Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash


Download 1.5 Mb.
bet1/13
Sana19.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1606680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dissertatsiya

Oliy Ta’lim fan va Innovatsiyalar Vazirligi Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Ijtimoiy Gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi Manaviyat asoslari yo`nalishi 2-kurs magistranti Xudoyqulov G`olibning “AXBOROT XURUJIGA QARSHI YOSHLARDA OGOHLIK TUYGULARINI TARBIYALASH” mavzusidagi dissertatsiya ishi bo`yicha taqdimoti

I BOB. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari

I BOB. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari

Axborot so‘zining kelib chiqish tarixiga nazar solsak, u arabcha “axbor”, ya’ni xabar so‘zidan olingan. Informatsiyaesa lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, «tushuntirish, xabar qilish, talqin etish» ma’nolarini anglatadi va namoyon bo‘lish shakllaridan qat’iy nazar biror narsa haqidagi ma’lumotni o‘zida namoyon etadi. Bugungi kunda axborot va informatsiya so‘zlari ko‘p hollarda yagona mazmunda ishlatilmoqda. Axborot tushunchasi haqida turli tadqiqotlarda turlicha ma’lumotlar berilgan. Masalan, N.Viner “axborot – tashqi olamga ko‘nikish jarayonida undan olingan mazmunni ifodalashdir”, L.Popov esa, “axborot kommunikatsiya va aloqa jarayonidagi noaniqlikning bartaraf qilinishi” – deb hisoblaydi. R.Eshbi “axborot – struktralarining me’yori, yangilik, orginallik”, S.Mol “axborot – tanlash ehtimolligi”, L.G.Svitich “axborot tushunchasi ko‘p ma’noga ega, lekin umumiy falsafiy, metolengvistik ma’noda potensial, keng yoritilgan real mohiyatlarning majmui” – degan ta’riflarni berishgan.

Huruj deyilganida, biror tizimga nisbatan disfunksional yoki uning tartibini buzishga intiluvchi turli kuchlar va omillar mavjud bo‘lgan holat tushuniladi. Hurujlarning asosiy maqsadi tizimning faoliyatini tartibsizlik holatini keltirish orqali buzishdan iborat. Ular kelib chiqish manbasiga, amalga oshiruvchi kuchlariga va qaysi ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatishiga, shuningdek, ta’sir xavfi hamda rivojlanish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Aniqroq qilib aytganda, vaqt omili hisobidan hurujning xavfi va tizimga nisbatan ta’siridan kelib chiqib uni buzish ehtimoli nazarda tutiladi.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling