Bosim bilan ishlov berish
Download 37.75 Kb.
|
ishlov berish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termik ishlov berish nazariyasi
Bosim bilan ishlov berish Ishlov berilishi kerak bo‘lgan metallga kerakli shaklni berish metall buyumga tashqi kuchlarni qo‘llash orqali amalga oshirilib, metallda plastik deformatsiyalanishni hosil bo‘lishiga olib keladi. Tashqi kuchlanishni hosil qiluvchi, qurilmalar (presslar, mashinalar va boshqalar), birinchi harakatini muvozanatlashtirib, ichki kuchlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Ichki kuchlarning intensivligi kuchlanish deb ataladi. Butun maydon bo‘ylab hosil bo‘ladigan kuchlanishni, ya’ni ichki va tashqi kuchlarni yig‘indisini, quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 𝜎 = lim 𝛥𝐹→0 Δ𝑃 Δ𝐹 , (2.1) bu erda ΔF – umumiy maydon qismi; ΔP- maydonda hosil bo‘lgan ichki kuch. Metallni zo‘riqish holatini o‘rganishda metall uzluksiz moddiy nuqtalardan iborat bir jinsli shakllangan jism uchun olinadi, ularning har biri zo‘riquvchi jism atrofdagi barcha nuqtalar ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun tanlangan nuqta orqali chizilgan ixtiyoriy tekislikda nuqtaga ma’lum kattalik va yo‘nalish bilan xarakterlanadigan kuchlanish ta’sir etadi. Zo‘riqish ostida bo‘lgan jismdan A nuqtasini belgilab olib va uni ixtiyoriy tanlangan koordinata tizimiga joylashtirladi. So‘ngra A nuqta orqali koordinata tekisliklariga paralell bo‘lgan uchta tekislik chiziladi. Bu tekisliklarda biror nuqtaga ta’sir etuvchi kuchlanishlarni chizmada ifodalay olish uchun, qirralari cheksiz kichik, nuqtaga cheksiz yaqinlashgan deb faraz qiladigan parallelepiped yasaladi. So‘ngra A nuqtadan o‘tuvchi bunday elementar parallelepipedning yuzlarida nuqtaga ta’sir etuvchi zo‘riqish vektorlarni uchta o‘zaro perpendikulyar tekislikda tasvirlash mumkin. Bu holda har bir maydonda kuchlanish uchta: bitta normal holatdagi va ikkita urinma holatidagi, koordinata o‘qlariga paralell yo‘nalgan kuchlanishga 25 ajraladi. Termik ishlov berish nazariyasi Temir-uglerodli qotishmmarning ichki strukturasi va xossalarini o‘zgartirish uchun ularni qizdirish va sovitish bilan bogMiq boMgan jarayonlar termik ishlov berish deb ataladi. Termik ishlov berishdan maqsad temir-uglerodli qotishmalarga ishlatish jarayonida talab qilinadigan xossalar berishdan iborat. Termik ishlov berish natijasida mexanik xossalarining yaxshi tomonlari, yaxshi fizik-kimyoviy xossalar bilan qo‘shilib ketadi; qotishmaning magnitlanish xossasi yaxshilanadi, korroziyagabardoshligi ortadi. Ba’zi termik ishlov berishni yaxshilovchi oraliq operatsiya hisoblanadi. Termik ishlov berishning istalgan jarayoni temperatura-vaqt koordinatalarida tasvirlanishi mumkin (6.1 a - rasm). Qotishmani maksimal qizdirish temperaturasi (tmax), qizdirilgan temperaturada tutib turish vaqti hamda qizdirish (Fq) va sovitish ( Vc) tezliklari termik ishlov berish parametrlari hisoblanadi. Termik ishlov berish asosida metall va qotishmalarni qizdirish hamda sovitish jarayonida sodir boMadigan faza va struktura o‘zgarishlar yotadi. Bu o‘zgarishlar ma’lum kritik nuqtalar bilan xarakterlanadi. Qotishma I xona temperaturasidan boshlab 727°C gacha asta-sekin qizdirilganda, unda faza o‘zgarishlar boMmaydi (6.1 b - rasm). 727°C temperaturada perlit austenitga aylanadi (a nuqta). Diagrammadagi a nuqta pastki kritik nuqta deb ataladi va Ac, (sovitishda Ar,) bilan belgilanadi, S va G harflar o‘zgarishlar mos ravishda poMatni qizdirish yoki sovitishda ro‘y berilishini, bu harflar indeksidagi bir raqami PSK chizigMni hosil qiluvchi nuqtalami bildiradi. Download 37.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling