«biotexnologiya» kafedrasi


-amaliy mashg‘ulot:Pinnulyariyaning tuzilishi va ko‘payishi


Download 0.86 Mb.
bet77/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

17-amaliy mashg‘ulot:Pinnulyariyaning tuzilishi va ko‘payishi
Bo‘lim: Diatom suvo‘ttoifalar – Diatomeae, Vassillariophyta
Ajdod: Sentriksimonlar yoki shu’lasimonlar – Centropsida
Ajdod: Patsimonlar – Pennatopsida
Qabila: Choknamolar - Raphinales
Turkum: Pinnulariya – Pinnularia
Bularni tallomi bir hujayrali yoki kolonial shaklda bo‘lib, ko‘pincha chuchuk suv havzalarida, ayrim vakillari dengizlarda tarqalgan. Hujayralari cho‘ziq yoki lentasimon, ellipsimon, duksimon yoki tug‘nog‘ichsimon bo‘lib, ikki tomoni simmetrik tuzilgan. Sovuti patsimon shaklda. Bularni orasida choklilari bo‘lib, harakat qiladi, choksiz vakillari harakatsiz. Jinsiy ko‘payishi konyugatsiyaga o‘xshash. Bu ajdod vakillari choklarini tuzilish xususiyatiga qarab to‘rtta qabilaga bo‘linadi. Choknomalar (Raphinales) qabilasining tipik vakili sifatida pinnulariya (Pinnularia) turkumi bilan tanishamiz. Bular ko‘pincha chuchuk suv havzalarini ostida va qirg‘oqlarda keng tarqalgan. Ohak moddasi ko‘p bo‘lgan suvlarda ko‘proq o‘sadi. Pinnulariya bir hujayrali suvo‘t bo‘lib, tavaqa tomonidan qaraganda ellips yoki cho‘zinchoq shaklda ko‘rinadi. Sovut tomoni o‘rtasidan uzunasiga ketgan chok o‘tadi. Bu chok ingichka, bukilgan chiziq ko‘rinishida. Hujayrani ikki uchida va markazida tugunchalar joylashadi. Sovutlarini chetlarida parallel joylashgan qavurg‘achalar bo‘lib, ular choklarga etmasdan tavaqalarni ichki tomondan ko‘ndalangiga ketgan xonalarga ajratadi. Sovutning ikki tomonida uzunasiga joylashgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli ikkita plastinkasimon xromatofor joylashadi. Hujayra markazida sitoplazmadan hosil bo‘lgan ko‘prikcha bo‘lib, unda yadro osilib turadi. Ko‘prikchani ikki tomonida vakuola, yog‘ tomchilari va volyutin donachalari bo‘ladi. Hujayra mikroskopda qaralsa, undagi hamma organellalar ko‘rinadi. Tugunchalari sovutning qalinlashidan so‘rg‘ichsimon shaklda ko‘rinadi. Ko‘payishi vegetativ yo‘l bilan boradi. Navikula (Navikula lot. qayiqcha) turkum turlari xuddi pinnulariaga o‘xshash turli chuchuk suv havzalarini xilma-xil joylarida, ayniqsa dengiz suvlarida ko‘p tarqalgan. Bularni ko‘pchiligi tuzilishi jihatidan, pinnulyariya turlariga o‘xshab ketadi, lekin sovutlarida xonalarni bo‘lmasligi, hujayrasining uch tomonlari ingichkalanishi bilan farq qiladi. Hujayrasini uchlari ingichkalashib qayiqchaga o‘xshaydi. Navikulaning ba’zi bir turlari suvo‘tlari yoki yuksak o‘simliklarni ustida epifit tarzida yashaydi. Ular yuzasida shilimshiq moddadan tashkil topgan ichi bo‘sh naychalar hosil bo‘ladi va shu naychalar vositasida erkin harakatlanib, yorug‘lik ko‘p tushadigan joyga o‘tadi. Diatom suvo‘ttoifalarni tarqalishiga suv tarkibidagi azot va fosfor tuzlari muhim ahamiyatga ega. Suvo‘tlar o‘sadigan havzalarga qo‘shimcha oziqa tariqasida suvga azot yoki fosfor tuzlari qo‘shilsa, ularni rivojlanishi tezlashadi. Daryo suvlari qo‘yiladigan dengiz qirg‘oqlaridagi suvlarda, hamisha, plankton diatomlar juda ko‘p miqdorda to‘planadi. Buni boisi shundan iboratki, daryolardan oqib keladigan suvlarni tarkibida azot va fosfor tuzlari ko‘p bo‘ladi. Tropik iqlim zonasidagi o‘rmon daraxtlari bargi ustida diatom suvo‘ttoifalari bilan birgalikda ko‘k yashil suvo‘ttoifalari yashaydi va atmosfera tarkibidagi azotni assimilyatsiya qilishda qatnashadi. Chuchuk suvlarda tarqalgan diatom suvo‘tlarni temir moddasiga ehtiyoji ancha baland bo‘ladi, agar shunday suvlarni 1 litriga 2-3 mg FeO qo‘shilsa, ularni rivojlanishi tezlashadi. Diatom suvo‘ttoifalardan suv havzalarini tarkibini aniqlashda ulardan indikator sifatida foydalanish mumkin, xuddi shunday indikator sifatida Sentriksimonlar ajdodining vakillaridan planktonella (Planktoniella sol) yordamida Golfstrim suv oqimi aniqlanadi. Tabiatda asosan plankton h olda tarqalgan diatom suvuttoifalarni ahamiyati juda katta. Planktonda diatom suvo‘ttoifalari o‘simlik biomassasini tashkil etib, oziqlanish zanjirini boshlanishi hisoblanadi. Ularni suvdagi juda kichkina umurtqasiz hayvonlar ist’mol qiladi. Diatom suvo‘ttoifalaridan seld, xamsa, sardina kabi bir qancha baliqlar oziqlanadi. Baliqchilik xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil etishda diatom suvo‘ttoifalari alohida ahamiyatga ega, chunki ular juda ko‘p biomassa hosil qiladi. Xuddi plankton suvo‘tlari singari bentos suvo‘tlari ham, suv havzalari mikroorganizmlar uchun oziqa manbai hisoblanadi. Masalan, infuzoriya, xilodon, oksixitriya kabi umurtqasiz hayvonlar asosan navikula, nisiziya kabi diatom suvo‘ttoifalari hisoblanadi har kun 30-40 donasini istemol qiladi. Suv havzalarida diatom suvo‘ttoifalari haddan ziyod ko‘payib ketsa, ular aksincha salbiy ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi diatom suvo‘ttoifalari baliq lichinkasining jabrasiga o‘rnashib uning o‘lishiga olib keladi. Bu bo‘lim suvo‘tlarining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, xromatoforalarining qo‘ng‘ir rangda bo‘lishidadir. Qo‘ng‘ir rangda bo‘lishining asosiy sababi, xromatofora tarkibida xlorofill "a" va "s" dan tashqari V-karotin hamda qo‘ng‘ir rang beruvchi pigmentlardan fukoksantin juda ham ko‘p miqdorda bo‘ladi. Xloroplastlari, yoki xromatoforalari po‘stdan tashqari, murakkab to‘zilishga ega bo‘lgan membranalar sistemasi bilan o‘ralib, yadro va "xloroplastlar endoplazmatik turi" bilan bog‘lanadi. Xloroplast matriksi, parallel joylashgan uch tilakoidli lamellalarni o‘rtasidan o‘tib, belbog‘simon lamellalar bilan o‘raladi. Xloroplastda buyraksimon pirenoid bo‘lib, tilakoidlardan ajralib erkin holda joylashadi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling