«biotexnologiya» kafedrasi


-amaliy mashg‘ulot: Zignema va mujotsiyaning tuzilishi va ko‘payishi


Download 0.86 Mb.
bet72/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

11-amaliy mashg‘ulot: Zignema va mujotsiyaning tuzilishi va ko‘payishi
Bo‘lim: Yashil suvo‘ttoifalar– Chlorophyta
Ajdod: Matashuvchisimonlar - Conjugatopsida
Qabila: Zignemanamolar – Zygnematales
Turkum: Mujotsiya - Mougeotia
Turkum: Zignema - Zygnema
Turkum: Spirogira – Spirogyr
Bu tartibga oddiy ipsimon suvo‘tlar kiradi. Odatda, ular chuchuk suvlarda keng tarqalgan bo‘lib, shoxlanmagan, bir qator silindr shakldagi bir yadroli hujayralardan iborat. Tallomi porasiz shilimshiq jild bilan qoplangan. Shilimshiq jildi yumshoq, ko‘pincha kladoforalar bilan birga “baqa tuni”ni hosil qiladi. Hujayra markazida yirik vakuola joylashgan, sitoplazma hujayra devori atrofida yopishgan. Xromotofralari mezoteniyanamolarnikiga o‘xshash uch xil bo‘ladi. Zignemanamolar tartibining eng xarakterli vakillaridan mujotsiya (Mongeotia), bilan tanishamiz. Hujayrasi silindirsimon bo‘lib, bitta plastinkasimon va bir necha pirenoidli xromotoforaga ega. Agar xromotoforga kuchli yorug‘ yo‘llantirilsa, u bir oz vaqtdan keyin o‘z o‘qi bo‘ylab 90 ga burilib, 30 min, davomida saqlanib, natijada plastinkasimon xromotofor tayoqcha shaklda ko‘rinadi. Sitoplazma markazida yirik yadro joylashgan. Zignema (Zygnema)ning har bir hujayra sitoplazmasida ikkitadan yirik yulduzsimon shaklda, markazida bittadan yirik pirenoidga ega bo‘lgan xromotofori joylashgan. Har bir xromotofor bir-biri bilan endoplazmatik to‘r bilan bog‘langan bo‘lib, ular orasida aniq ko‘rinadigan yadro va yadrochasi joylashadi. Zignemalar qabilasining vakillarida jinsiy ko‘payish kon’yugatsiya yo‘li bilan boradi. Bularda narvonsimon kon’yugatsiya ko‘proq uchraydi. Ko‘payish vaqtida ularni ikkita ipi paralell turib, yonlari bilan bir-biriga yaqinlashadi. Ularni bir nechtasi qo‘shilganda narvonsimon ko‘rinishni oladi. Yondosh hujayralarda bir-biriga qaragan o‘simta hosil bo‘ladi. O‘simtalarni uchi birlashgandan keyin, o‘sib kanalcha hosil qiladi. Bir hujayraning protoplasti ikkinchi hujayraga ana shu kanalcha orqali oqib o‘tadi va bir-biri bilan qo‘shiladi. Qo‘shilish oldidan, birining protoplasti sust, ikkinchisi kuchli siqila boshlaydi. Kuchli siqilgan hujayra protoplastida juda ko‘p miqdorda harakatchan vakuola hosil bo‘ladi, hujayra devori va protoplasti oralig‘ida to‘planadi. Natijada kuchliroq siqilgan hujayra protoplasti bo‘shroq siqilgan hujayraga oqib o‘tadi. Bu qo‘shiluvchi hujayralar orasida morfologik jihatdan farq bo‘lmasa ham, qabul qilgan hujayrani urg‘ochi, protoplastini bergan hujayrani erkak deb faraz qilish mumkin. Bunday jinssiz protsess morfologik jihatdan izogam bo‘lib, fiziologik jihatdan anizogam deb ataladi. Zignemanamolarni boshqa turlarida masalan, mujotsiyada protoplastni qo‘shilishi va zigotani hosil bo‘lishi qo‘shilish kanalida bo‘ladi. Spirogira va zignemalarda protoplastni qo‘shilish natijasida sharsimon zigota hosil bo‘ladi. Zigota uch qavat po‘st bilan o‘ralib, tinchlik davrini o‘tadi. Yosh zigota mikroskopda qaralsa, ikkala qo‘shilgan protoplastlarni bir-biridan farqini ko‘rish mumkin. Bir necha vaqt o‘tgandan keyin, erkak hujayra xromotoforalari buziladi. Zigota o‘sishdan oldin uni tarkibidagi yadrolar bir-biri bilan qo‘shiladi. Bu protsessni spirogirada A. Trendle, zignemada L. I. Kursanov o‘rgangan. Zigota tinchlik davrini o‘tgandan keyin, uni diploidi xromosomali yadrosi, birin-ketin ikki marta bo‘linadi, reduksion bo‘linish natijasida gaploid xromosomali to‘rtta hujayra hosil bo‘ladi. Shulardan uchtasi erib ketadi, to‘rtinchisi o‘sib yangi o‘simlikka aylanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling