«biotexnologiya» kafedrasi


Download 0.86 Mb.
bet80/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Klassifikatsiya:
Ajdod: Oomitsetsimonlar – Oomycetes
Qabila: Peronosporanamolar – Peronosporales
Oila: Peronosporadoshlar - Peronosporaceae
Turkum: Fitoftora – Phytophtora
Tur: Fitoftora – Phytophtora infenstas
Bu oilaning ichida keng tarqalgan turkum fitoftora – Phytophtora hisoblanadi. Fitoftora turkumining vakillari kartoshka tuganaklarida, pomidor, meva barglarida va boshqa ituzumdoshlar oilasining turlarida parazitlik qiladi. Bular orasida qishloq xo‘jalik ekinlari uchun eng xavflisi Phytophtora infenstas dir. Fitoftora bilan kasallangan kartoshka barglarida qoramtir, qo‘ng‘ir, dog‘lar paydo bo‘ladi, bu fitoftora mitseliysidir. Zamburug‘ mitseliysi gaustoriya (so‘rg‘ichlar) bilan bargning hujayra ichidagi moddalarni osmotik bosim yordamida so‘rib oladi, natijada kartoshka bargi qorayadi va quriydi. Nam havoda qurigan kartoshka bargi ostida oq mog‘or hosil bo‘ladi. Bu zamburug‘larning sporangiy va konidiyalari to‘plami bo‘lib, ularning ko‘payish vazifasini bajaradi. Sporangiysi bir hujayrali, limon yoki tuxum shaklida ko‘pincha bargning ostki tomonidagi og‘izchalardan chiqib simpodial shoxlangan, sporangiybandlarning uchlarida vujudga keladi. Limon shaklidagi zoosporangiylar tusiqlar bilan tutashgan bo‘lib, yetilgandan so‘ng uzilib, shamol yordamida boshqa barglarga va kartoshka tuganaklariga ham o‘tadi. Ular bir tomchi suvda o‘sib zoosporaga aylanadi. Zoospora bir necha vaqt suvda suzib, keyin yumaloqlashib, o‘sib gifaga aylanadi. Hosil bo‘lgan gifa bargning epidermisi yoki labchasi orqali sog‘ o‘simlikni va sog‘ tuganaklarni zararlantiradi. Bu protsess ko‘pincha kechasi yoki erta saharda sodir bo‘ladi. Yog‘ingarchilik tez bo‘lib turgan kunlarda kartoshka tuganaklari 7 - 10 kunda butunlay chirib ketadi. Zoosporangiy nam muhit bo‘lmaganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri giflarga aylanadi. Bunday hollarda sporangiy spora shaklini oladi. Shuning uchun kartoshka zamburug‘i sporangiysi konidiyalar deb ataladi. Kartoshka zamburug‘ning mitseliysi qishni kartoshka tuganagida hamda uning chirigan barglarida, tuproqda saprotrof holda o‘tkazadi. Omborxonalarda yaxshi quritilmagan va saralanmagan kartoshka tuganaklari sernam sharoitda juda tez chiriydi. Bunga asosiy sabab kartoshka zamburug‘i amilaza fermenti ta’sirida kraxmalini qandga aylantiradi. Zararlangan kartoshka tuganaklarida bakteriyalar rivojlanib uni chiritadi. Kartoshkaning chirib tushgan joylarida zamburug‘ning mitseliylarida tinchlik davrini kechiruvchi sporalar hosil bo‘lishi mumkin, shuning uchun kartoshka saqlanadigan omborxonalarni dezinfeksiyalash zarur va yerga faqat sog‘lom kartoshka tuganaklari ekilishi shart. Zamburug‘ning jinsiy ko‘payishi oogamiya, oospora kamdan-kam bo‘lib, tinchlik davrini kechirgandan so‘ng, mitseliyga yoki konidiyasporalarga aylanib, kasal tarqatishning yangi manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Fitoftora birinchi marotaba Yevropaga 1845 yilda Amerikadan o‘tgan bo‘lib, kartoshkaning ashaddiy dushmani hisoblanadi. Bu parazitni dastlab 1861 yilda De-Bari o‘rgangan.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling