«biotexnologiya» kafedrasi


-amaliy mashg‘ulot:Penitsill tuzilishi va ko‘payishi


Download 0.86 Mb.
bet84/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

24-amaliy mashg‘ulot:Penitsill tuzilishi va ko‘payishi.
Klassifikatsiya:
Ajdod: Askomitsetsimonlar – Ascomysetes
Kenja ajdod: Euaskomitsetkabilar - Euascomysetidae
Guruh: Plektomitsetkabilar
Qabila: Evrosiyanamolar - Eurotiales
Turkum: Aspergill - Aspergillus
Turkum: Penitsill – Penisillum
Bu ajdodchaga kiruvchi zamburug‘larning eng muhim belgilari shuki, ularda xaltacha haqiqiy meva tanalarda vujudga keladi. Faqatgina sodda (primitiv) tuzilgan vakillarida xaltacha to‘p-to‘p yoki dasta-dasta bo‘lib mitseliy hosil qiladi. Bunday xaltacha atrofi gif bilan o‘ralgan bo‘lib, peridiy deb ataladi. Haqiqiy meva tana uch xil bo‘ladi: kleystotetsiy, peritetsiy va apotetsiy
1. Kleystotetsiy - yumaloq, meva tana butunlay yopiq bo‘lib, ichida faqat xaltachalar bo‘ladi.
2. Peritetsiy - yumaloq yoki ko‘zachasimon meva tana bo‘lib, uchi ochiq. Uning ichida silindr shakldagi xaltachalar parafiz ipchalar o‘ramida joylashadi.
Peritetsiy ichidagi askosporalar yetilgandan so‘ng xaltacha ichida bosim vujudga keladi, natijada xaltacha yoriladi va askosporalar navbati bilan otilib chiqadi.
3. Apotetsiy - ochiq meva tana, shakli piyolasimon yoki likobgasimon. Uning ustida xaltacha va parafizlar to‘plami geminiy qatlam hosil qiladi.
Penitsill (Penisillium) - yoki ko‘k mog‘or tabiatda juda ko‘p tarqalgan zamburug‘lardan hisoblanadi. Konidiya bandlari ko‘p hujayrali bo‘lib, ikki-uch marta shingil shoxlar hosil qiladi. Keyingi shingillarda fialid halqalari bo‘lib, uning uchida konidiyasporalar vujudga keladi. Ba’zan murakkab shingillar ham bo‘ladi. Ular uzun yoki qisqa hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, metul deb ataldi. Metula uchlarida fialid halqalari o‘rnashgan. Penitsillda ham, aspergillda ham yopiq meva tana kleystotetsiy bo‘lib, uning ichida tartibsiz holda joylashgan yumaloq shakldagi xaltachalar bo‘ladi. Penitsill ko‘k va aspergill sariq tusda bo‘lib, bu konidiyalarning rangiga bog‘likdir. Masalan, non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida ko‘k mog‘or hosil qiladi. Bunday mog‘orlar juda ko‘p tarqalgan bo‘lganidan ko‘pincha turli oziq-ovqat mahsulotlarining buzilishiga sabab bo‘ladi. Ayrim turlari hayvonlarda, xususan qushlarda, goho odamlarda uchraydigan mikoz kasalliklarini vujudga keltiradi. Masalan, Aspergillus fumigatus - odam va hayvonlarda aspergilyoz kasalligini tarqatadi. A. flavus esa-araxis (yeryong‘oq) mevasida uchraydi va o‘zidan aflatoksin degan zaharli modda chiqaradi, bu modda jigarni og‘ir kasallantiradi. Hozirgi vaqtda penitsilldan penitsillin olinadi. Bu dori Penisillium chrycogenum dan olinadi va asosan gramm-musbat bakteriyalarga, patogen bakteriyalardan esa streptokokk, pnevmokokk, gonokokk singari bakteriyalarga ta’sir qiladi. Penitsillin ko‘pincha teri ostiga yuboriladi. Penitsillin ichiladigan bo‘lsa ta’sir qilmaydi, chunki u oshqozonning kislotali suyuqligida parchalanib ketadi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling