Bosim bilan ishlov berish


Metallarga mexanik ishlov berish


Download 37.75 Kb.
bet3/6
Sana14.02.2023
Hajmi37.75 Kb.
#1198133
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ishlov berish

Metallarga mexanik ishlov berish
Metallarni mexanik ishlash — qirindi olish yoʻli bilan detallarga turli shakl va oʻlcham berish. Metall kesish asboblari (keskich, parma, zenker, razvyortka, freza va boshqalar) va metall kesish stanoklari (tokarlik stanoklari, silliqlash stanogi, randalash stanogi va boshqalar) da bajariladi. Metallarni bosim bilan ishlash — metall zagotovka va buyumlarni qirindi olmay tayyorlash. Metallarning plastikligidan foydalanishga asoslangan. Asosiy turlari: prokatlash — metallni aylanuvchi silindr (joʻva) lar orasidan oʻtkazish (rayem, a); choʻzish — metall zagotovkani oʻz oʻlchamidan kichik oʻlchamli teshikdan tortib oʻtkazish (rayem, b); presslash — metallni berk silindr teshigidan siqib chiqarish (rayem, v); bolgʻalash — metallarni bolgʻa yoki press bilan koʻp marta va dambadam urib, zarur shakl va oʻlchamga keltirish (rayem, g); list shtamplash — list, lenta yoki polosa metallni qalinligiga uncha xalal yetkazmay deformatsiyalash (rayem, d); bunda metall puanson va matritsaning ish qismiga mos shaklni oladi. Hajmiy shtamplash — metall (zagotovka) ning barcha oʻlchamlarini oʻzgartirib deformatsiyalash (rayem, ye); bunda metall maxsus asbob (shtamp) boʻshligʻi shaklini oladi. Eritmalar metall sirtida uni korroziyadan saqlaydigan yupqa oksid parda hosil qiladi. Oksid parda metallni tashki muxit taʼsiridan sakdaydi, uni koʻrkamlashtiradi. Metall hech qanday modda bilan reaksiyaga kirishmaydi. Temir, nikel, kobalt, xrom, marganets, alyuminiy va boshqa metallar "passivlanadi", yaʼni maxsus moddalar — oksidlovchilar (mas, xromatlar) bilan ishlanadi.
RANGLI METALLAR — temirdan boshqa barcha metallarning sanoatdagi nomi. 5 guruhga boʻlinadi: yengil metallar; ogʻir metallar; qiyin suyuklanadigan metallar; asl metallar; nodir metallar. Yengil Rangli metallarga alyuminiy, magniy, titan, natriy, berilliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy (zichligi 0,53—5 g/sm3); ogʻir Rangli metallarga mis, nikel, qoʻrgʻoshin, qalay, kadmiy, kobalt, rux, margimush, surma, vismut, simob (zichligi 5—13,6 g/sm3); qiyin suyuqlanadigan Rangli metallarga volfram, molibden, niobiy, tantal, xrom, sirkoniy va b. ; asl Rangli metallarga oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va palladiy; nodir Rangli metallarga tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy, gafniy, rubidiy, seziy), siyraker metallar (skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar), radioaktiv metallar (texnetsiy, fransiy, poloniy, radiy, aktiniy, toriy, protaktiniy, uran va barcha transuran elementlar) kiradi.
Rangli metallarning koʻpchiligi tabiatda sof holda uchraydi. Mas, alyuminiy oʻz rudalarida A12O3 va A1(ON)3 tarkibli birikmalar holida boʻladi. Rudalardan gidrometallurgiya usulida avval A12O3, undan esa elektroliz yoʻli bilan alyuminiy olinadi.
Mis tabiatda, asosan, tog jinslari tarkibida mis sulfidlari va oksidlari tarzida uchraydi. Mis rudasi boyitilgandan keyin uni suyuqlantirib shteynni bessemerlash usuli bilan xomaki mis, xomaki misni termik usulda tozalab yoki elektroliz qilib sof mis olinadi. Magniy tabiatda har xil birikmalar, minerallar, magniy rudalari tarkibida uchraydi. Magniy rudalari jumlasiga magnezit, dolomit, karnallit va b. kiradi. Bu rudalar (Mas, magnezit) dan magniy oksid MgO olinadi, magniy oksiddan uglerod ishtirokida xlor oʻtkazish yoʻli bilan magniy xlorid MgCl2 hosil qilinadi, u elektroliz qilinib, xomaki magniy olinadi. Uni qayta suyuqlantirib yoki sublimatsiya yoʻli bilan sof magniy olinadi. Boshqa P.m. ham tegishli usullarda shu metallarning rudalaridan ajratib olinadi.
Rangli metallar va ularning qotishmalari xalq xoʻjaligida, aviatsiya sanoatida, raketasozlik, elektrotexnika va radiotexnikada asosiy konstruksion material hisoblanadi.

Download 37.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling