«biotexnologiya» kafedrasi


-amaliy mashg‘ulot:Tafrinaning tuzilishi va ko‘payishi


Download 0.86 Mb.
bet83/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

23-amaliy mashg‘ulot:Tafrinaning tuzilishi va ko‘payishi.
Klassifikatsiya:
Ajdod: Askomitsetsimonlar – Ascomysetes
Kenja ajdod:Yalong‘och xaltachakabilar yoki Gemiaskomitsetkabilar – Hemiascomycetidae
Qabila: Tafrinanamolar – Taphrinales
Turkum: Tafrina – Taphrina
Tur: Tafrina deformans – Taphrina deformans
Bu qabilaga 100 ga yaqin tur kiradi, yuksak o‘simliklarning novda, barg va mevalarida parazit holda yashaydi. Meva tana bo‘lmaydi. Xaltacha to‘ppa-to‘g‘ri mitseliyda vujudga keladi. Ularning xaltachalari zararlangan o‘simlik organlarining epidermis va g‘ovak hujayralarida rivojlanadi. Mitseliy bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘lib, po‘stloq oralarida qishlaydi. Bu qabilaga faqatgina bitta turkum Tafrina - Taphrina turlari kiradi. Bular Ra’nodoshlar, Bukdoshlar, Qayindoshlar, Toldoshlar oilalarining turlariga parazitlik qilib, har xil kasalliklarni chaqiradi.
1. Tafrina deformans shaftolining barg va mevalarida parazitlik qiladi. Bu zamburug‘ bilan zararlangan shaftoli barglari qalinlashib, rangsizlanadi va jingalak bo‘lib qoladi. Ba’zan shaftolining mevalari ham kasallanib, shakli o‘zgarib ketadi. Zamburug‘ning askosporalari shaftoli po‘stlog‘ining yorilgan joylarida qishlaydi va kurtaklanib ko‘payadi. Bahorda kurtak hujayralar o‘sib dikariotik mitseliyga aylanadi. Mitseliy sog‘ barglarga tushib uni zararlaydi. Dikariotik mitseliy o‘simlik to‘qimasida o‘sib oziqlanadi va giflar hosil qiladi. Giflar kutikula ostida joylashib, xaltachalar hosil qiladi. Xaltacha ichidagi diploidli yadro ikki marta reduksion bo‘linib, sakkizta askosporalar vujudga keladi. Ba’zan askosporalar kurtaklanishi ham mumkin. Xaltacha ichidagi askosporalar yetilgandan so‘ng bargning kutikula hujayralarini yorib, otilib chiqadi va faol tarqaladi.
2-Tog‘olcha tafrinasi (Taphrina pruni)-olxuri, olicha, gilos, olvoli daraxtlarining mevalarida parazitlik qilib, "shishgan mevalar" yoki "karmashka" kasalliklarini keltirib chaqiradi. Kasallangan mevalarda perikarp kuchli o‘sib, danak hosil bo‘lmaydi.
3-Olcha tafrinasi (Taphrina seracus)-gilos, nok daraxtlarida uchraydi, uning faoliyati natijasida gilos daraxtlarida bir-biriga juda yaqin joylashgan, tez o‘sadigan kalin va yaltiroq, xaltachalardan hosil bo‘lgan kulrang g‘uborlik qo‘shimcha novdalar hosil bo‘ladi. Bu novdalar "ajina supurgisi" deb ataladi. Bunday novdalarning barglari tez tushib ketadi. Bu qabilaning sistematikadagi o‘rni aniq emas. Parazitlikka o‘tish munosabati bilan meva tana yo‘qolgan. Ba’zi belgilari bilan euaskomitsetlilarga yaqin. Hayotiy siklida dikariotik faza chuzilgan, bundan tashqari xaltacha devori eutunikat shaklida tuzilgan bo‘lib, askosporalarning tarqalishida faol ishtirok etadi. Shuning uchun ham gemiaskamitsetlilar ajdodchasiga qo‘shib o‘rganiladi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling