidadir. Bu qabilaning eng muhim turkumi ossillatoriya bilan tanishamiz. Bu turkum vakillari nam tuproq, suv ostidagi substratlar yuzasida qalin po‘stli to‘plamlar hosil qiladi. Ossillatoriyaning tanasi oddiy ipsimon shilimshiq pardasi bo‘lmagan hujayraning eni bo‘yidan bir necha marta katta. Ossillatoriya ipi tanasi bo‘ylab bir xil tuzilgan hujayralardan iborat. Hujayralar ko‘ndalangiga bo‘linishi natijasida o‘sadi. Ipsimon tallomi o‘z o‘qi atrofida to‘lqinsimon harakatlanadi. Harakatchan gormogonlar vositasida ko‘payadi va har bir gormogondan yangi ip o‘sib yetishadi.
Tropik dengizlarda plankton holda tarqalgan trixodesmium (Trichodesmium) turkumi vakillarini uchratish mumkin. Bular ossillatoriyadan parallel joylashgan bog‘lamlari bilan farq qiladi. Bundan tashqari ossillatoriyaga yaqin turkumlardan spirulina (Spirulina) dir. U tuzilishi jihatdan ossillatoriyaga o‘xshash bo‘lib, undan tanasini spiral buralganligi bilan farq qiladi. Spirulaning ba’zi turlari masalan: Spirulina maxima hujayrasida juda ko‘p miqdorda (60-68% quruq massa) protein to‘playdi va shu sababli qadimdan Afrikaning bir qancha hayvonlari uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Oxirgi yillarda qator mamlakatlarda jumladan, MDX da spirulina turlarini madaniylashtirish ishlari olib borilmoqda. Chuchuk suv havzalarida Lingbiya (Lyngbya) lar orasida ko‘p o‘zakli hujayra tuzilishiga ega bo‘lgan vakillari ham uchraydi. Bularga misol qilib hamma dengiz suvlarida ayniqsa tropik dengizlarda ko‘p, o‘sadigan korallina (Corallina) bilan tanishamiz. Uni tallomi tikka o‘sadi, shoxchalar bo‘lib, har bir hujayra qo‘shni xujayra protoplazmasidan, ipli gormogon shakldagi suvo‘tlarni birlashtiradi. Bu turkum bir qancha turlardan iborat. Anabena (Anabaena) turkumi. Bu turkum vakillarining vegetativ hujayralari odatda alohida yoki to‘da bo‘lib to‘plangan ipchalardan iboratdir. Ipi ko‘rinishida simmetirik, orasida geterosistlari joylashgan, bochkasimon yoki dumaloq va deyarli bir xil enilikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |