О`zbеkistоn rеspublikasi оliy va о`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti san`atshunoslik fakulteti


Download 149,35 Kb.
bet1/3
Sana22.01.2023
Hajmi149,35 Kb.
#1109959
  1   2   3
Bog'liq
metodika mustaqil ish1


О`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY VA О`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI



SAN`ATSHUNOSLIK FAKULTETI
«MUSIQA TA’LIMI» YO`NALISHI
212-GURUH TALABASI RAXIMBERGANOV FERUZBEKNING
MUSIQA O`QITISH METODIKASI FANIDAN


Mustaqil ishi

MAVZU: “kichik yoshdagi maktab oʻquvchilarida musiqiy eshituvni rivojlantirish"

Rahbar: Musiqa ta`limi kafedrasi o`qituvchisi

Urganch-2022


Reja
I KIRISH
II ASOSIY QISM:

II 1 MAKTAB O’QUVCHILARIDA MUSIQIY IJODIY ESHITUV JARAYONNI TASHKIL ETISH

II 2 BOSHLANG‘ICH MAKTABDA MUSIQA O‘QITISHNING ASOSIY MAQSADI

III XULOSA

K I R I S H

Yosh maktab o‘quvchilarini musiqiy tarbiyalash tobora omma e’tiborini tortadigan asosiy vazifalardan biriga aylanib bormoqda, bu esa yosh avlodni musiqiy-axloqiy tarbiyalash muammosining bir qator muhim jihatlarini tubdan hal etish imkonini beradi.
Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining musiqiy va axloqiy tarbiyasini faollashtirish muammosi o'qituvchilar oldiga bolalarning turli xil moyilliklarini rivojlantirishga maqbul yondashuv yo'llarini topish va topish masalalarini qo'yadi. Bolalarning axloqiy madaniyati masalalariga qiziqish va e'tibor ortib borayotgani axloqning ta'sir doirasining kengayishida yaqqol namoyon bo'ladi. San'atda va hayotda go'zallik haqidagi fan bo'lib qolishdan to'xtagan axloq bugungi kunda tashqi bezak sifatida emas, balki uning mohiyati, ichki mazmunining ajralmas qismi sifatida hayotning barcha sohalarini qamrab oladi.
Musiqa insonga eng katta hissiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan san'atdir va shuning uchun insonning yuksak axloqiy fazilatlarini shakllantirishning muhim vositalaridan biri bo'lib xizmat qiladi.
Musiqa san’ati — nafosat tarbiyasining muhim omili bo‘lib, yosh avlodni kamolotga yetishishi uchun ta’sir etuvchi jarayon. Bu jarayon maktabdan boshlab shakllanadi va yosh avlodning ichki dunyosini boyitib, butun hayoti mobaynida unga hamroh bo‘lib boradi. Musiqiy nafosat tarbiyasining o‘zagi esa, boshlang‘ich sinflarda boshlanadi. Musiqiy nafosat tarbiyasining asosi — musiqa madaniyati darslari hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini unumli o‘tish va bolalarning mustahkam bilim olishlari uchun, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi musiqa madaniyati darslarida beriladigan barcha o‘quv materiallarni puxta o‘zlashtirib olishi lozim.
Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda, maktabda o'qitiladigan barcha fanlar qatori, nafosat tarbiyasining, tarkibiy qismi bo‘lgan, musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. Musiqa inson his - tuyrularini, orzu-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va bolaning hissiyotlariga faol ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa fani maktabda boshqa fanlarni o‘zlashtirishga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa jonli san’at turi sifatida davr, hayot, tabiat va inson his-tuygularini, orzu-istaklarini aks ettiradi. Uni quvontiradi, uylayntiradi va hayotdan ozuqa olishga xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nosir A1 -Farobiy aytganidek, «Bu fan tana sog‘lig‘i foydalidir». Bobomiz Shayx Sa’diy «Musiqa odam ruxiningyo‘ldoshidir» - degan edi. SHunday ekan, biz musiqa o‘qitishni, boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan boshlashimiz lozim. Chunki, boshlang‘ich sinfda maktabda musiqa ta’limotini poydevori quyiladi.
Musiqa madaniyati darslarida musiqiy ta’limning asosini tarkib toptirishda fortepiano cholg‘u asbobi bilan birgalikda, o‘zbek xalq cholg‘ulari asboblarida musiqiy asarlarni ijro eta olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi xalq musiqa ijodi bilan tanishishi, atoqli kompozitorlarning hayoti va ijodini o‘rganishi kerak. O‘qituvchi o‘z ishiga ijodiy yondashib, dastur talablariga muvofiq dars o‘tishi mumkin.
Ma’lumki, musiqa darslari jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash kabi asosiy musiqiy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Darsning har bir faoliyat turida turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo‘shiqlarga mos raqs harakatlarini bajarish, musiqa asboblarini chalishni qo‘l harakatlari bilan taqlid qilish, chapak chalish va dirijorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarning yanada qiziqarli va jozibali bo‘lishini ta’minlaydi. Barcha dars faoliyatlari bir-biri bilan uzviy, mantiqiy bir butunlikni vujudga kelitirishni taqozo etadi. Musiqiy faoliyatlarni o‘zaro mantiqiy uyg‘unligi natijasida o‘qitishning rivojlantiruvchi, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari amalga oshiriladi.
Bugungi kunda, musiqa madaniyati darslarini ilmiy-metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish, boshlang‘ich sinf musiqa o‘qi- tuvchisi oldiga qo‘yilgan dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.


Download 149,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling