«biotexnologiya» kafedrasi
-amaliy mashg‘ulot: Xlorella va suv turchasining tuzilishi va ko‘payishi
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
7-amaliy mashg‘ulot: Xlorella va suv turchasining tuzilishi va ko‘payishi.
Avtosporali xlorokokknomalar – Chlorococcales – Autosporinae Bir hujayrali avtosporali vakili xlorella (Chlorella). Xlorella chuchuk suvlarda, daraxt po‘stloqlarida va boshqa substratlarda keng tarqalgan. Hujayrasi sharsimon yoki tuxumsimon, sillik po‘st bilan o‘ralgan bo‘lib, bitta yadro va kosasimon xromatoforaga ega. Jinssiz ko‘paygan vaqtda hujayra to‘rtta yoki ko‘p avtosporalarga bo‘linadi, ular hujayra po‘sti bilan o‘ralib, ona hujayra devorini yirtib chiqadi. Elektron mikroskopda xlorella hujayrasi tekshirilganda uni hujayra devori juda ham murakkab tuzilganligi aniqlangan. Hujayra devorini tashqi tomoni uch qavat bo‘lib, markaz qismi tarkibida yuksak o‘simliklarni changlarida uchraydigan sporopollenin degan modda bo‘ladi. Bu modda juda ham pishiq tuzilgan bo‘lib, har xil fermentlar, ximiyaviy birikmalar ta’siriga chidamli bo‘ladi. Ichki qavat ancha qalin bo‘lib, selyullozaning mikrofibrillidan tashkil topgan. Ona hujayra ichida hosil bo‘lgan avtosporalar hujayra po‘sti devorini yirtib tashqariga chiqadi. Avtosporali xlorokokknomalar ichida senobiy shaklda tuzilganlariga ssenedesmus (Scenedesmus) misol bo‘ladi. Uni hujayrasi ellipsoid yoki urchuqsimon bo‘lib, yonlari bir biriga yopishib ketgan. Masalan, Scenedesmus guadricauda to‘rtta hujayra yonlari bilan qo‘shilgan. Yon hujayra uchlarida tukchalari bo‘ladi. Ko‘payish vaqtida koloniyaning har bir hujayrasidan to‘rttadan avtospora hosil bo‘ladi. Ular ona hujayra ichida yosh koloniyaga aylanib, keyinchalik hujayra devorini yirtib, suvga chiqadi va o‘sib yiriklashadi. Ssenedesmus turkumining ko‘pchilik vakillarining hujayrasi elektron mikroskopda tekshirilgan. Ularda hujayra devorining tuzilishi juda ham murakkab bo‘lib, xlorellaning hujayra tuzilishini eslatadi. Ssenedesmus hujayra devori uch qavatdan tashkil topgan: ichki qavat ancha qalin bo‘lib, sellyulozali, o‘rta qismi yupqa tarkibida sporopollenin moddasidan va nihoyat tashqi qavat pektindan iborat. Hujayra devorini ichki va o‘rta qavati har qaysi senobiy hujayrasini, tashqi qavati esa butun senobiyni o‘rab oladi va bitta koloniyani hosil qiladi. Protosifon (Protosiphon)-sifonli suvo‘tlar bilan xlorokokknamolarni birlashtirishda oraliq forma hisoblanadi. U hamma nam tuproqlarda, ayniqsa tropikada ko‘proq tarqalgan. Hujayrasi sharsimon, ko‘p yadroli, xromatofori to‘rsimon bo‘lib, ko‘p pirenoidli. Protoplazmasi hujayra devori atrofida joylashgan. Noqulay sharotda vegetativ hujayra hamda aplanosporalarida gametalar yetiladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling