«biotexnologiya» kafedrasi


-amaliy mashg‘ulot:Qizil suvo‘tlari bo‘limi. Batraxospermum tuzilishi va ko‘payishi. Deleseriyaning tuzilishi va ko‘payishi


Download 0.86 Mb.
bet67/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

3-amaliy mashg‘ulot:Qizil suvo‘tlari bo‘limi. Batraxospermum tuzilishi va ko‘payishi. Deleseriyaning tuzilishi va ko‘payishi
Qizil suvo‘ttoifalarni tallomi to‘zilishi jihatdan juda ham oddiy: bir hujayrali kokkoid (porfiridium), rizoidlari yordamida substratga birikkan va shoxlangan ipsimon (geterotrixal) vakillari ham uchraydi. Bundan tashqari tallomi, asosan, ipsimon bir, ikki yoki ko‘p qator hujayralardan tuzilgan yoki shoxlangan bo‘lib, ipsimon tallomning uchidagi hujayralarning bo‘linishi hisobiga o‘sadi. Tallomi plastinkasimon (porfira) parenximatik hujayralarini ko‘ndalangiga va eniga bo‘linishi hisobidan o‘sadi. Qizil suvo‘ttoifalarining hujayra po‘sti pektin moddasi aralashgan sellyulozadan iborat. Pektin moddasi ko‘pincha hujayraning bukishiga, tallomni doimo shilliqlanishiga olib keladi. Ba’zan hujayra devorida ohak to‘planadi. Yetuk murakkab (floridiyasimonlar) ajdodi vakillarining hujayrasi bo‘lingan vaqtda, hujayra devorida poralar uchramaydi. Hujayra protoplasti, protoplazma, bitta yoki bir necha yadro va juda ko‘p miqdorda donachasimon yoki lentasimon xromatoforalarga ega. Bangiyasimonlar ajdodining vakillarida yulduzsimon xromatofora bo‘lib, bitta markaziy perinoidga ajralgan.
Qizil suvo‘ttoifalar – Rhodophyta:
1. Bangiyasimonlar ajdodi – Bangiopsida
Turkum Porfira – Porhyra
2. Floridiyasimonlar ajdodi – Florideopsida
Nemalionnamolar qabilasi - Nemalionales
Turkum: Batraxospermum - Batrachospermum
Turkum: Nemalion – Nemalion
Qabila: Seramiyanamolar – Ceramiales
Turkum: Delesseriya – Delesseria
Turkum: Polisifoniya – Polisiphonia
Batraxospermum turkumi (Batrachospermum)
Bu qo‘ng‘ir, ko‘kish (fikotsian jo‘da ko‘p) va shilimshiqsimon, tallomning uzunligi 5-12 sm keladigan qizil suvo‘t bo‘lib, toza va tiniq daryo hamda ko‘l suvlarida substratda yopishgan holda o‘sadi. Tallomi yirik hujayralardan to‘zilgan bosh o‘zak ipchalardan va unda halqa bo‘lib joylashgan yon shoxchalardan iborat. Bosh o‘zak ipchalari bo‘linish xususiyatiga ega, shuning uchun tallomi bo‘yiga qarab o‘sadi. Yon shoxchalar munchoqsimon (cho‘zilgan) mayda hujayralardan tuzilgan bo‘lib, ularda xromatofor g‘oyat ko‘p bo‘ladi. Bular assimilyasiya vazifasini bajaradi. Shuning uchun ularni assimilyatorlar deyiladi. Yon shoxchalar (assimilyator)ni bazal hujayralardan to‘xtovsiz o‘suvchi shoxchalar hosil bo‘ladi. Shoxchalarning bo‘g‘imlararo hujayrasi o‘smasdan qoladi. O‘sishi chegaralangan yon shoxchalar (assimilyator)larda jinsiy organlar taraqqiy etadi. Urug‘lanish sodir bo‘lgandan keyin, karpogonni qorin qismidan shoxlangan gonimoblast ipchalar o‘sib chiqadi. Ularni uchlaridan korposporalar hosil bo‘ladi. Karposporalar to‘p-to‘p bo‘lib joylashib, sistokarpiy hosil qiladi. Korposporalarning o‘sishidan sudralib o‘suvchi ip, undan esa tikka o‘suvchi shoxlangan ip o‘sib chiqadi, bu ip batraxospermum tallomiga mutlaqo o‘xshamaydi. Batraxospermumni bu taraqqiyot stadiyasi shantranziya (Shantrasia) ni eslatadi. U monosporalar vositasi bilan ko‘payadi. Qulay sharoitda shantranziyaning ustki hujayralaridan batraxospermum tallomi o‘sib chiqadi. E. Man degan olimning aniqlashicha batraxospermum tallomini bazal qismi, xuddi Lemanea tallomiga o‘xshash diploidli bo‘lib, tetrosporofit hisoblanadi. Lemanea va batraxospermumning tallomi bir o‘zakli tuzilishga ega. Ko‘p o‘zakli tuzilishga ega bo‘lgan vakillariga dengizda o‘suvchi nemalion (Nemalion) turkumi misol bo‘ladi. Buning tallomi sal shoxlangan pushti rang, shilimshiq, sodda tuzilgan, uzunligi 10-20 sm, substratga yopishgan Janubiy dengizda o‘sadi. Tallomi markaziy qismi rangsiz, uzun hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, undan ko‘p marta shoxlangan radial assimilyatorlar yupka konsistensiyali shilliq bilan tutashgan. Assimilyatorlar xromatoforga boy. Nemalionni jinsiy organlari xuddi batraxospermumnikiga o‘xshash assimilyatorlarda paydo bo‘ladi. Karposporofit va karposporalar diploidli. N. vermisuiate degan turda nasllarni gallanishi aniqlangan. Mikroskopik sporofit - (tetrasporofit) bilan almashadi. Boshqa turlari murakkab morfologik tuzilgan. Masalan, delesseriya (Dellesseria)-och qizil rangda, tallomi butacha shaklda bo‘lib, shoxlangan. Shimoldagi dengizlarning chuqur joylarida o‘sadi. Shoxlangan tallomi qisqa tana va uning uchidan ketgan lansetsimon plastinkalardan iborat. Plastinka osti kichrayib, barg bandiga aylangan va patsimon tomirlarga ega.Bu qabilaning eng muhim turkumlaridan biri polisifoniya (Polysiphonia), bilan mukammalroq tanishamiz. Bu qizil suvo‘ti shimoliy va janubiy dengizlarda keng tarqalgan. Tallomi pushti qizil rangda, butacha shaklida, shoxlangan, shoxcha uchlaridagi hujayralar pigmentlarga bo‘lingan. Bu pigmentlar bir necha bo‘lingandan so‘ng, markaziy o‘zak hujayradan bo‘g‘inlar bilan ajraladi. Natijada markaziy o‘zak (sifon), po‘stloq hujayralar bilan qoplanadi. Ba’zi turlarida markaziy o‘zak hujayra bo‘linib, ko‘p qavatli po‘stloq hosil qiladi. Jinsiy protsess mahsuloti - gametofit (erkak va urg‘ochi) organlar maxsus shoxchalar uchidagi monosifon ichida trixoblastlarda taraqqiy etadi. Erkak trixoblast hujayralar bo‘linib beshta markaziy hujayra hosil qiladi. Markaziy hujayraning bittasi o‘sib, karpogonga aylanadi. Karpogon urug‘langandan keyin, chetdagi hujayrani o‘sishidan auksilyar iplar hosil bo‘ladi, va karpospora atrofida joylashib sistokarpiyni yuzaga keltiradi. Sistokarpiy pishgandan so‘ng, undan karposporalar yetiladi. Karposporalarning o‘sishidan tetrasporofit, tetrasporofitlarda esa tetrasporangiy va tetrasporalar etiladi. Tetrasporalarning o‘sishidan gametofit nasl beruvchi o‘simlik o‘sadi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling