«biotexnologiya» kafedrasi
-amaliy mashg‘ulot:Zang zamburug‘ini tuzilishi va ko‘payishi
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkum: Zang zamburug‘i - Puccina Tur: G‘alla zang zamburug‘i - Puccina graminis
28-amaliy mashg‘ulot:Zang zamburug‘ini tuzilishi va ko‘payishi
Klassifikatsiya: Bo‘lim: Zamburug‘lar – Mycota Ajdod: Bazidiomitsetsimonlar – Basidiomycetes Kenja ajdod: Teliobazidiomitsetkabilar – Teliobasidiomycetidae Qabila: Zangnamolar – Uredinales Turkum: Zang zamburug‘i - Puccina Tur: G‘alla zang zamburug‘i - Puccina graminis Zang zamburug‘lar asosan yuksak o‘simliklarga parazitlik qilib, qishloq hujaligiga g‘oyat katta ziyon yetkazadi. Madaniy o‘simliklardan g‘alla ekinlari ko‘p zararlanadi. Hozirgi vaqtda bu zamburug‘ning 5 ming turi ma’lum. Zang zamburug‘i taraqqiyot davriga qarab bir-biridan farq qiladigan shu bilan birga, o‘zaro aniq bog‘langan bir necha xil sporalar hosil qiladi. Taraqqiyot stadiyasining oxirida qishki spora-teleytosporalar hosil qiladiki, bu spora tinch davrini o‘tkazgandan so‘ng o‘sadi. Teleytospora o‘zining biologik xususiyati bilan qorakuya zamburug‘larining teliosporalariga yaqin turadi. Uning o‘sishidan to‘rt hujayrali bazidiy vujudga keladi. Zang zamburug‘ining mitseliysi zararlangan o‘simlik barg epidermisi orqali to‘qimaning ichiga kirib hujayra oralig‘i bo‘ylab tarqaladi va gaustoriyalari yordamida tayyor organik moddalarni so‘rib oladi. Mitseliy va spora tarkibida sariq rangli yog‘ tomchilari bo‘lib, karotinga yaqin turadi. Shuning uchun ham bu zamburug‘ bilan kasallangan g‘alla o‘simliklarining poya va barglari pushti qizil, sariq-qo‘ng‘ir rangda ko‘rinadi. Bu qabilaga kiruvchi zamburug‘larning taraqqiyot sikli g‘alla zang zamburug‘i Puccina graminis misolida to‘liq o‘rganilgan. Bu zamburug‘ zirk va yovvoyi hamda madaniy o‘simlik barg va poyalarida parazitlik qiladi. Zang zamburug‘ining taraqqiyot sikli qishki spora teleytosporaning o‘sishidan boshlanadi. Telespora o‘simlik poyasi bilan yerga tushadi va tinch davrini qor tagida o‘tkazib bahorda o‘sadi, shuning uchun qishki spora deb ataladi. Teleytosporaning o‘sishidan bazidiy va bazidosporalar vujudga keladi. Bazidiosporalar hosil bo‘lishdan oldin teleytospora hujayrasidagi diploidli yadro reduksion bo‘linib, natijada to‘rtta gaploidli yadro bazidiyga o‘tib, har qaysidan bittadan bazidiospora vujudga keladi. Bazidiospora yupqa po‘stli mikroskopik hujayra bo‘lib, u bazidiy bandi-sterima uchida o‘rnashadi. Bazidiosporalar pishib etilgandan keyin o‘zilib, shamol vositasida tarqaladi. Ular zirkning yosh bargiga tushgandagina o‘z taraqqiyotini davom ettiradi. Ko‘klamda zirkning yangi o‘sib chiqqan nozik yosh bargiga tushgan bazidiospora, barg epidermisi orqali barg to‘qimasining ichiga o‘rnashib olib, hujayra oralig‘i bo‘ylab tarqab, u yerda o‘sa boshlaydi va bir yadroli giflarga aylanadi. Gif o‘sib mitseliy hosil qiladi. Mitseliy ikki xil spora beruvchi organlar: bargning ustki qismida piknidi (spermatsiy), ostida esa, esidiy vujudga keladi. Taraqqiyot davrining boshlanishida piknidiy va esidiy do‘maloq, shaklli giflar to‘plamidan iborat bo‘lib, bir-biridan farq qilmaydi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling